Svetlana Mixaylovna Radzivil (1987-yil 17-yanvarda tugʻilgan) — Yengil atletikaning balandlikka sakrash yoʻnalishi boʻyicha Osiyo oʻyinlarining uch karra chempioni, koʻp karra qitʼa chempionati gʻolibi va sovrindori boʻlgan oʻzbekistonlik sportchi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2019).
Sport faoliyati Svetlana Mixaylovna oʻzining tugʻilib voyaga yetgan ona shahri Toshkentda yengil atletika bilan shugʻullana boshladi. Avvaliga u yengil atletikaning barcha turlari bilan shugʻullanib boqadi. Ammo keyinchalik balandlikka sakrash yoʻnalishi boʻyicha faoliyatini davom ettirdi.
Svetlana uchun 2002-yilda Kingstonda oʻtkazilgan birinchi katta start oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati boʻlib, oʻzbekistonlik sportchi 1,70 ball bilan atigi 19-oʻrinni egallagan edi. Biroq 2002-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi qitʼa chempionatida Svetlana 1,76 ball bilan toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
2004-yilda yengil atletikachi Xalqaro miqyosdagi birinchi medalni oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatidan qoʻlga kiritgan kumush medali boʻldi.
2006-yilda Svetlana uchta oltin medalni qishki Osiyo chempionati, oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati va oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qoʻlga kiritdi. Bu yerda u allaqachon 1,90 balandlikni zabt etgan.
2008-yilda Sveta Pekin Olimpiadasida ishtirok etadi, ammo oʻz chiqishlarini 1,89 ball bilan yakunlab, atigi 18-oʻrinni egalladi.
2009-yilda Berlinda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida u xuddi shunday 1,89 ball natijasi bilan 21-oʻringa tushib qoldi.
2009-yilda u Osiyo chempionatining bronza medali sohibasiga aylandi. Kelasi yili esa 1,95 ball bilan Osiyo oʻyinlarida gʻolib chiqadi.
2011-yilda esa Osiyo chempionati kumush medalini qoʻlga kiritdi. Ammo jahon chempionatida u sakkizinchi oʻrinni tutdi. left|thumb 2012-yilda Olimpiyadagi qishki jahon chempionatida yengil atletikachi sakkizinchi oʻrinni egalladi. Lekin shu bilan birga u Olimpiya yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi. Londondagi Olimpiadada Svetlana balandlikka sarash boʻyicha 1,97 ga chiqdi — ammo yettinchi oʻrinni oldi.
2013-yilda Osiyo chempionatida yana ikkinchi oʻrinni olishga muvaffaq boʻldi.
2014-yilda u 1,96 balandlikka sakrash boʻyicha qishki Osiyo chempionati (shaxsiy rekordni yopiq joyda) gʻolibiga aylandi. Qishki jahon chempionatida Svetlana 1,88 ball bilan atigi 14-oʻrinni egalladi. 2014-yil oktyabr oyida 1,94 ball bilan Osiyo oʻyinlarida yutuqqa erishdi.
2015-yilda u Osiyo chempioni boʻldi. Pekindagi jahon chempionatida ishtirok etgan Svetlana 1,88. ball bilan 9-natijani qoʻlga kiritdi.
2018-yilda esa uchinchi bor Osiyo oʻyinlari chempioni boʻldi. Shu bilan birga u musobaqada 1,96 ball bilan rekord oʻrnatdi.
2019-yil 22-dekabrda Svetlana Radzivil xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati etib saylandi.
Rekord natijalari 2006-yilda u 1,91 m balandlikka sakrab, Oʻzbekiston yoshlari rekordini oʻrnatgan. 2006-yil 12-sentyabr (manejda) va 2006-yil 8-sentyabr (stadionda).
2008-yilda Svetlana Osiyo rekordini 1,98 m balandlikka sakragan boʻlsa, 2009-yilda Marina Aitova bu koʻrsatkichni 1,99 m balandlikkacha koʻtarildi. Ayni kunda Svetlananing shaxsiy eng yaxshi natijasi 1984-yilda Lyudmila Butuzova tomonidan oʻrnatgan Oʻzbekiston rekordiga toʻgʻri keldi.
2018-yilda u 1,96 m balandlikda Osiyo oʻyinlari rekordini yangiladiAthletics — Womenʼs High Jump Final | Asian Games 2018 Jakarta Palembang .
Davlat mukofotlari
"Shuhrat" medali (2007) "Doʻstlik" ordeni (2013) Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2019)
Manbalar
Havolalar
Svetlana Radzivil Uzathletics.uz Svetlana Radzivil Worldathletics.org
Turkum:Shuhrat medali sohiblari Turkum:Doʻstlik ordeni sohiblari Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Kishilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:17-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchilar Turkum:Oʻzbekiston yengil atletikachilari