Jungʻor xonligi, shuningdek, manbalarda Zungʻor xonligi nomi bilan ham keltiriladi, oyrat ittifoqiga kiruvchi moʻgʻullar tomonidan asos solingan va Ichki Osiyoda joylashgan xonlik. Mamlakat chegaralari shimolda janubiy Sibir, janubda hozirgi Qirgʻiziston, sharqda Buyuk Xitoy devoridan gʻarbda hozirgi Qozogʻistongacha boʻlgan hududlarni qamrab olgan. Jungʻor xonligining asosi bugungi kunda Jungriya deb ataladigan shimoliy Shinjonning bir qismini oʻzida jamlagan.
Taxminan 1620-yilda oyratlar nomi bilan mashhur boʻlgan gʻarbiy moʻgʻullar Jungriyada birlashganlar. 1678-yilda Galdan Dalay Lamadan Boshogʻtu xon unvonini qabul qilib olgan. Bu holat jungʻorlarni oyratlar tarkibidagi yetakchi qabilaga aylantirdi. Jungʻor hukmdorlari Xon Tayiji unvonidan foydalanib kelganlar. Bu unvon oʻzbek tiliga „valiahd shahzoda“ tarzida tarjima qilinadiC. P. Atwood Encyclopedia of Mongolia and the Mongol Empire, p.622. 1680—1688-yillarda jungʻorlar hozirgi Shinjonning janubiy qismi boʻlgan Tarim havzasini, sharqda esa Xalxa moʻgʻullarini magʻlub etishdi. 1696-yilda Galdan Sin sulolasiga magʻlub boʻlgach, Tashqi Moʻgʻuliston hududlari boy berilgan. 1717-yilda jungʻorlar Tibetni bosib oldi, biroq, bir yil oʻtib Sin imperiyasi tomonidan bu hududlardan siqib chiqarildi. 1755-yilda Sin imperiyasi Jungriyadagi fuqarolar urushidan foydalanib, Jungriyani bosib oldi va jungʻorlarni xalq sifatida butunlay yoʻq qilib yubordi. Jungʻorlarning magʻlub etilishidan soʻng Moʻgʻuliston va Tibet hududlarining Sin imperiyasi tomonidan bosib olinishiga yoʻl ochilgan. Shinjon esa maʼmuriy jihatdan alohida birlikka aylandi.
Etimologiyasi „Jungʻor“ soʻzi moʻgʻulcha jegun (züün) soʻzining birikmasidan olingan boʻlib, „chap“ yoki „sharq“ va gar „qoʻl“ yoki „qanot“ maʼnosini bildiradiFor the Mongols the primary direction was south. . Jungriya viloyati oʻz nomini shu jumladan olgan. Jungʻorlar xalxalarning gʻarbiy qismida joylashgan boʻlsalar ham, nomining kelib chiqishi oyratlarning chap qanotini ifodalaganliklari bilan bogʻliq. XVII asr boshlarida Oyrat konfederatsiyasining boshligʻi xoshutlar yetakchisi Gushixon edi. Gushixon mahalliy Sangpa xoni Gelug boshqaruviga oʻtganligi natijasida Tibetga bostirib kirishga qaror qilganida, oyrat armiyasi chap va oʻng qanotlarga boʻlingan edi. Xoshutlar va torgutlardan tashkil topgan oʻng qanot Tibetda qoldi, chap qanotning choros va xoidlari esa shimoldan Tarim havzasiga chekinishdi, shundan soʻng choroslarning qudratli imperiyasi chap qanot yaʼni Zuungar (yoki Jungʻor) deb nomlana boshladi.
Bu mintaqa zamonaviy Yevropa manbalarida alohida Eleutlar qirolligi sifatida tasvirlangan. Bu nom fransuz missionerlarining „Oyrotlar“ nomini notoʻgʻri transkripsiya qilishidan kelib chiqqan. Bu qirollik baʼzan noaniq tarzda Markaziy Osiyoning keng hududlarini, jumladan Afgʻonistonni ham qamrab olgan holda tasvirlangan..
Tarixi
Kelib chiqishi
thumb|left|Oyratlar 1616-yildaOyratlar XIII asr boshlarida Tuva hududidan kelib chiqqan. Ularning rahbari Quduqa Baki 1208-yilda Chingizxonga boʻysunadi va uning xonadoni chingiziylar avlodining toʻrtta tarmogʻi bilan qudachilik munosabatlarini oʻrnatadi. Toluid fuqarolar urushi davrida Toʻrt oyrat xonligi (Choros, Torghut, Dörbet va Xoid) Ariq Böke tarafida boʻlgan va shuning uchun Xublaidlar hukmronligini hech qachon qabul qilmagan. Yuan sulolasi qulagandan soʻng, oyratlar Shimoliy Yuan taxtini egallashda Ariq Boke Jorightu Xon Yesuderni qoʻllab-quvvatladilar. Oyratlar 1455-yilda Esen Taishi vafot etgunga qadar Shimoliy Yuan xonligi ustidan hukmronlik qildilar, shundan soʻng ular xalxa moʻgʻullari tajovuzi tufayli gʻarbga koʻchib ketdilar. 1486-yilda oyratlar merosxoʻrlik toʻgʻrisidagi nizoga aralashishi natijasida, Dayanxon ularga hujum qiladi. Oyratlar XVI asrning ikkinchi yarmida Tumedlarga koʻplab hududlarini boy beradilar.
1620-yilda choros va torgut oyratlarining rahbarlari Xarxul va Mergen Temene Xalxaning birinchi Olton xoni Ubasi Xon Tayijiga hujum qilishdi. Ular magʻlub boʻlib, Xarxulning xotini va bolalari dushman tomonidan asirga olindi. Ubasi va oyratlar oʻrtasidagi urush 1623-yilgacha, Ubasi oʻldirilgunga qadar davom etdi. 1625-yilda Xoshut boshligʻi Choʻukur va uning tugʻishgan akasi Baybagʻas oʻrtasida meros masalasi yuzasidan nizo kelib chiqadi. Jangda Baybagʻas halok boʻldi. Biroq, uning kichik ukalari Gushi Xon va Kondolon Ubashi jangga kirishib, Choʻukurni Ishim daryosidan Tobol daryosigacha quvib, 1630-yilda hujum qilib, oʻldirishdi. Oyratlar oʻrtasidagi nizolar Torgut boshligʻi Xo Orlukning gʻarbga koʻchib oʻtishiga sabab boʻldi, ular oʻzlarini magʻlub etgan Noʻgʻay oʻrdasi bilan toʻqnash kelguniga qadar koʻchib yurdilar. Torgutlar Qalmoq xonligiga asos solgan, ammo sharqda oyratlar bilan aloqada boʻlgan. Har safar qurultoy chaqirilsa, ular qatnashish uchun vakillarni yuborib turishgan.
thumb|400x400px| Moʻgʻuliston Ligdan Xonning magʻlubiyatidan keyin
1632-yilda Sinxaydagi Geluglarning Sariq qalpoq sektasi Xalxa hukmdori Chogʻtu Xong Tayji tomonidan qatagʻon qilinayotgan edi. Shunday sharoitda ular kelib Gushi Xonni u bilan kurashishga taklif qilishdi. 1636-yilda Gushi boshchiligidagi 10 000 oyrat qoʻshini Sinxayga bostirib kirdi. 30 000 kishilik kuchli dushman qoʻshinini magʻlub etildi, Chogʻtu oʻldirildi. Keyin Markaziy Tibetga kirib, 5-Dalay Lamadan Bstan-'dzin Choskyi Rgyal-po (dinni qoʻllab-quvvatlovchi Dharma qiroli) unvonini qabul qildi. Ushbu voqealardan soʻng chingiziylardan boʻlmagan birinchi moʻgʻul xoni unvoniga daʼvo qildi hamda oyratlarni Tibetni toʻliq bosib olishga chaqirib, Xoshut xonligini tuzdi. Harbiy harakatlarda ishtirok etganlar orasida Xarxulning oʻgʻli Erdeni Botur ham bor edi. Unga Xun Tayji unvoni berilgan, xonning qizi Amin Daraga uylangan hamda Tarbagʻatoy togʻlarining janubidagi Emil daryosi yuqori qismida Jungʻor xonligini barpo etish uchun ortiga qaytarib yuborilgan. Botur Jungriyaga Dalaylama tomonidan berilgan Erdeni unvoni va moʻl oʻlja bilan qaytdi. Hukmronligi davrida qozoqlarga qarshi uch marta yurish qilgan. Jungʻorlar bilan toʻqnashuvlar qozoqlarning „Elim-ay“ balladasida esga olinadi. Jungʻorlar 1643-yilda Oʻrta Osiyoning ichki hududlari, Yassi (Turkiston) va Toshkentga bostirib kirib, qirgʻizlar, tojiklar va oʻzbeklarga qarshi urush boshladilar.
Meros boʻyicha nizo (1653—1677)
thumb|left|Ili va boshqa hududlarda boʻlgan moʻgʻul shahzodasi (Tayji, ) va uning rafiqasi. Huang Sin Zhigong Tu, 1769.伊犂等處台吉
1653-yilda Sengge otasi Baturning oʻrnini egalladi, ammo u aka-ukalarining noroziligiga uchradi. Xoshut xoni Ochirtuning qoʻllab-quvvatlashi bilan toj-u taxt kurashlari 1661-yilda Senggening gʻalabasi bilan tugadi. 1667-yilda uchinchi va oxirgi Oltanxon Erinchin Lobsang Tayijini qoʻlga oldi. Biroq uning oʻzi 1670-yilda davlat toʻntarishi natijasida oʻgay ukalari Chechen Tayiji va Zotov tomonidan oʻldirildiAutobiography of Dalai Lama V, Vol. .
Senggening ukasi Galdan Boshugtu Xon oʻsha vaqtlarda Tibetda yashagan. 1644-yilda u tugʻilganida, bir yil oldin vafot etgan Tibet lamasining reenkarnatsiyasi (qayta tugʻilishi) sifatida tan olingan. 1656-yilda u Tibetga joʻnab ketdi va u yerda 4-panchen-lama va 5-dalay-lama Lobsang Chökyi Gyaltsendan taʼlim oldi. Akasining oʻlimidan xabar topgach, u darhol Tibetdan qaytib, chechenlardan oʻch oldi. Xoshutlik Ochirtu Sechen bilan ittifoq tuzgan Galdan chechenlarni yengib, Zotovni Jungriyadan quvib chiqardi. 1671-yilda Dalay Lama Galdanga xon unvonini berdi. Senggening ikki oʻgʻli Sonom Rabdan va Sevang Rabdan Galdanga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardilar, ammo ular magʻlubiyatga uchradilar. Garchi Ochirtuning nabirasi Anu-Daraga turmushga chiqqan boʻlsa-da, u qaynonasi bilan ziddiyatga borib qoladi. Galdanning mashhurligidan qoʻrqib, Ochirtu amakisi va Galdanning unvonini tan olishdan bosh tortgan raqibi Choqur Uboshini qoʻllab-quvvatlaydi. 1677-yilda Ochirtu ustidan qozonilgan gʻalaba natijasida Galdan oyratlar ustidan hukmronlik qilish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. 1678-yili Dalay Lama unga eng yuqori Boshogʻu (yoki Boshughtu) xonining unvonini berdiMartha Avery The Tea Road: China and Russia meet across the Steppe, p. 104.
Yorkent xonligining bosib olinishi (1678—1680)
thumb|Ili va boshqa viloyatlardan kelgan moʻgʻul qabila boshligʻi (Zaisang, 宰桑) xotini bilan. Huang Sin Zhigong Tu, 1769-yil伊犂等處宰桑.
XVI asr oxiridan boshlab Yorkent xonligi xoʻjalar taʼsiriga tushib qoldi. Xoʻjalar Muhammad paygʻambardan yoki birinchi toʻrt arab xalifasidan kelib chiqqanligini daʼvo qilgan naqshbandiy soʻfiylar edi. XVI asr boshlarida Sulton Saidxon hukmronligi davrida xoʻjalar saroyda va xon ustidan kuchli siyosiy taʼsirga ega boʻlganlar. 1533-yilda Maxdum-i Aʼzam ismli nufuzli xoʻja Qashgʻarga keladi va u yerda oʻrnashib qolib, ikki oʻgʻil koʻradi. Bu ikki oʻgʻil bir-birlari bilan nizolashib, oʻzaro nafratlarini farzandlariga ham oʻtkazdilar. Ikki nasl xonlikning katta qismlarida hukmronlik qilib, uni ikki toifaga: Qashgʻardagi Oq togʻliq va Yorkentdagi Qora togʻliq qismlariga boʻlib tashladi. Yoʻlbars Oq togʻliqlarga homiylik qilib, Qora togʻliqlarni bostirdi, bu esa koʻplab noroziliklarga sabab boʻldi va 1670-yilda uning oʻldirilishi bilan yakunlandi. Uning oʻrnini oʻgʻli egalladi, u Ismoilxon taxtga oʻtirgunga qadar qisqa muddat hukmronlik qildi. Ismoil ikki musulmon firqasi oʻrtasidagi hokimiyat uchun kurash holatini oʻzgartirdi va Oq togʻliq rahbari Afaq Xoʻjani siqib chiqardi. Afaq Tibetga qochib ketdi, u yerda 5-Dalay Lama unga Galdan Boshugtu Xonning yordamini olishda yordam berdi.
1680-yilda Galdan 120 ming jungʻorni Yorkent xonligiga olib kirdi. Ularga Oq togʻliqlar hamda Jungʻorlarga boʻysungan Hami va Turpon yordam berdi. Ismoilning oʻgʻli Bobak Sulton Qashgʻar uchun boʻlgan jangda halok boʻldi. Sarkarda Ivaz beg Yorkent mudofaasida halok boʻldi. Jungʻorlar moʻgʻul qoʻshinlarini qiyinchiliksiz magʻlub etib, Ismoil va uning oilasini asirga oldi. Galdan Bobakning oʻgʻli Abd ar-Rashidxon II ni qoʻgʻirchoq xon qilib tayinladi.
Birinchi qozoq urushi (1681—1685)
1681-yilda Galdan Tangri togʻining shimoliga bostirib kirdi va Qozoq xonligiga hujum qildi, lekin Sayramni egallay olmadiBaabar, Christopher Kaplonski, D. Suhjargalmaa Twentieth-century Mongolia, p. 80. 1683-yilda Sevang Rabtan boshchiligidagi Galdan qoʻshinlari Toshkent va Sayramni egallab oldilar. Ular Sirdaryoga yetib kelib, ikki qozoq qoʻshinini tor-mor qildilar. Shundan soʻng Galdan qora qirgʻizlarni oʻziga boʻysundirib, Fargʻona vodiysini vayron qiladi. Uning sarkardasi Rabtan Taroz shahrini egalladi. 1685-yildan boshlab Galdan qoʻshinlari tajovuzkorlik bilan qozoqlarni gʻarbga surib, koʻchishga majbur qilishdiMichael Khodarkovsky Where Two Worlds Met: The Russian State and the Kalmyk Nomads, 1600-1771, p. 211. Jungʻorlar Baraba tatarlari ustidan hukmronlik oʻrnatdilar va ulardan yasoq (oʻlpon) undirdilar. Pravoslav nasroniylikni qabul qilib, ruslarga boʻysunish barabalarning jungʻorlarga yasoq toʻlamasliklari uchun bahona taktikasi edi.
Xalxa urushi (1687—1688) thumb| Jungʻor xonligi 1688-yilda Galdanning Xalxaga bostirib kirishidan oldin