Kamoliddin Rabbimov (1977-yil 14-oktabr, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik siyosatshunos. U geosiyosat, siyosat, jamiyatshunoslik haqidagi oʻzbek va xorij OAVga bergan intervyulari bilan tanilgan.
Tarjimai holi Kamoliddin Rabbimov 1977-yil 14-oktabrda Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida tugʻilgan. 1994–1999-yillarda Oʻzbekiston Davlat jahon tillari universitetining Tarjimonlik fakulteti, Sharq tillari (arab tili va adabiyoti) va ingliz tili mutaxassisligi boʻyicha tamomlaganDunyo turkiylari globallashgan dunyoda. Kamoliddin M.RABBIMOV. . 1999–2002-yillarda Oʻzbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi aspiranturasida oʻqigan. 2000–2001-yillarda Oʻzbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida ilmiy xodim; 2002–2004-yillarda „Ijtimoiy fikr“ jamoatchilik fikrini oʻrganish markazida ilmiy xodim; 2003–2005-yillarda AQSHning Oʻzbekistondagi Xalqaro Respublikasi Instituti konsultanti, Germaniyaning Konrad Adenauer jamgʻarmasi bilan referent sifatida hamkorlik qilgan; 2004–2005-yillarda Fuqarolik jamiyatini oʻrganish institutida katta ilmiy xodim vazifalarida ishlagan. 2005–2006-yillarda Polshaning Varshava universitetida siyosatshunoslik tinglovchi sifatida tadqiqotlar olib bogran. 2007-yildan buyon oʻz ilmiy-tadqiqot faoliyatini Fransiyada, tadqiqot markazi doirasida davom ettirgan va 2021-yilda Oʻzbekistonga qaytgan.
Hibsga olinishi Kamoliddin Rabbimov 2022-yil 17-aprel kuni oʻzi hamkorlik qiladigan „Azon.uz“ sayti xodimlari bilan suhbat uyushtirgan, shundan soʻng u bilan hech kim bogʻlana olmagan. 18-aprel soat 19:00 atrofida Kamoliddin Rabbimovning gʻoyib boʻlgani haqidagi xabar Facebook tarmogʻida keng tarqaldi. 22:00 atrofida u jurnalist Ilyos Safarov bilan bogʻlanib, oʻzining Toshkentdagi „Panelniy“ qamoqxonasida ekanini va 15 sutkaga qamalganini maʼlum qilganKamoliddin Rabbimov yoʻqolib qoldi. Uning 15 sutkaga qamalgani aytilmoqda. Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik Kengashi raisi Komil Allamjonov bu holatdan xavotirda ekanini bildirdi:
Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohruh Gʻiyosov Kamoliddin Rabbimov 17-aprel kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi „Chaqar“ mahallasida sanitariya-profilaktik tadbirlar olib borayotgan xodimlarning ishiga toʻsqinlik qilgani haqida xabar berdi, Toshkent shahar sudlari esa Rabbimov va uning sherigi „Toshkent“ savdo markazi oldida shovqin koʻtargani, ularning shaxsini aniqlashga kelgan IIB xodimlariga faol qarshilik koʻrsatgani va IIB xodimlarini haqorat qilgani haqida xabar berdiToshkent shahar sudlari Rabbimov ishi boʻyicha IIV faktlarini rad etadigan bayonot berdi.
Rabbimovga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllanilib, u jarimaga tortilganini aytdi. 18-aprel kuni kechqurun Kamoliddin Rabbimov ozod qilindi. Kamoliddin Rabbimov 19-aprel kuni jamoatchilikka qilgan murojaatida uning hibsga olinishiga siyosiy tus bermaslikni iltimos qildi va hibsga olinishida aslida oʻzining aybi borligini aytib oʻtdiOʻzbekiston: Fransiyadan kelib „Panelniy“ga? Kamoliddin Rabbimovga nima boʻldi? // BBC (2022-yil 19-aprel).
Mukofotlar
Shuhrat medali (2025-yil).
Manbalar
Havolalar Kamoliddin Rabbimovning Facebookdagi rasmiy sahifasi. Turkum:1977-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik siyosatshunoslar Turkum:Siyosatshunoslar Turkum:Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bitiruvchilari __INDEKS__