İnaloğulları bekligi yoki Yinaloğulları bekligi () — 1098-1183-yillar orasida Diyorbakir va tutash hududlarda hukmronlik qilgan markazi Diyorbakir boʻlgan Onadoʻlidagi turk-islom bekligiHasan Celal Güzel, Cem Oğuz, Osman Karatay Türkler, Yeni Türkiye Yayınları, Ankara 2002, s. 202. Beklikning asoschisi Sadr Bey. Beklik oʻz ismini asoschisi Sadr Beyning oʻgʻli va beklikning ikkinchi beki İnal Beydan olgan. Tarix Beklikka 1092-yilda Saljuqiylar imperiyasi sultoni Malikshoh vafot etganidan soʻngra, hududdagi turkman beklarini yengib, Amid shahrini egallagan Sadr Bey tarafidan asos solingan boʻlsa-da, dastlab, beklik Saljuqiylar imperiyasiga vassal boʻlgan. 1096-yilda Sadr Bey vafot etganidan keyin beklik taxtiga Sadr Beyning oʻgʻli İnal Bey chiqdi. İnal Bey 1098-yilda oʻz bekligini Saljuqiylar imperiyasidan mustaqil deb eʼlon qildi va rasman İnaloğulları bekligiga asos solindi. Biroq, qisqa vaqt oʻtgach, beklikka asos solingan 1098-yilning oʻzida İnal Bey vafot etgach, beklik atrofdagi yirik va kuchli turk bekliklari hukmronligi ostida oʻz mavjudligini davom ettirdi. 1110-yilda beklik taxtiga İl-Aldı oʻtirdi. Uning davrida beklik qaytadan oʻz mustaqilligiga ega chiqdi. İl-Aldı Ahlatşahlar bekligi bilan bir qancha urushlar olib bordi va bekligi hududini yanada kengaytirdi. 1124-yilda İsmaililar bilan jang qildi. 1133-yilda Zangiylar bilan boʻlib oʻtgan urushda İl-Aldıning magʻlub boʻlishiga qaramasdan, beklik oʻz mustaqilligini saqlab qola oldi.

1142-yilda İl-Aldı vafot etdi. Undan soʻng beklik taxtiga İnaloğulları bekligining oxirgi beki Cemaleddin Şemsilmülük Mahmud chiqdi. İl-Aldıning vafotini fursat bilgan Artuklu bekligi İnaloğulları bekligining hududlarini birin-ketin egallab oldi. Chorasiz qolgan Cemaleddin Şemsilmülük Mahmud oʻz bekligini Artuklu bekligiga vassal sifatida boshqardi. Beylik 1183-yil 9-may kuni Ayyubiylar tomonidan butunlay bosib olindi va tugatildi . İnaloğulları bekligi beklari BekÖztuna, Yılmaz, „Devletler ve Hanedanlar“ Cilt: 2, Kültür Bakanlığı Yayınları, Ankara 1996, s. 47 Hukmdorlik yili Izohlar Sadr Bey 1095-1096 İnal Bey 1096-1098 Beklikka oʻz nomini bergan Fahrüddevle İbrahim Bey 1098-1110 Ebumansur Sadidevle İlaldı 1110-1142 Cemaleddin Şemsilmülük Mahmud 1142-1183

Manbalar

Turkum:Onadoʻli bekliklari Turkum:İnaloğulları bekligi