alt=See caption|thumb| Kuydirgi bakteriyalarini (sabzirang/chapda) qamrab olayotgan leykotsitning (sariq/oʻngda) skanerli elektron mikroskopdagi tasviri — oʻlchov chizigʻi 5 µm (shartli rangda) — masshtabi 5

Immun sistemasi – organizmni kasalliklardan himoya qiluvchi biologik jarayonlar tarmogʻidir. U viruslardan tortib parazit chuvalchanglarga qadar turli xil patogenlar, shuningdek, saraton hujayralari, hatto yogʻoch qirindilarigacha taniydi, ularga immunologik javob qaytaradi va ularni organizm sogʻlom toʻqimalaridan ajratib turadi. Koʻpgina biologik turlarda immun sistemasi ikkita asosiy kichik guruhdan iborat. Tugʻma immun sistemasi xilma-xil holatlar va taʼsirlarga oldindan shakllantirib qoʻyilgan immun javoblar orqali himoyani taʼminlaydi. Adaptiv immun sistemasi oldin oʻzi duch kelgan molekulalarni osonlik bilan tanib olish orqali keyingi har bir stimulga moslashtirilgan javob qaytaradi. Ikka sistemalar ham oʻz funksiyalarini bajarish uchun molekulalar va hujayralardan foydalanadilar.

Deyarli barcha organizmlar qaysidir bir turdagi immunitetga ega. Bakteriyalar virusli infeksiyalardan himoya qiluvchi fermentlar koʻrinishidagi rudimentar immunitetga ega. Boshqa sodda immun mexanizmlari qadimgi oʻsimliklar va hayvonlarda rivojlangan va ularning zamonaviy avlodlarigacha saqlanib kelmoqda. Ushbu mexanizmlar fagotsitoz, defensin deb ataladigan antimikrob peptidlar va komplement tizimini oʻz ichiga oladi. Jagʻli umurtqalilar, shu jumladan odamlar, yanada murakkab mudofaa mexanizmlariga, patogenlarni yanada samaraliroq aniqlashga adaptatsiya qilish qobiliyatiga ega. Adaptiv (yoki orttirilgan) immunitet immunologik xotirani hosil qiladi, bu esa xuddi shu patogen bilan keyingi toʻqnashuvlarga kuchliroq javob berish imkonini beradi. Shu kabi orttirilgan immunitet jarayoni emlashning asosini tashkil etadi.

Immun sistemasining disfunksiyasi autoimmun kasalliklar, yalligʻlanish kasalliklari va saratonga olib kelishi mumkin. Immunitet tanqisligi immun sistemasi odatdagidan kuchsiz boʻlganida yuzaga keladi, natijada takroriy va hayot uchun xavfli infeksiyalar yuqishi mumkin. Odamlarda immunitet tanqisligi ogʻir kombinatsiyalangan immunitet tanqisligi kabi irsiy kasallik, OIV / OITS kabi orttirilgan kasalliklar yoki immunosupressiv dorilarni qoʻllash natijasida kuzatilishi mumkin. Autoimmunitet giperaktiv immunitet tizimining normal toʻqimalarga xuddi begona organizmlarga hujum qilishi kabi javobi natijasida yuzaga keladi. Keng tarqalgan autoimmun kasalliklarga Hashimoto tiroiditi, revmatoid artrit, 1-tur qandli diabet va tizimli qizil yuguruk kiradi. Immunologiya immun sistemasining barcha jihatlarini oʻrganadi.

Qavatma-qavat himoya Immun sistemasi hoʻjayin organizmni infeksiyalardan har bir qavatda spetsifiklikni oshirish orqali himoya qiladi. Fizik bariyerlar bakteriyalar va viruslar kabi patogenlarning organizmga kirishiga toʻsqinlik qiladiSompayrac 2019, p. 1. Agar patogen bu toʻsiqlarni buzib oʻtsa, tugʻma immun sistemasi darhol, ammo spetsifik boʻlmagan javob qaytaradi. Tugʻma immun sistemasi barcha hayvonlarda mavjudLitman GW, Cannon JP, Dishaw LJ (November 2005). „Reconstructing immune phylogeny: new perspectives“. Nature Reviews. Immunology. 5 (11): 866-79. doi:10.1038/nri1712. PMC 3683834. PMID 16261174. Agar patogenlar tugʻma immunitet reaksiyasidan qochib qutulsa ham, umurtqali hayvonlarda tugʻma reaksiya orqali faollashuvchi ikkinchi himoya qatlami — adaptiv immun sistemasi borSompayrac 2019, p. 4. Bu immun sistemasi patogenni tanib olishni oshirish uchun infeksiya vaqtida oʻz reaksiyasini moslashtiradi. Keyinchalik bu kuchaygan javob reaksiyasi patogen yoʻq qilingandan keyin immunologik xotira shaklida saqlanib qoladi va adaptiv immun sistemasi ushbu patogen bilan har safar toʻqnashganda tezroq va yanada kuchliroq hujumlarni uyishtirishiga imkon beradiRestifo NP, Gattinoni L (October 2013). „Lineage relationship of effector and memory T cells“. Current Opinion in Immunology. 25 (5): 556-63. doi:10.1016/j.coi.2013.09.003. PMC 3858177. PMID 24148236Kurosaki T, Kometani K, Ise W (March 2015). „Memory B cells“. Nature Reviews. Immunology. 15 (3): 149-59. doi:10.1038/nri3802. PMID 25677494. S2CID 20825732. +Immun sistemasining tarkibiy qismlari Tugʻma immun sistemasi tugʻma immun sistemasiAdaptiv immun sistemasi Javob spetsifik emas Patogen va antigenga mos javob Toʻqnashuv darhol maksimal javobga olib keladi Toʻqnashuv va maksimal javob oʻrtasidagi kechikish vaqti mavjud Gumoral va hujayra komponentlar Gumoral va hujayra komponentlar Immunologik xotira yoʻq Toʻqnashuv immunologik xotiraga olib keladi Hayotning deyarli barcha shakllarida uchraydi Faqat jagʻli umurtqalilarda uchraydi Har ikkala turdagi immunitet guruhlari ham immun sistemasining oʻziniki boʻlgan va oʻziniki boʻlmagan molekulalarni tanib olishiga tayanadi. Immunologiyada oʻzikini boʻlgan molekular sifatida immun sistemasi tomonidan tanib olinadigan organizm komponentlariga aytiladiSompayrac 2019, p. 11. Aksincha, yot molekulalar begona molekulalar sifatida taniladigan molekulalardir. Yot molekulalarning bir sinfi antigenlar (ilgari antitana generatorlari deb nomlangan) boʻlib, ular maxsus immun retseptorlariga bogʻlanadigan va immun javob chaqiradigan moddalardirSompayrac 2019, p. 146.

Yuza bariyerlar Mexanik, kimyoviy va biologik va boshqa bariyerlar organizmlarni infektsiyadan himoya qiladi. Aksariyat barglarning mumsimon kutikulasi, hasharotlarning ekzoskeleti, tuxumlarning tashqi qobigʻi va teri infektsiyaga qarshi mexanik bariyerlarning birinchi himoya qavatidirAlberts et al. 2002, sec. „Pathogens Cross Protective Barriers to Colonize the Host“. Organizmlarni tashqi-muhitdan toʻliq ajratib boʻlmaydi, shuning uchun sistemalardan tana ochiq aʼzolari hisoblangan oʻpka, ichak va siydik-tanosil tizimlari sistemalar tomonidan himoya qiladi. Oʻpkada, yoʻtalish va aksirish nafas yoʻllaridan patogenlar va boshqa irritant moddalarni mexanik ravishda chiqarib tashlaydi. Koʻz yoshlari va siydikning yuvish harakati patogenlarni mexanik ravishda chiqarib yuboradi, respirator va oshqozon-ichak trakti tomonidan chiqariladigan shilliq esa mikroorganizmlarni ushlab qolish uchun xizmat qiladiBoyton RJ, Openshaw PJ (2002). „Pulmonary defences to acute respiratory infection“. British Medical Bulletin. 61 (1): 1-12. doi:10.1093/bmb/61.1.1. PMID 11997295.

Kimyoviy bariyerlar ham infeksiyadan himoya qiladi. Teri va nafas yoʻllari mikroblarga qarshi peptidlar, masalan, β- defensinlarni chiqaradiAgerberth B, Gudmundsson GH (2006). „Host antimicrobial defence peptides in human disease“. Current Topics in Microbiology and Immunology. 306: 67-90. doi:10.1007/3-540-29916-5_3. ISBN 978-3-540-29915-8. PMID 16909918. Soʻlak, koʻz yoshlari va ona sutidagi lizotsim va fosfolipaza A2 kabi fermentlar ham antibakterialdirMoreau JM, Girgis DO, Hume EB, Dajcs JJ, Austin MS, OʻCallaghan RJ (September 2001). „Phospholipase A(2) in rabbit tears: a host defense against Staphylococcus aureus“. Investigative Ophthalmology & Visual Science. 42 (10): 2347-54. PMID 11527949Hankiewicz J, Swierczek E (December 1974). „Lysozyme in human body fluids“. Clinica Chimica Acta; International Journal of Clinical Chemistry. 57 (3): 205-09. doi:10.1016/0009-8981(74)90398-2. PMID 4434640. Hayz koʻrishdan keyingi vaginal sekretsiyalar biroz kislotali boʻlgani uchun kimyoviy bariyer sifatida ishlasa, spermada patogenlarni oʻldirish uchun defensin va rux mavjudFair WR, Couch J, Wehner N (February 1976). „Prostatic antibacterial factor. Identity and significance“. Urology. 7 (2): 169-77. doi:10.1016/0090-4295(76)90305-8. PMID 54972Yenugu S, Hamil KG, Birse CE, Ruben SM, French FS, Hall SH (June 2003). „Antibacterial properties of the sperm-binding proteins and peptides of human epididymis 2 (HE2) family; salt sensitivity, structural dependence and their interaction with outer and cytoplasmic membranes of Escherichia coli“. The Biochemical Journal. 372 (Pt 2): 473-83. doi:10.1042/BJ20030225. PMC 1223422. PMID 12628001. Oshqozonda xlorid kislotasi yutilgan patogenlarga qarshi kimyoviy himoya vazifasini bajaradiSmith JL (2003). „The role of gastric acid in preventing foodborne disease and how bacteria overcome acid conditions“. J Food Prot. 66 (7): 1292-1303. doi:10.4315/0362-028X-66.7.1292. PMID 12870767.

Siydik-tanosil va oshqozon-ichak trakti ichidagi kommensal flora oziqa va joy uchun patogen bakteriyalar bilan raqobatlashadi va baʼzi hollarda ular yashaydigan muhitni, masalan, pH yoki temirni oʻzgartirib, biologik toʻsiq vazifasini bajaradi. Natijada, patogenlar soni kasallik keltirib chiqarish uchun yetarli miqdorda boʻlish ehtimoli kamayadiGorbach SL (February 1990). „Lactic acid bacteria and human health“. Annals of Medicine. 22 (1): 37-41. doi:10.3109/07853899009147239. PMID 2109988.

Tugʻma immun sistemasi

Organizmga kira olgan mikroorganizmlar yoki toksinlar tugʻma immun sistemasining hujayralari va mexanizmlari bilan toʻqnashadi. Tugʻma javob odatda mikroblar qolip tanuvchi retseptorlar (ingl: pattern recognition receptors — mikroorganizmlarning koʻplab guruhlarida uchraydigan oʻxshash qismlarni tanish) tomonidan tanilgandaMedzhitov R (October 2007). „Recognition of microorganisms and activation of the immune response“. Nature. 449 (7164): 819-26. Bibcode:2007Natur.449..819M. doi:10.1038/nature06246. PMID 17943118. S2CID 4392839 yoki shikastlangan yoki stressga uchragan hujayralar ogohlantirish signallarini yuborganda boshlanadiMatzinger P (April 2002). „The danger model: a renewed sense of self“ (PDF). Science. 296 (5566): 301-05. Bibcode:2002Sci…296..301M. doi:10.1126/science.1071059. PMID 11951032. S2CID 13615808. Tugʻma immunitet himoyasi spetsifik emas, yaʼni bu tizimlar patogenlarga umumiy usulda javob qaytaradiAlberts et al. 2002, Chapter: „Innate Immunity“. Bu immun sistemasi patogenga qarshi uzoq muddatli immunitetni taʼminlamaydi. Tugʻma immun sistemasi koʻpchilik organizmlarda xoʻjayin himoyasining dominant va oʻsimliklarda yagona sistemadirIriti 2019, p. xi.

Immun sezgirlik Tugʻma immun sistemasidagi hujayralar patogenlar tomonidan ishlab chiqarilgan molekulyar tuzilmalarni tanib olish uchun qolip tanuvchi retseptorlardan foydalanadiKumar H, Kawai T, Akira S (February 2011). „Pathogen recognition by the innate immune system“. International Reviews of Immunology. 30 (1): 16-34. doi:10.3109/08830185.2010.529976. PMID 21235323. S2CID 42000671. Ular, asosan, dendritik hujayralar, makrofaglar, monotsitlar, neytrofillar va epiteliy hujayralari kabi tugʻma immun tizimining hujayralari tomonidan chiqariladigan oqsillarSchroder K, Tschopp J (March 2010). „The inflammasomes“. Cell. 140 (6): 821-32. doi:10.1016/j.cell.2010.01.040. PMID 20303873. S2CID 16916572 boʻlib ikki guruhdagi molekulalarni aniqlash uchun xizmat qiladi. Ular patogenga aloqador molekulyar qoliplar (PAMQ) — mikrobial patogenlar bilan bogʻliq boʻlgan va hujayra shikastlanishi yoki hujayra oʻlimi paytida ajralib chiqadigan xoʻjayin hujayralarining tarkibiy qismlari bilan bogʻliq — jarohatga aloqador molekulyar qoliplardir (JAMQ)Sompayrac 2019, p. 20.