Gulchehra Shavkatovna Rixsiyeva (1971, Toshkent viloyati) — oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha mutaxassis, filologiya fanlari nomzodi, professor. 2019–2026-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritganhttps://tsuos.uz/rektorat/. Respublika Oliy taʼlim kengashi aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi Gender tengligi boʻyicha komissiya aʼzosi, Erasmus+ Oliy taʼlim islohoti boʻyicha ekspertlar jamoasi aʼzosi.

Biografiyasi 1971-yil Toshkent viloyati Zangiota tumanida shifokorlar oilasida tavallud topgan. 1993-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan 2000-yildan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida faoliyat yuritib keladi.

2000-2004-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida katta oʻqituvchi, 2004-2009-yillarda boʻlim boshligʻi, 2009-2018-yillar Ilmiy ishlar boʻyicha prorektor, 2019-yilda Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatgan.2019-yil iyul oyidan 2026-yil oktyabr oyiga qadar Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektorihttps://oz.sputniknews-uz.com/20200307/Rabar-blish-osonmi-zbekistondagi-yagona-al-rektor-bilan-intervyu-13615604.html.

Faoliyati Oʻzbek tili va adabiyoti, oʻzbek tilini chet elliklarga oʻqitish, Taʼlim sifatini oshirishda Erasmus+ ICM loyihalari, Taʼlim sifatini taʼminlash, ilmiy salohiyatni oshirish masalalari boʻyicha 300 dan ortiq ilmiy ishlar, monografiyalar muallifi. Bir qancha Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi: Turkiya; Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Vengriya, Polsha, Xorvatiya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Koreya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Italiya, Malayziya, Fransiya, Ispaniya, Singapur, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Misr

Networking va aʼzoliklar Oʻzbekiston Respublikasi Gender tengligi boʻyicha komissiya aʼzosi (2019-2021), Erasmus+ Oliy taʼlim islohoti boʻyicha ekspertlar jamoasi aʼzosi (HEREs) (2012-h.v.), Respublika Oliy taʼlim kengashi aʼzosi (2021-h.v.),

Asosiy ilmiy faoliyati

„Sharqshunoslik“ ilmiy jurnali bosh muharriri (2019-h.v.) „Sharq mash’ali“ ilmiy jurnali bosh muharriri (2019-h.v.) „Turkologiya“ ilmiy jurnali bosh muharriri (2021-h.v.)

Mukofotlari

„Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni (2006), „Xitoy — Oʻzbekiston munosabatlarining 25 yilligiga qoʻshgan hissasi uchun“ koʻkrak nishoni (2017) „Shanxay hamkorlik tashkilotining 20 yilligi“ esdalik medali (2021), „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ esdalik nishoni (2021), „Turizm fidoyisi“ koʻkrak nishoni (2023), Kyungdong universiteti Faxriy professori (2023) „Oʻzbekiston — Ozarbayjon hamkorligiga qoʻshgan hissasi uchun“ statuetkasi (2023) bilan taqdirlangan.

2024-yil 27-sentyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida" Farmoni bilan II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan mukofotlangan .

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston professorlari Turkum:Senatorlar Turkum:Oʻzbekistonlik olim ayollar Turkum:Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari Turkum:Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti oʻqituvchilari