Shumerlar (shum. sag-gig-ga — „qora boshlilar“ degan maʼnoni anglatgan) — Janubiy Mesopotamiyaning shumer tilida soʻzlashadigan qadimgi aholisi, sivilizatsiyaning shakllanishi, birinchi yozuvning yuzaga kelishi, Qadimgi Mesopotamiyada dastlabki davlat va shaharlarning yuzaga kelishi bevosita ularning nomi bilan bogʻliq. Bu xalqni shumerlar deb atashni birinchi bor XIX asrda nemis-yaxudiy olimi Yulius Oppert „Akkad va Shumer shohi“ deb oʻqilgan qadimgi yozuv asosida taklif qilgan.

thumb|Shumer shahar-davlatlari

Geografik oʻrni

Dajla va Furot daryolarining oʻrta va quyi oqimida joylashgan, hududi, asosan, tekislikdan iborat viloyatni qadimgi yunon geograflari Mesopotamiya deb atashgan. Hozir bu hududda Iroq davlati joylashgan. Mesopotamiya shimol va sharqda Armaniston hamda Eron togʻliklari bilan tutashib ketgan, gʻarbda Suriya dashtlari va Arabiston choʻllari bilan chegaralangan, janubiy hududlarini esa Fors qo'ltig'i suvlari yuvib turgan. Qadimgi sivilizatsiyaning rivojlanish markazi ushbu hududning janubida — Qadimgi Bobil joylashgan. Bobilning shimoliy qismi Akkad, janubiy qismi Shumer deb atalgan. Shimoliy Mesopotamiyaning notekis, tepaliklardan iborat choʻl qismida Ossuriya joylashgan.

Shumerlar miloddan avvalgi IV ming yillikning ikkinchi yarmida Mesopotamiyaning janubida paydo boʻlib, asta-sekin butun Mesopotamiya hududini (shimolda hozirgi Bag'dod shahri atrofidan janubda Fors qoʻltigʻigacha) egallaydilar. Bundan olti ming yil ilgari bu yerda insoniyat tarixidagi eng qadimgi sivilizatsiyalardan biri — Shumer sivilizatsiyasi yaratiladiBadanin M.A. Drevnie sivilizatsii i proroki. https://padabum/com/d.php?id=12067. -C.28-30..

Shumerlarning kelib chiqishi

Shumerlarning kelib chiqishi hozirgi kungacha nomaʼlum va bahsli boʻlib qolmoqda. Mil. avv. II ming yillikdan yetib kelgan hujjatlarni oʻrgangan bir qator olimlar shumerlar Fors qoʻltigʻidagi orollardan, aniqrogʻi Delmun (Bahrayn) orolidan kelgan, deb hisoblashadi. Ammo bu taxminga qoʻshilmaydigan olimlarning taʼkidlashlaricha, Shumer tilida „mamlakat“ va "tog " soʻzlari bir xil aytilganligi sababli, shumerlarning kelib chiqishi Osiyoning togʻli qismidan boʻlishi kerak, Delmunda esa togʻ yoʻq. Shu sababli olimlarning keyingi tadqiqotlariga qaraganda, shumerlarning kelib chiqishi oriylardan oldingi hind-eron (dravid) xalqlariga yaqin boʻlib, Hindiston yarimorolining janubiy qismidan kelgan boʻlishi ham mumkin. Har qalay, „Enmarker Aratti xoqon“ deb nomlangan qadimgi eposni tadqiq qilgan olimlar shunday xulosaga kelganlarYemelyanov V.V Drevniy Shumer. Ocherki kulturi. https://www.twirpx.com/file/294653/. -C. 17-19.. Ayrim arxeologik va antropologik tadqiqotlar ham ushbu fikrni tasdiqlaydi. Enmarker va Lugalbanda haqidagi epik dostonni tadqiq etgan boshqa bir guruh olimlar shumerlarning Kaspiy dengizi boʻylarida joylashgan Aratti shahar-davlati bilan yaxshi munosabatda boʻlganligini inobatga olib, shu yer ularning asl vatani boʻlishi mumkin, deb hisoblashadi. Ularning tili agglyutinativ tipda boʻlib, boshqa maʼlum tillarning birortasiga genetik yaqinligi aniqlanmaganMingazov Sh. Etruski i tyurki. https://kitap.net.ru/mingazov/etruski.php .. Albert Olmstedning yozishicha, Bobilga kelib oʻrnashgan shumerlarning ot va aravani boshqarishga ustaligi, jismoniy xususiyatlari va agglyutinativ „turon“ tili ularning Markaziy Osiyodan kelib chiqqanligiga ishora qiladiAlbert Olmsted. Istoriya Persidskoy imperii. -C. 9. .

Shumer sivilizatsiyasi hunarmandchilikka emas, qishloq xoʻjaligiga asoslangan boʻlsa-da, oʻz xarakteriga koʻra shahar sivilizatsiyasi ediSemyuel Kramer. Shumeri. Pervaya sivilizatsiya na Zemle. http://bookz.ru/authors/samuel-kramer/6umeri-177.html. -C. 25-26.. Bu sivilizatsiya tarixi ikki davrga boʻlinadi: Ubayd madaniyati davri sugʻorish inshootlarini qurish, aholining koʻpayishi va keyinchalik shahar-davlatlarga aylangan yirik manzilgohlarning paydo boʻlishi bilan xarakterlanadiGenri Saggs. Velichie Vavilona. Istoriya drevney sivilizatsii Dvurechya. http://bookz.ru/authors/genri-saggs/veli4ie-630.html. -C. 7.. Shumer sivilizatsiyasining ikkinchi davri Uruk madaniyati (Ur shahri) bilan bogʻliq. Bu davr qishloq xoʻjaligining rivojlanishi, monumental arxitektura, keramika va insoniyat tarixidagi birinchi yozuvning paydo boʻlishi bilan xarakterlanadi. Bu yozuv loydan yasalgan taxtachalarga bitilgan boʻlib, oʻzbek tilida „mixxat“ deb ataladi. Undan uch ming yil davomida foydalanilgan, keyin yoʻqotilib, ilk bor faqat XIX asrda shumershunos olimlar Genri Rouelson (1810—1895) va Yulius Oppert (1825—1905) tomonidan oʻqilgan. thumb|Shumerliklarning mixxat loy taxtachasi

Shumerlar ikki daryo oraligʻida bobilliklar va ossuriyaliklardan oldin paydo boʻlgan va shu paytgacha maʼlum boʻlgan hamda oʻz yozuvlari orqali bizgacha yetib kelgan tarixiy madaniyatlarning eng qadimgisi — Shumer madaniyatini yaratganlar.

Tarixi

Shumerlar Mesopotamiyada dastlab mil.avv. IV ming yillikning ikkinchi yarmi — III ming yillik boshlarida paydo boʻldi. Ammo bu hujjatli tarix boʻlib, ularning asl tarixi ancha oldinroq boshlangan edi. Har qalay, shumerlar tarix tongida ular sivilizatsiya rivojiga guvoh boʻlgan bu hududda muqim joylashib olgan edilarMoskati Sabatino. Tsivilizatsiya Drevnogo Vostoka. -M.: ZAO Izdatelstvo Tsentrpoligraf, 2010. -S. 27..

Taxminlarga qaraganda, dastlab shahar jamoalari oqsoqollar boshchiligidagi umumiy yigʻin tomonidan boshqarilgan. Umumiy yigʻin uncha uzoq faoliyat yuritmagan. Favqulodda holatlarda tez va uzil-kesil qarorlar qabul qilish zarurati hokimiyatning bitta rahbar qoʻlida jamlanishiga olib keladi. Bu rahbar shumerlarda lugal (katta odam) yoki oddiyroq qilib ensi (hukmdor) deb atalgan.

Shuni taʼkidlash kerakki, bu hukmdor haqiqiy oliy hokimiyat egasi — xudoning — shahar homiysining yerdagi vakili sifatida qabul qilingan. Avvalboshdanoq shumerlarda hokimiyat teokratik xarakterda boʻlgan. Shahar bitta xudoga tegishli deb hisoblangan, ammo boshqa xudolarga ham sigʻinish taqiqlanmagan. Bu yagona xudo shaharning mutlaq egasi hisoblangan va oʻzining oliy irodasini turli moʻjiza va karomatlar orqali ifoda etgan. yerdagi shohning vazifasi samoviy shohning (xudoning) irodasini toʻgʻri izohlash orqali uni mamnun qilish va har doim oʻz shahriga nisbatan marhamatli boʻlishiga, oʻz fuqarolariga gʻamxoʻrlik koʻrsatishiga, ularni himoya qilishiga erishmoqdan iborat edi. Shu sabali hukmdor shaharning samoviy homiysini eʼzozlagan, unga bagʻishlab ibodatxonalar qurdirgan, shuningdek, shaharning rivojlanishiga gʻamxoʻrlik qilgan: buyuk daryolarning suvini boshqarish, toshqinlarni toʻsish va qumloq yerlarni sugʻorish uchun kanallar qazdirganShuhrat Ergashev. Qadimgi sivilizatsiyalar. -T.: Oʻzbekiston. 2016. B. 17-18..

Ijtimoiy hayot

Shumerlarning yashash darajasi ancha past boʻlgan. Kambagʻallar va qullarning xom gʻishtdan qurilgan kichkina uylari orasida zodagonlarning baland, ikki qavatli uylari ajralib turgan. Ammo faqat kambagʻal va qullar emas, oʻrta hol odamlar ham kichkina chaylasimon uylarda tiqilib yashashgan. Oddiy sopol idishlar, qamishdan toʻqilgan boʻyra deyarli butun uy anjomlarini tashkil qilgan. Uylar shahar devorlarining ichkarisida juda tor va tiqilinch qilib qurilgan. Shahar hududining toʻrtdan bir qismini ibodatxona va shoh saroyi egallagan. Shumerlarning liboslari jundan toʻqilgan qoʻpol mato — movutdan tikilgan choponga oʻxshash kiyim (yoki matoni tanaga oʻrab olgan) va belbogʻdan iborat boʻlgan. Mehnat qurollari dastaki soʻka, (tosh) qoʻl tegirmoni singari juda oddiy asboblardan iborat boʻlib, juda katta jismoniy kuch va ogʻir mehnat talab qilgan. Kishilarning dasturxoni ham ancha gʻarib boʻlgan, qul bir kunga bir kgga yaqin arpa doni olgan. Zodagonlarning dasturxoni ancha boy boʻlsa-da, ular ham bugʻdoy, non, baliq va qoʻy goʻshtini har kuni isteʼmol qilish imkoniyatiga ega boʻlmagan. thumb|Shumerliklarning qayta tiklangan boʻyin va bosh taqinchogʻi. Britaniya muzeyi

Shumer shahar-davlatlarining siyosiy tarixi

Mil.avv. III  ming yillikda Shumer janubida 17 shahar — davlat iqtisodiyotining asosi sunʼiy sugʻorishga asoslangan dehqonchilik boʻlib, hunarmandchilik va savdo rivojlangan. Shahar-davlatlar oʻrtasida hududda yetakchilik uchun oʻzaro raqobat kuchli boʻlgan.  Mil.avv. III ming yillik boshlaridan shumerlar jezni oʻzlashtira  boshladilar. Arxeologlar shu davrdan Ilk sulola davrini (mil.avv.  3000—2300-yillar atrofi) belgilaydilar.

Shumer anʼanasiga koʻra,  mamlakat tarixi "toʻfon"gacha va „toʻfondan“ keyingi davrga  boʻlinadi. Haqiqatdan ham, mil.avv. 2900-yillar atrofida „toʻfon“,  yaʼni Dajla va Furot daryolarida katta toshqin yuz bergani Quyi  Mesopotamiyada olib borilgan arxeologik qazishmalar orqali oʻz  isbotini topdi. Bir-biriga yaqin joylashgan ikki-uch shahar kichik bir davlatni tashkil qilishi mumkin edi. Shumer tarixini u yoki bu markazning siyosiy yetakchiligiga qarab, mil.avv. III ming yillikning birinchi yarmi (Ilk sulola davri)ni uch bosqichga boʻlish  qabul qilingan. Bu davrda Kish shahri yuksalib, bu shahar-davlatda I Kish  sulolasi hukmronlik qilgan. Uning hokimlari orasida Shumer  afsonalari qahramonlaridan biri Etana koʻzga tashlanadi. Kishning qudrati juda uzoq vaqt xotirada qolib, keyinchalik koʻp  hokimlar „Kish lugali“ unvonga ega boʻlishga harakat qilganlar.  Bu unvonning egasi lugal — „yetakchi“ boʻlgan. Kishning hokimlaridan biri Etana (mil.avv. XXVIII asr) toʻgʻrisida epik rivoyat shakllanib, rivoyatda u ilohiy burgutda oʻzi uchun "tugʻilish maysasi"ga ega boʻlish va voris merosxoʻr olish uchun osmonga  xudolar oldiga koʻtariladi deb hikoya qilinadi (Ilk sulolaning I  bosqichi). Kishning zaiflashuvi Uruk shahar-davlatining yuksalishi bilan boshlangan. Mil.avv. 2600-yillar atrofida Kish shahrining  podshosi Aggi Uruk shahrining podshosi Gilgamesh (mashhur  doston qahramoni) tomonidan taxtdan tushiriladi. Gilgamesh butun Shumerni birlashtiradi. Rivoyatlarga koʻra, u xudoning  oʻgʻli boʻlib, oʻlimidan soʻng xudo sifatida ulugʻlangan (Ilk sulolaning II bosqichi). Ilk sulola davrining uchinchi bosqichi (mil.avv. 2550-yillar  atrofi)da Urukning yetakchiligi oʻrniga oʻzining shaxta (yerosti)  sagʻanalari bilan maʼlum boʻlgan Ur sulolasi keladi. thumb|Gilgamesh haykali