Sardor Muhammadtilloevich Mirzayev (1991-yil 21-martda tugʻilgan) — oʻzbek professional assostatsiyasi futbolchisi, Oʻzbekiston Superligasi vakili Olmaliqning „OKMK“ jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. U Fargʻona viloyatida oddiy oilada tugʻilgan.
Faoliyati Mirzayev yosh iqtidorli futbolchi sifatida tanilgan. U Toshkentning Lokomotiv futbol klubiga oʻtguniga qadar "Neftchi" klubida 4 yil oʻynadi va shu vaqt ichida Neftchi klubiga yana bir mavsumga ijaraga berildi. Toshkentning Lokomotiv klubiga qaytgach, u Osiyo Chempionlar ligasi doirasida Saudiya Arabistonining Al-Hilol futbol klubiga safarda 3:1 hisobida magʻlub boʻlgan uchrashuvda oʻzining ilk golini kiritdi.
2020-yilning 11-dekabrida Mirzayev 2020-yilgi mavsumda Tailand chempionatining „Muangthong United“ klubiga oʻtishi tasdiqlandi. 2023-yilda Tailand jamoasi bilan shartnomasi yakunlangacha Oʻzbekiston Superligasi vakili Olmaliqning „OKMK“ klubi bilan shartnoam imzoladi.
Xalqaro faoliyati Sardor Mirzayev Oʻzbekiston sharafini yoshlar doirasida U-20, U-21 va U-23 milliy terma jamoasida ham himoya qilgan. U 2009-yilda Misrda boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Oʻzbekiston U-20 terma jamoasida oʻynash uchun tanlangan futbolchilardan biri edi. Oʻzbekiston oʻsha chimpionatda toʻplar nisbati boʻyicha Angliyadan yuqorida natijasini yakunlandi.
U 2013-yilgi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun U-23 oʻrtasida ham saralangan tarkibda boʻlib ishtirok etdi, unda Oʻzbekiston guruhda 3-oʻrinni egallagan va pley-off bosqichiga chiqa olmagan. Sardor Mirzayev 2015-yilning 29-mart kuni Janubiy Koreyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida milliy terma jamoa safida ilk marta chaqirilganida, milliy terma jamoadagi rasmiy debyutini oʻtkazdi.
Yutuqlar
Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2016, 2017, 2018 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2016, 2017 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2015, 2018
Manbalar
Havolalar
Soccerway Transfermarkt (igrok) Transfermarkt sayti FootballFacts.ru
Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fargʻona sport kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Muangthong United F.C. futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2010 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Tailanddagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Tailand 1 ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar