Ziroat Mahmudovna Mirziyoyeva (Hoshimova) – 2016-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining birinchi xonimi, prezident Shavkat Mirziyoyevning rafiqasi.
Tarjimai hol 1964-yilning 4-dekabrida Fargʻona vodiysi Qoʻqon shahrida tugʻilgan. Otasi Mahmudjon Hoshimov Fargʻona vodiysidagi boy amaldorlardan boʻlib, Qoʻqondagi Oʻrta Osiyo temiryoʻl taʼminoti boshqarmasini boshqargan. Ziroatning oʻzi esa Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oʻqiydi va shu yerda birinchi turmush oʻrtogʻini uchratadi. Baʼzi manbalarga koʻra Ziroatning oila aʼzolari uning turmushiga qarshi boʻlishgan. Muhandis-iqtisodchi malakasiga ega.
Birinchi xonim
U Oʻzbekistonning hozirgi Prezidenti va sobiq Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga turmushga chiqadi. Islom Karimov davrida, Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir boʻlgan davrda davlat televideniyesida koʻrinish bermagan va omma oldiga chiqishdan oʻzini chetga olgan, turmush oʻrtoʻgʻi prezident etib tayinlangandan soʻng unga bir qator xorijiy safarlarda, jumladan, Qirgʻiziston, Xitoy, Janubiy Koreya, AQSh va Turkiyada hamrohlik qiladi.
Jamoat ishlari „Zamin“ xalqaro jamoat fondi vasiylik kengashi raisi. Jamgʻarma nomidan onlayn nutqlarining birida u nogironlik „endi tibbiy muammo emas, balki inson huquqlari muammosi ekanligini“ aytib oʻtgan.
Manbalar
Turkum:Shavkat Mirziyoyev Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston Prezidentlarining turmush oʻrtoqlari Turkum:Oʻzbekistonning birinchi xonimlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar