Parker — yozuv quroli brendi hamda ularni ishlab chiqaruvchi kompaniyaning nomi hisoblanadi. „Parker Pen Company“ Conklin (keyinchalik Wahl-Eversharp), Sheaffer va Waterman bilan birga „Katta toʻrtlik“ deb nomlangan dunyodagi eng yirik yozuv qurolini ishlab chiqaruvchilar guruhidan biri boʻlgan.

2011-yilda kompaniyaning ishlab chiqarish qismi Fransiyaning Nantesga koʻchirilgan.

Tarixi Parker kompaniyasi Viskonsin shtatining Janesvill shahri fuqarosi Jorj Safford Parker tominidan asos solingan. „Parker Pen Company“ning rasmiy roʻyxatdan oʻtgan sanasi — 1892-yil 8-mart boʻlsa-da, oʻsha paytlarda Jorj Parker toʻrt yil davomida moʻyqalamli ruchkalari ishlab chiqarishga, hattoki 1889-yilda oʻz modelini patentlashga ham muvaffaq boʻlgan. 1889-yilgacha Jorj Parker „John Holland Gold Pen Company“ning savdo agenti sifatida ishlab kelgan. „Parker 51“ 1941-yilda ishlab chiqarilgan. Dwight David Eisenhowerga tegishli boʻlgan „Parker 51“ bilan 1945-yilda Germaniyaning, „Parker Duofold“ ruchkasi bilan esa general Douglas MacArthur Yaponiyaning taslim boʻlgani haqidagi hujjatni imzolagan.

Manbalar

Havolalar Parker Pen kompaniyasi Arxivnaya kopiya -da arxivlangan — Parker Pen kompaniyasining rasmiy veb-sayti ) Turkum:AQSh shirkatlari