Six Apart (shuningdek, 6A qisqartma nomi bilan ham tanilgan)- Amerikadagi dasturiy taʼminot kompaniyasi. Kompaniya San-Fransisko (AQSh) da joylashgan boʻlib, Fransiyaning Parij va Yaponiyaning Tokio shaharlarida vakolatxonalariga ega. Kompaniya 2001-yilda San-Fransiskoda tashkil etilgan.
„Six Apart“ kompaniyasi Movable Type blog platformasi, TypePad va Vox blog xostlariga egalik qiladi. U mashhur Live Journal blog xizmatining sobiq egasi hamdir.
Tarix 2006-yil oktabr oyida Six Apart kompaniyasi Live Journal onlayn-blog xizmatining kirillcha qismini boshqarishni Moskvadagi SUP xalqaro internet media kompaniyasiga topshirdi.
2007-yil 3-dekabrda Six Apart Live Journal ni SUP ga sotdi. Press-relizda qayd etilishicha, Live Journal San-Fransiskoda faoliyatini davom ettiradi va Live Journalning operativ boshqaruvi bilan shugʻullanadi.
Mahsulotlar
Movable Type Movable type- bu Veb-bloglar nashrining dasturiy taʼminoti. Tizim 2001-yil 3-sentabrda eʼlin qilingan, 1.0 versiyasi esa 2001-yil 8-oktabrda ommaga taqdim etilgan. 2007-yil 12-dekabrdan boshlab Movable type bepul dasturiy taʼminot sifatida tarqalmoqda.
TypePad TypePad- bu http://www.typepad.com/ manzilida joylashgan veb-blog hosting xizmati. 2003-yil oktabr oyida ishga tushirilgan TypePad hozirgi kunda dunyodagi eng yirik pullik internet-kundalik nashri xizmati hisoblanadi. TypePad Six Apart tomonidan chiqarilgan Movable Type texnologiyasiga asoslangan.
Vox Vox- bu ijtimoiy tarmoq elementlari orqali Veb-bloglarni joylashtirish xizmati.
Hozirgi paytda Vox xizmati mavjud emas.
Havolalar
SixApart)
Manbalar
Turkum: Jonli Jurnal