Mahkam Abduraimovich Abduraimov (18-dekabr 1916-yil Sirdaryo viloyati — 1975-yil 12-iyun, Toshkent) — sovet tarixchisi va sharqshunosi. Oʻzbekiston SSR Fanlar Akademiyasi Tarix institutining Oʻzbekistonda kech feodalizm sektori mudiri, tarix fanlari doktori.
Biografiyasi M.A. Abduraimov 1916-yil 18-dekabrda (ayrim manbalarda 5-dekabr) Sirdaryo viloyatining Xumson qishlogʻida kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan..
M.A. Abduraimovning ilmiy-pedagogik faoliyati Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirda universitet)ning tarix fakultetini tamomlagandan keyin boshlangan.
Peru M.A.Abduraimovning Oʻrta Osiyoda, jumladan, Buxoro xonligi (Buxoro amirligi) hududida feodalizm tarixiga oid „Amir Haydar xatlarida feodal yer egaligi va feodal ijarasi masalalari“, „XVI—XIX asrning birinchi yarmida Buxoro xonligida agrar munosabatlarga oid ocherklar“ nomli qator kitob va maqolalar muallifi.
Amir Temur shaxsiyatini baholash M. A. Abduraimov Temurning faoliyatini reaktsion, deb hisoblab, salbiy talqin qilganAbduraimov M. A. Obzor literaturi, posvyaщennoy Timuru i Timuridam, izdannoy v Uzbekistane v 60-x godax. // Istoriya SSSR, 1973, № 5, s.83-90..
M. A. Abduraimov 1975-yil 12-iyunda ogʻir va uzoq davom etgan kasallikdan soʻng vafot etgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Maxkam Abduraimovich Abduraimov (1916—1975) // Obщestvennie nauki v Uzbekistane. — 1975. — № 8.
Havolalar
Turkum:Sovet tarixchilari Turkum:Kishilar Turkum:1975-yilda vafot etganlar Turkum:12-iyunda vafot etganlar Turkum:1916-yilda tugʻilganlar Turkum:18-dekabrda tugʻilganlar Turkum:Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari