Navroʻz Japakov (1914-yil 16-may — 1975-yil 13-mart) — sovet-oʻzbek davlati partiya yetakchisi, Qoraqalpogʻiston ASSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisi (1955-1956-yillarda), shoir.

Tarjimai hol

Davlat faoliyati

1942-yildan Butunittifoq bolsheviklar Kommunistik partiyasi a’zosi. 1955-yilda Bolsheviklar SIKP (Sovet Ittifoqi kommunistik partiyasi) MQ (Markaziy Qoʻmitasi)qoshidagi Oliy partiya maktabini tamomlagan.

1943-1946-yillarda — Oʻzbekiston Kompartiyasi (b) Qoraqalpogʻiston viloyat qoʻmitasining targʻibot va tashviqot ishlari boʻyicha kotibi.

1946-1952-yillarda — Qoraqalpogʻiston ASSR Vazirlar Kengashi raisi.

1955-1956-yillarda — Qoraqalpogʻiston ASSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisi.

1956-1959-yillarda — Qoraqalpogʻiston ASSR Vazirlar Kengashi raisi. SSSR Oliy Kengashining 3 va 5-chaqiriqlari deputati.

Ijodiy faoliyati "Quyosh" birinchi she’riy toʻplami 1940-yilda nashr etilgan. Qoraqalpoq, oʻzbek va rus tillarida nashr etilgan yettita she’riy toʻplam muallifi hisoblanadi. Asosiy she’rlari "Buyuk rus xalqiga" (Nukus, 1954-yil) va "Amu sohillarida" (Leningrad, 1960-yil) toʻplamlarida keltirilgan. Ssenariy muallifi M.Melkumov bilan hamkorlikda “Orol baliqchilari” badiiy filmi ssenariysini yozgan.

U adabiyotni ham mukammal oʻrgangan. “Ayapbergen Musayevning hayot yoʻli va ijodi” mavzusidagi ishi uchun unga filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasi beriladi.

Mukofot va unvonlar U 1957-yil 1-noyabrda ikkita Lenin, Qizil Yulduz, ikkita "Shon-sharaf belgisi" ordenlari bilan taqdirlangan.

Navroʻz Japakov 1974-yilda Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi unvoniga musharraf boʻldi.

Manbalar

https://centrasia.org/person2.php?&st=1184273056 Архивная копия http://www.knowbysight.info/ZhZZ/10796.asp Архивная копия http://www.ziyouz.uz/en/index.php?option=com_content&view=article&id=1103:--1914&catid=64:karakalpak&Itemid=54 Архивная копия

Turkum:Oʻzbekistonlik shoirlar Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Qizil Yulduz ordeni sohiblari Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:1975-yilda vafot etganlar Turkum:13-martda vafot etganlar Turkum:1914-yilda tugʻilganlar Turkum:16-mayda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 2-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 3-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar