Oxim () — qadimgi yunon mifologiyasidagi qahramon. Gelios va Rodaning yetti oʻgʻlining eng kattasi. Rodos hukmdori (Egey orollari)Диодор Сицилийский. Историческая библиотека V 56, 5.
Mifologiyasi Taxtga koʻtarilishdan oldin aka-ukalar birodarining joniga qasd qilishgan. Yetti aka-uka geliodlar Rodosda yashagan. Aka-ukalar Aktiy, Triop, Makarey va Kandal oʻz birodari Tenagni oʻdirishgan. Shundan soʻng oʻz orollaridan qochib ketishgan, Oxim va Kenaf esa jinoyatga aloqador boʻlmaganligi uchun qolishganДиодор Сицилийский. Историческая библиотека V 56; 57.
Oxim orol ustidan nazoratni egallab, Ialis mintaqasiga joylashadi va u yerda Axaya shahriga asos soladiДиодор Сицилийский. Историческая библиотека V 57, 7.
Oxim nimfa Gegetoriyaga uylanadi, ularning qizi Kidippa (Kirbiya deb ham ataladi) duyoga keladi. Diodorning soʻzlariga koʻra, Oxim qizini akasi Kerkafga turmushga bergan. Plutarxning soʻzlariga koʻra, otasi uni Okridionga unashtirgan, ammo uni sevib qolgan Kerkaf xabarchini uni oʻziga olib borishga koʻndirgan. Kerkaf va Kidippa qochib ketishgan va Oxim qariganda qaytib kelishganСтрабон. География. XIV.2.12; c. 655.
Kerkaf va Kidippaning uchta oʻgʻli (Lind, Ialis va Kamir) Rodos orolini meros qilib olishgan. Rodosdagi uchta shahar ularning nomi bilan atalganПлутарх. Греческие вопросы 27.
Strabon oʻzining „Geografiya“ nomli XIV kitobida Rodos boʻylab harakatlanish kontekstida Ialis, Lind, Kamir hududlari va Oxima akropolisi haqida xabar beradi:
Madaniy taʼsiri Chervon oxim () Lycaenidae oilasiga mansub kunduzgi kapalak.
Manbalar
Turkum:Egey dengizi orollari afsonalari Turkum:Qadimgi yunon afsonalari qahramonlari