Subxonqul Oripovich Oripov (1930-yil 26-oktabr — 2003-yil 3-iyun) — davlat va jamoat arbobi, oʻzbek va sovet olimi, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan shifokor (1966), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980).Professor (1982).

Tarjimai hol Oripov Subhonqul 1930-yil 26-oktyabrda OʻzSSR, SSSR Qoʻqon shahrida dunyoga keladi.

U 1947-1949-yillarda Qoʻqon tibbiyot bilim yurtida ta’lim olgan, uni a’lo baholarga tamomlagan. 1950-yilda Samarqand Davlat tibbiyot institutiga oʻqishga kirgan, 1953-yilda SSSR Mudofaa vaziri buyrugʻi bilan Saratov davlat tibbiyot institutining Harbiy tibbiyot fakulteti (Saratov harbiy tibbiyot instituti) kursanti boʻlib oʻqishga kiradi va uni imtiyoli diplom bilan bitiradi.

1956-1958-yillarda 23-gvardiya polkida harbiy shifokor, polk komandiri — Sovet Ittifoqi Qahramoni, polkovnik Vilenskis, (Vilenskiy Volf) Volfas Leibovich boʻlib xizmatini oʻtagan.

1958-yilda SSSR Qurolli Kuchlari qisqarishi munosabati bilan urushda halok boʻlganlar oilasi a’zosi sifatida demobilizasiya qilingan (ikki qondosh aka-ukasi halok boʻlgan).

Oripov 1958-1963-yillarda Samarqand davlat tibbiyot instituti ordinatori, aspiranti, assistenti, ichki kasalliklar kafedrasi mudiri edi. Soʻng u 1963-1965-yillarda Samarqand viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh vrachi boʻlgan. Oradan vaqt oʻtib, 1965-1970-yillarda Samarqand viloyat Ijroiya qoʻmitasi viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi.

Keyinchalik 1970-1972-yillarda Samarqand viloyat ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari boʻladi.

Taniqli shifokor 1972-1979-yillarda 4-bosh boshqarma boshligʻi - OʻzSSR sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari, 1979-1981-yillarda Oʻzbekiston SSR sogʻliqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlanadi.

Keyinchalik yana 1981-1986-yillarda Subhonqul Oripov Samarqand tibbiyot instituti rektori, 1986-1993-yillarda SamDTI boʻlim mudiri, Samarqand viloyati “Bilim” viloyat jamiyati boshqaruvi raisi, 2000-2003-yillarda esa "Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash" gazetasining bosh muharriri sifatida faoliyat yuritadi.

Xotini — Tamara Oʻrazovna Oripova (1932-2004), tibbiyot fanlari doktori, professor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi.

Ijtimoiy-siyosiy faoliyati Bir necha bor Samarqand viloyat Kengashi, Samarqand shahar Kengashi, Toshkent shahar Kengashi deputati etib saylangan.

Oʻzbekiston SSR IX (1975-1980) - X (1980-1985) chaqiriqlar Oliy Kengashi deputati.

Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi, Samarqand viloyat qoʻmitasi, Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi Toshkent shahar qoʻmitasi a’zosi etib saylangan.

SSSR Butunittifoq Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyati Ijroiya qoʻmitasi a’zosi, SSSR Tibbiyot tarixchilari jamiyati boshqaruvi a’zosi, SSSR a’zosi. OʻzSSR Qizil yarim oy Respublika jamiyati, Oʻzbekiston tibbiyot jurnali bosh muharriri va tahrir hay’ati a’zosi etib saylangan.

Afgʻoniston shifokorlarining 1-kongress s’yezdida SSSR delegasiyasi rahbari (1980).

Ilmiy faoliyati 200 dan ortiq ilmiy nashrlar, jumladan, 14 ta monografiya va oʻquv qoʻllanmalar, jumladan “Oʻzbekistonda qishloq salomatligi” monografiyasi muallifi – AQSH Kongress kutubxonasida arxivlangan; Abu Ali Ibn Sino: uning tibbiy va ayrim falsafiy qarashlari - Yevropa kutubxonasida arxivlangan.

Mukofotlar 2 ta Mehnat Qizil Bayroq ordeni, 2 ta Faxriy nishon ordeni, medallar, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi, Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashi va Oliy Kengashi, SSSR sogliqni saqlash a’lochisi, OʻzSSR xalq ta’limi a’lochisi unvonlari bilan mukofotlangan.

Manbalar

Turkum:1930-yilda tugʻilganlar Turkum:26-oktabrda tugʻilganlar Turkum:Qoʻqonda tugʻilganlar Turkum:2003-yilda vafot etganlar Turkum:3-iyunda vafot etganlar Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:Kishilar Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi a’zolari Turkum:Toshkent shahar Kengashi deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar qoʻmitasi a’zolari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat qoʻmitasi a’zolari Turkum:Samarqand viloyat Kengashi deputatlari Turkum:Samarqand shahar Kengashi deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR xalq ta’limi a’lochisi Turkum:Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan shifokorlar