„Nasriddin Buxoroda“ – sovet-komediya filmi boʻlib, Leonid Solovyevning „Xotirjam isyonchi“ romani va Xoʻja Nasriddin haqida sharq xalq ertaklari asosida rejissor Yakov Protazanov tomonidan suratga olingan. Bu filmda nimagadir Xoʻja unvoni ishlatilmaydi.
Syujeti Ushbu filmda Sharq ertagi qahramoni taniqli Nasriddin Buxoroga oʻz eshagi bilan tashrif buyuradi. Aynan shu kuni Buxoro amiri gʻoyat odilona hukm chiqarayotgan boʻladi. Kulol Niyoz sudxoʻr Jaʼfardan 400 tanga qarz olgan va uni bir soat ichida qaytarishi shart boʻladi. Bechorahol kulolda bunday mablagʻ yoʻq edi, endi u qizi Guljon bilan qullikdan boshqa choralari topilmagan mahalda Nasriddin yordam qoʻlini choʻzib, Jaʼfarga qarzni toʻlab kulolni qutqarib qoladi.
Gʻazab otiga mingan Jaʼfar bor gapni amirga yetkazadi. Amir esa uning soʻzini ikki qilgan isyonchini tutishlarini talab etadi. Nasriddin esa Kulol Niyoz va Guljonning uylariga qoʻriqchilardan yashirincha kirib oladi. Biroq bu voqeadan keyin Nasriddinning suyukli yori amir haramidan joy olishidan xavotirlanib film qahramoni munajjim olim Husayn Husliya bilan liboslarini almashtirib olishadi. Soʻng Nasriddin oʻzini munajjim olimi deb tanitib saroyga kirib oladi.
Rollarda
Lev Sverdlin – Nasriddin Konstantin Mixaylov – Buxorolik amir Emmanuil Geller – Jaʼfar, sudxoʻr Vasiliy Zaychikov – Niyoz, kulol M. Mirzakarimova – Guljon, Niyoz qizi Stepan Kayukov – Baxtiyor, vazir Obid Tolipov – Yusup, temirchi Matvey Lyarov – Arslonbek, qoʻriqchi boshligʻi Nikolay Volkov – Husayn Husliya, donishmand Asad Ismatov – Ali, chayxonachi Mirshohid Miroqilov – amir posboni Ivan Bobrov – amir qoʻriqchisi Rahim Pirmuhamedov – amir qoʻriqchisi Lutfi Sarimsoqova – saroy xizmatchisi (titrda yozilmagan)
Suratga olish guruhida
Rejissor: Yakov Protazanov Ssenariychi: Viktor Vitkovich, Leonid Solovyov Bastakor: Muxtar Ashrafi, Boris Arapov Rassom – Varsham Yeremyan Direktor – Dj. Denison
Videosi 2000-yilda film Master Tape va Vostok V tomonidan VHS-da namoyish etildi.
Havolalar
„Nasriddin Buxoroda“ „ Milliy kino ensiklopediyasi“ saytida
Turkum:Rossiya kinokomediyalari Turkum:SSSR kinokomediyalari