„My Love“ () — „Westlife“ irland guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2000-yilning 30-oktyabrida guruhning „Coast to Coast“ nomli ikkinchi studiyaviy albomining ikkinchi singli oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiq Buyuk Britaniya singllar xit-paradida birinchi pogʻonacha koʻtarilgan hamda guruhning eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan yettinchi singliga aylangan.

Buyuk Britaniyada 2000-yilda eng koʻp sotilgan qoʻshiqlar orasida „My Love“ 35-oʻrinni egallagan. Shuningdek, qoʻshiq 2000-yilda Buyuk Britaniyada „The Record of the Year“ mukofoti bilan taqdirlangan. Qoʻshiq Buyuk Britaniyada bugunga qadar 400 ming nusxada sotilgan.

„My Love“ qoʻshigʻi Jörgen Elofsson (), Per Magnusson (), David Kreuger () hamda Pelle Nylén () tomonidan yozilgan. Qoʻshiqqa Magnusson va Kreuger produserlik qilgan. Qoʻshiq do-major tonalligida yozilgan boʻlib, qoʻshiqchilarning vokali E4 dan A5 gacha boʻlgan diapazonni qamrab oladi.

„My Love“ qoʻshigʻi uchun olingan klipga Robert Brinkmann () rejissorlik qilgan. Klip guruh aʼzolari Ennis va Limerick shaharlari oʻrtasida joylashgan Shannon aeroportida soʻnggi reys bekor qilingani haqida xabar topishidan boshlanadi. Klip davomida guruh aʼzolari Limerick shahri koʻchalarida, shahardagi poyezd stansiyasida hamda Moher qoyalarida kuylayotgani aks etgan tasvirlar koʻrsatilgan. „My Love“ qoʻshigʻi klipi „Westlife“ guruhning YouTubeda eng koʻp koʻrilgan videolarining biridir.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Westlife qoʻshiqlari Turkum:2000-yil qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar