thumb| Kompaniyaning bosh qarorgohi, Omaha, Nebraska

TD Ameritrade – bu aksiyalar, imtiyozli aksiyalar, fyuchers shartnomalar, fond birjalari, foreks, opsionlar, investitsion fondlar, passiv daromadli investitsiyalar, marjali kreditlar va mablag'larni boshqarish xizmatlarini o'zida jamlagan moliyaviy aktivlar savdosi uchun raqamli savdo platformasini taklif qiluvchi broker. Kompaniya kreditlar bo'yicha foiz daromadi, buyurtmani bajarish uchun komissiyalar va buyurtmalar oqimi uchun to'lovlardan daromad oladi. 2017-yilning sentabr oyida Scottrade'ning brokerlik biznesini sotib oldi va barcha Scottrade mijorlarning aktivlari va hisoblarini TD Ameritrade'ga o'tkazdi. Scottrade Bank sho'ba korxonasiga tegishli hisobvaraqlar TD Bank'ga birlashtirildi, Scottrade esa to'xtatildi. TD Ameritrade Charles Schwab Corporation'ning sho'ba korxonasi hisoblanadi va 2023-yilda investitsiya xizmatlari va hisobvaraqlari Schwab bilan to'liq integratsiya qilinadi, shu jumladan sobiq Scottrade hisobvaraqlari ham. Uning faoliyati Charles Schwab korporatsiyasining Uestleykdagi (Texas) shtab-kvartirasiga koʻchirilmoqda.

Kompaniyaga 1971-yilda "Ameritrade" nomi bilan asos solingan. 2006-yilda Toronto-Dominion Bankdan TD Waterhouse'ning Qo'shma Shtatlardagi xizmatlarini sotib oldi va kompaniya nomini TD Ameritrade'ga o'zgartirdi. 2020-yilda Toronto-Dominion Bank TD Waterhouseni Charles Schwab Corporation'ga sotib yuboradi.

Tarix 1975-yilda Qimmatli Qog'ozlar va Birja Komissiyasi doimiy brokerlik xizmatlari uchun komissiya olishni taqiqladi va Jo Ricketts va uchta hamkor Nebraskaning Omaha shahrida First Omaha Securities, Inc.ni ochdilar.

1983-yilda "Ameritrade Clearing Inc." markaziy kontragent kliring brokeri sifatida tashkil etildi.

1988-yilda kompaniya tugmachali telefon orqali birinchi buyurtma va taklif kiritish tizimini joriy qildi.

1995-yilda kompaniya raqamli savdo maydonchasini taklif qilgan birinchi firma "K. Aufhauser & Company, Inc."ni sotib oldi.

1996-yil yanvar oyida TransTerra's Accutrade'ning "Accutrade for Windows" raqamli savdo platformasini ishga tushirdi.

1996-yil sentabr oyida kompaniya TransTerra kompaniyasi bilan birlashdi.

1997-yil mart oyida kompaniya IPO orqali ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylandi.

2001-yil fevral oyida kompaniya 60 ga yaqin broker-dilerlik, xedj fondi va pul boshqaruv xizmatlariga ega bo'lgan TradeCast'ni 67,3 million dollarga sotib oldi.

2001-yil iyul oyida kompaniya "National Discount Brokers" brokerlik tarmog'ini 154 million dollarga sotib oldi va mijozlarining aktivlariga 6,3 milliard dollar qo'shdi.

2002-yil sentabr oyida kompaniya "Datek" kompaniyasini sotib oldi.

2003-yil iyun oyida kompaniya "MyDiscountBroker.com" saytini sotib oldi.

2004-yilda yanvar oyida kompaniya "Bidwell" kompaniyasini, fevral oyida "BrokerageAmerica" va oktabr oyida esa "JB Oxford and Company"ni sotib oldi.

2006-yil yanvar oyida kompaniya Toronto-Dominion Bankdan "TD Waterhouse" deb nomlangan Amerika Qo'shma Shtatlaridagi brokerlik biznesini sotib oladi va yangi birlashtirilgan kompaniya "TD Ameritrade' deb o'zgartirildi, Toronto-Dominion Bank kopmaniyaning 40% lik ulushiga ga egalik qiladi.

2008-yil fevral oyida kompaniya Fiserv hisoblarini sotib oladi.

2008-yil may oyida bosh direktor Jo Moglia bosh direktor lavozimini bo'shatishini va rais bo'lishini e'lon qildi. Uning o'rniga operatsion direktor Fredrik Tomchik bosh direktor lavozimini egalladi, u ilgari Toronto-Dominion Bank'ning korporativ operatsiyalar bo'yicha vitse-prezidenti bo'lgan.

2009-yil yanvar oyida faol treyderlar uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi Thinkorswim kompaniyasini naqd pul va aktsiyalar orqali to'lash sharti bilan 606 million dollarga sotib oldi.

2013-yilda kompaniya Omaha (Nebraska, AQSH) shahrida 250 million dollarlik yangi bosh qarorgohini ochdi.

2016-yilda Tomchik bosh direktor sifatida nafaqaga chiqdi va uning oʻrniga Toronto-Dominion Bank'ning "TD Canada Trust" chakana bank boʻlinmasini ilgari boshqargan Tim Hokey egalladi.

2017-yil sentabr oyida kompaniya Missuri shtatining Sent-Luis shahrida joylashgan "Scottrade" kompaniyasini sotib oldi va Sent-Luisni kompaniya uchun ikkinchi yirik markazga aylantirdi. Mijozlar hisoblarining ko'chishi 2018-yil fevral oyida sodir bo'ldi.

2018-yil aprel oyida TD Ameritrade va Havas bitkoin blokcheyniga kiritilgan birinchi reklamani joylashtirdilar.

2019-yil iyul oyida bosh direktor Tim Hokey 2020-yilning 1-choragi boshida TD Ameritrade’dan ketishini e’lon qildi.

2019-yil oktabr oyida TD Ameritrade aksariyat onlayn savdolarni komissiyasiz qilib qo'yadi.

2020-yil iyul oyida Jo Moglia TD Ameritrade boshqaruvi raisi lavozimidan nafaqaga chiqdi.

2020-yil 6-oktabrda, TD Ameritrade Scottrade'ni sotib olganiga uch yilgina bo'lganda kompaniyani Charles Schwab Corporation sotib oladi. Schwab 2023-yilgacha barcha TD Ameritrade hisob va xizmatlarini, shu jumladan sobiq Scottrade hisoblarini muammosiz o'z platformasiga o'tkazishni rejalashtirmoqda.

2021-yil 28-yanvarda kompaniya va boshqa savdo maydonchalari GameStop, BlackBerry, AMC, Koss Corporation va Nokia kabi qisqa muddatli baʼzi aksiyalar savdosini chekladi.

Huquqiy tomonlari

Xavfsizlikning buzilishi 2007-yilning noyabr oyida kompaniya xakerlar o'z mijozlarining ismlari, SSN, tug'ilgan sanalari, manzillari, telefon raqamlari va savdo faoliyatiga kirishga muvaffaq bo'lganligini xabar qildi. 2011-yilda kompaniya jamoaviy da'voga qo'yilgandan so'ng, kompaniya shaxsiy ma'lumotlarini o'g'irlash qurboni bo'lgan mijozlarga har biri uchun 50 dollardan 2500 dollargacha tovon to'lashga rozi bo'ldi. Shartnomada advokatlar jabrlanuvchilar kabi pul "yig'ishtirgani" uchun tanqid qilindi. 2020-yilda mijozlarning kirish ma'lumotlari darkvebga sotildi.

Auksion stavkasi bo'yicha janjal 2009-yilda TD Ameritrade qisqa muddatli investitsiyalar bo'yicha auksion stavka kafolatinini sotganligi haqidagi da'voni hal qildi. Qaror 456 million dollar to'lashni va aksiyalarni qaytarib sotib olishni o'z ichiga oladi, bu esa investorlarning yo'qotishlarini qoplaydi.

Zaxiradagi fondlarda mijozlarning yo'qotishlari Kompaniya o'z mijozlariga naqd pul mablag'larini birlamchi zaxira fondining filiali bo'lgan pul bozori fondiga investitsiya qilishni tavsiya qildi va kompaniyaning bunday marketingi natijasida jamg'arma taxminan 1 milliard dollarlik aktivlarga ega bo'ldi. Kompaniya mijozlarni boshqarish uchun fonddan komissiya oldi. 2008-yil sentabr oyida, 2007–2008-yillardagi moliyaviy inqiroz davrida, Lehman Brothers qimmatli qogʻozlariga egalik qilishi natijasida jamgʻarma oʻz mablagʻlarini muzlatishga majbur boʻldi va TD Ameritrade mijozlarining 1 milliard dollarlik naqd pul ekvivalentlari muzlatib qoʻyildi. Kompaniya olingan komissiyalar natijasida manfaatlar to'qnashuvida, yomon marketing etikasiga ega bo'lganlikda va investitsiya xavfsizligini noto'g'ri ko'rsatganlikda ayblangan. Kompaniya prezidenti Fredrik Tomchik, zaxira jamg'armasi bilan tuzilgan shartnoma standart shartnoma ekanligini va "investitsiya firmasi qandaydir tarzda pul topishi kerak" deb ta'kidladi. Kompaniya o'z mijozlari tomonidan sud da'volariga chaqiruv oldi va AQSh Qimmatli Qog'ozlar va Birjalar Komissiyasi uning marketing amaliyoti bo'yicha tergov boshladi. 2008-yilda kompaniya oʻz mijozlariga birlamchi zaxira fondidagi 3 foizgacha yoki 50 million dollargacha zararni qoplashga rozi boʻldi. 2011-yilda kompaniya SEC ishini hal qildi va o'z mijozlariga tegishli bo'lgan "Reserve Yield Plus" fondining har bir ulushi uchun 1,2 ¢ yoki jami 10 million dollar to'lashga rozi bo'ldi. Reserve Yield Plus 2016-yilda yakuniy taqsimotini amalga oshirdi va investorlar TD Ameritrade kompaniyasidan kompensatsiyaga qo'shimcha ravishda har bir aksiya uchun 97 sentdan 98 sentgacha oldilar..

Homiylik Kompaniya TD Ameritrade Park Omaha beysbol maydoniga nom berish huquqiga ega bo'lib, u buning uchun 2011-yildan beri yigirma yillik shartnoma muddati uchun yiliga o'rtacha 1 million dollar to'laydi. Charles Schwab korporatsiyasi tomonidan sotib olingandan so'ng, ular nomlash huquqiga egalik huquqini saqlab qolishdi; beysbol maydonchasi keyinchalik Charles Schwab Field Omaha deb o'zgartirildi.

O'zbekistonda TD Ameritrade 2021-yil 18-oktabrda o'z xizmatlarini to'xtatdi, avval ochilgan hisob egalari esa cheklovlarsiz foydalanishlari mumkinTD Ameritrade brokeri O'zbekiston uchun o'z xizmatlarini to'xtatdi..

Manbalar

Havolalar

. Turkum:Broker Turkum:Bank Turkum:Aksiya Turkum:Savdo Turkum:Fond birjalari Turkum:Raqamli texnologiyalar