thumb|Buxorolik yahudiy raqqosalari, Iyerusalim, 1946-yil|left Markaziy Osiyodagi yahudiylar tarixi asrlarga borib taqaladi va mintaqaning Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Moʻgʻuliston, Oʻzbekiston va Tojikiston kabi mamlakatlarida yahudiy jamoalari istiqomat qilib kelishadi.

Oʻzbekiston Oʻzbekiston yahudiylarining tarixi - bu ikki bir-biridan ancha mustaqil hisoblangan ikki aholi jamoalarining tarixidir. Ulardan biri nisbatan diniy va an’anaviy dunyoqarashga ega Buxoro yahudiylari boʻlsa, ikkinchisi esa kelib chiqishi Yevropa bilan bogʻliq boʻlgan Ashkenazi yahudiy jamoalaridir. left|thumb|Yahudiy o'quvchilari o'qituvchi oldida. Samarqand, 1909—1915-yillar oralig'i Buxoro yahudiylari Markaziy Osiyodagi eng qadimgi yahudiy jamoalaridan boʻlgan. Ba’zi qadimiy manbalarga koʻra, Yahudiylar Podsho Dovud davrida, yaʻni miloddan avvalgi X asrdayoq savdo-sotiq maqsadlarida Markaziy Osiyoga sayohatlarini boshlashganAbazov, Rafis (2007). Culture and Customs of the Central Asian Republics. Greenwood Publishing Group. p. 75. ISBN 9780313336560. Retrieved 30 June 2014.. Fors podshosi Buyuk Kir miloddan avvalgi 539-yilda Bobilni zabt etganidan soʻng, oʻzi ozod qilgan yahudiylarni oʻz saltanatining istalgan yeriga joylashishi uchun ruxsat beradi. Bu saltanat oʻz tarkibiga Oʻrta Osiyoning ham katta qismini olardi. Oʻrta asrlarda Markaziy Osiyodagi eng katta yahudiylar jamoasi Buxoro amirligida hisoblangan.

1989-yilda Oʻzbekistonda 94,900 yahudiy istiqomat qilganWorld Jewish Population 2001 , American Jewish Yearbook, vol. 101 (2001), p. 561.. Buxoro yahudiylarining Isroil va AQSHga koʻchib ketishlari tufayli, bugungi kundagi O'zbekiston yahudiylarining asosiy qismi Ashkenazi yahudiylaridirWorld Jewish Population 2007 , American Jewish Yearbook, vol. 107 (2007), p. 592..

1926—1970-yillar oraligʻida O'zbekiston (Oʻzbek SSR) yahudiy aholisi salkam uch karra koʻpaydi, 1970—1989-yillar davomida sekinlik bilan qisqara bordi va 1989-yildan keyin, Kommunizm mafkurasi va Sovet Ittifoqining tanazzuli bilan bu jarayon jadallashdi. 1989—2002-yillar davomida Oʻzbekiston yahudiy aholisining toʻqson foizdan ortigʻi mamlakatni tark etdi va boshqa mamlakatlarga, asosan Isroilga borib oʻrnashdi.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda 12 ta sinagoga mavjud bo'lib, ularning 2 tasi Samarqandda joylashganUzbekistan Virtual Jewish History Tour..

Qozogʻiston Bosh kotib Iosif Stalin SSRIning turli hududlaridan Qozogʻistonga yahudiylarning majburan koʻchirib keltirilishiga sababchi boʻlgan. Holokost davrida 8000 yahudiylar Qozogʻiston hududiga qochib oʻtganThe virtual Jewish history tour, Qozog'iston Yahudiy virtual kutubxonasi.

1926—1959-yillar oraligʻida Qozogʻistonning yahudiy aholisi soni tezlik bilan oʻsib bordi va 1959-yilda 1926-yildagiga nisbatan salkam sakkiz barobarni tashkil qilgan.1959—1989-yillar oraligʻida mamlakatning yahudiy aholisi soni qisqara borgan, kommunizm mafkurasining mazkur hudud va mintaqada zavolga yuz tutishi bilan 1989—2002-yillar oraligʻida yahudiy aholisi soni qisqara borgan va SSRI hamda Oʻrta Osiyodan Isroilga koʻp sonli yahudiylarning koʻchib oʻtish sodir boʻlganPost-Soviet immigration strengthens Kazakhstan’s Jewish community..

Tojikiston thumb|Eski Sinagoga, Dushanbe, 2006-yil iyun holatiga ko'ra. 2008-yilda vayron etilgan Tojikistondagi yahudiylar va Yahudiylik dini uzoq va rang-barang tarixga ega. Dastlab yahudiylar qachonlardir Buxoro amirligining sharqiy qismi, hozirgi Tojikiston hududiga miloddan avvalgi II asrda kirib kela boshlagan. Kommunizm Rossiyada hokimiyatga kelganidan keyin Turkiston general-gubernatorligi bir necha respublikalarga taqsimlandi va bu taqsimotda Tojikiston 1924-yilda Oʻzbekiston SSR tarkibidagi muxtor respublika shaklida, 1929-yilda esa Oʻzbekiston SSR bilan teng huquqli respublikaga aylantirildi. Yangi tashkil etilgan respublikani rivojlantirish umidida, Sovet hukmron doiralari, jumladan qoʻshni Oʻzbekistondan ham, minglab yahudiylarni mamlakat ichiga koʻchib kelishga ragʻbatlantirishdi. Koʻpchilik yahudiylar Tojikistonning poytaxti boʻlmish Dushanbe shahriga joylashishdi va u yerda Dushanbe sinagogasini barpo etishdi. Ikkinchi Jahon urushi davrida Ashkenazi yahudiylarining ikkinchi toʻlqini Tojikistonga keldiDavid Levinson (1998). Ethnic Groups Worldwide: A Ready Reference Handbook. Greenwood Press. ISBN 1-57356-019-7..

Qirgʻiziston XX asrga qadar Qirgʻiziston hududida istiqomat qiluvchi yahudiylarning asosiy qismi Buxoro yahudiylari boʻlgan. Biroq, XX asr davomida SSRIning bir qismi hisoblangan Qirgʻizistonga mamlakatning turli qismlaridan, asosan Yevropa qismidan Yahudiylar koʻchib kela boshladi va bu koʻchib kelganlarning kichik bir qismi haligacha mamlakat hududida istiqomat qiladi.The Jews of Kyrgyzstan.

1896-yilda oʻtkazilgan aholini roʻyxatga olish natijalariga koʻra, yahudiylar Qirgʻiziston aholisining 2 foizini tashkil qilgan. Birinchi jahon urushidan keyin yanada koʻp Ashkenazi yahudiylari mamlakatga koʻchib keldi. Ikkinchi Jahon urushi davomida Sovet Ittifoqining Natsistlar Germaniyasi tomonidan egallangan Gʻarbiy hududlaridan Qirgʻiziston hududiga 20,000 dan ortiq Ashkenazi yahudiylari koʻchib kelgan. Ikkinchi Jahon urushidan keyin yahudiy aholisi sonining mamlakatdagi ulushi qisqara borgan va 2001-yil aholining roʻyxatga olinishi natijalariga koʻra, yahudiylar aholining 0.03 foizini tashkil qilgan"Jewish Community go Kyrgyzstan" . Beit Hatfutsot Ochiq ma'lumotlar bazasi loyihasi. Beit Hatfutsotdagi Yahudiy xalqi muzeyi..thumb|Buxorodagi (Eski shahar) sinagoganing ichki ko'rinishi

Moʻgʻuliston Moʻgʻuliston yahudiylari XIX asrda amal qilgan Sibir-yahudiy hamda Moʻgʻuliston orasidagi savdo aloqalari bilan bogʻliq. Bu aloqalar ba’zi yahudiy oilalarining Moʻgʻulistonga kirishiga sabab bo'ldi. 1920-yilga qadar Moʻgʻulistonga kirib kelgan yahudiylarning koʻpchiligi kelib chiqishiga koʻra Rossiya bilan bogʻliq edi va Rossiyadagi fuqarolar urushi dahshatlaridan qochib kelgandi.

Bir qancha yahudiylar yaxshiroq iqtisodiy imkoniyatlar izlab, mamlakatni tashlab chiqib ketishdi. Ularning baʻzilari Moʻgʻuliston bilan viza shartnomasiga ega boʻlgan Isroilga koʻchib ketishdiIn Need of Investors, Mongolia Stretches Out a Friendly Hand , Dalia Shehori..

Turkmaniston Turkmanistondagi yahudiylar va Yahudiylik dini uzoq tarixga ega. 1830-yilda, Qojarlar Eronida sodir etilgan Yahudiy xalqiga nisbatan ta’qiblar ularni Erondan qochib, Mari, Yoʻloʻtan va Bayramali shaharlariga kelib joylashishlariga sabab boʻladi. Mamlakatning eng asosiy shaharlardan ayro holda, ovloq yerda joylashganligi sababli ham, Sovet hokimiyati ostidagi Turkmaniston yahudiylari haqida juda oz ma'lumot mavjud. 1980-yillarda Turkmanistonda yahudiy aholisi soni 2500 kishi bilan oʻzining choʻqqisiga chiqdiTurkmenistan Virtual Jewish History Tour..

Galereya none|thumb|Buxoro shahridagi Katta Sinagoganing Elkan Nathan Adler tomonidan olingan fotosurat asosida ishlangan ichki chizmasinone|thumb|Samarqanddagi Buxoriy qizlari, 1900-yilnone|thumb|Buxoro yahudiylari Sukkotni nishonlashmoqda, 1900-yilnone|thumb|Buxoro yahudiylari (1989-yildan oldin)none|thumb|Buxoro shahridagi sinagoga, 2004-yilnone|thumb|Rego Park, Queensdagi oʻzbek Buxoro restoraninone|thumb|Chapda Markaziy Osiyocha chuchvara shoʻrva va oʻngda Markaziy Osiyocha tandir noninone|thumb|Tel-Avivda Buxoriy Hannukka bayrami, 1959-yilnone|thumb|Buxorodagi yahudiy qabristonicenter|thumb|Lev Evgrafovich Dmitriev‐Kavkazsky tomonidan 1875-yildagi Buxoro an'anaviy libosdagi yahudiy juftligining qalam-chizmasinone|thumb|Fresh Meadows, Queensdagi Buxoro sinagogasi - Beth-El

Shuningdek, qarang

Buxoro yahudiylari

Havolalar

Oʻzbekistondagi Xabad-Lubitovich markazlari Yahudiy Oʻzbekistoni Jewish virtual tour-Mongolia Qozogʻistondagi Xabad-Lubitovich markazlari Qozogʻistondagi Isroil elchixonasi Mitzvah Club Association

Manbalar