Shamsiddin Vohidov (2002-yil 11-yanvar) – oʻzbek shaxmatchisi, grossmeyster (2020).

Tarjimai hol 2015-yilda Shamsiddin Vohidov 14 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida gʻolib chiqdi. 2018-yilda tezkor shaxmat boʻyicha jahon chempionatida u shaxmat boʻyicha amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen ustidan olamshumul gʻalabaga erishdi. 2021-yilda u onlayn shaxmat boʻyicha Osiyo chempionatida gʻolib chiqdi va FIDE jahon Kubkasiga saralanib olindi. 2021-yil Sochida boʻlib oʻtgan jahon chempionatining 1-raundida Luka Paychadzeni 2:0 hisobida magʻlub etgan, 2-raundda esa Sergey Karyakinga xuddi shunday hisobda imkoniyatni boy bergan.

2021-yilning noyabr oyida Riga shahrida Shamsiddin Vohidov FIDE Grand Shveysariya turnirida 89-oʻrinni egalladi.

Turnirlardagi muvaffaqiyati uchun FIDE Shamsiddin Vohidovga 2016-yilda xalqaro usta (IM) va 2020-yilda xalqaro grossmeyster (GM) unvonlarini berdi.

Mukofotlari Oʻzbekiston iftixori (2022-yil) Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi (2026-yil 28-sentyabr) — Mamlakatimizda, qadimiy Samarqand shahrida ilk bor o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashib, o‘zining yuksak professional mahorati, aql-zakovati, iroda va matonatini yaqqol namoyon etgani, dunyoning 200 dan ziyod davlatidan kelgan eng kuchli shaxmatchi va grossmeysterlar o‘rtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qo‘shgani, shuningdek, respublikamizda sportni keng ommalashtirishda shaxsiy namuna ko‘rsatib kelayotgani, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur va vatanparvarlik fazilatlarini kamol toptirish borasidagi katta xizmatlari uchun.

Manbalar

Havolalar FIDE saytida Shamsiddin Vohidovning shaxsiy kartochkasi Shamsiddin Vohidovning Chessgames.com maʼlumotlar bazasidagi shaxmat surishlari Shamsiddin Vohidovning shaxsiy kartochkasi 365chess.com saytida Shamsiddin Vohidovning Butunjahon yoshlar olimpiadalaridagi shaxmat dona surishlari Shamsiddin Vohidovning oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatidagi chiqishlari Shamsiddin Vohidovning Osiyo chempionatlaridagi namoyishlari

Turkum:Oʻzbekiston shaxmatchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar