Jaʼfar Tursumboyevich Irismetov (; 1976-yil 23-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbekistonlik futbolchi, hujumchi ampulasida oʻynagan. Oʻzbekiston terma jamoasi sobiq aʼzosi. Hozir futbol murabbiyi va funksionerJafar Irismetov // Transfermarkt.com (mn.) – 2000.. 2025-yildan Kattaqoʻrgʻonning „Kattaqoʻrgʻon“ jamoasi bosh menejeri.

Biografiyasi Moskvaning „Spartak“ jamoasi bilan birgalikda 2001-yilda „Hamdoʻstlik kubogi“ gʻolibi va Rossiya chempioni boʻlgan. Oʻzining takidlashicha, Jafar faoliyatidagi eng yaxshi yillarini Qozogʻiston chempionatida oʻtkazgan.

2012-yil 5-yanvar kuni „Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi“ (IFFHS) oʻz faoliyatini davom ettirayotgan va milliy chempionatlarda eng koʻp gol urgan hujumchilar roʻyxatini eʼlon qilgan. Jafar Irismetov 441 oʻyinda 240 ta gol urib, reytingda 8-oʻrinni egallagan (2012-yil 29-dekabr holatiga koʻra)IFFHS: The World’s most successful Top Division Goal Scorer among the still active Players, 05.01.2012Irismetov voshel v spisok samix rezultativnix futbolistov mira, 5 yanvarya, 2012 .

Qozogʻistondagi faoliyati davomida Irismetov yuqori koʻrsatkichlari bilan ajralib turgan. Futbolchi umumiy hisobda Qozogʻiston jamoalari safida 149 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 75 ta gol urgan. Bu koʻrsatkich har bir oʻyinda oʻrtacha 0,5 tadan golga toʻgʻri keladi.

2017-yil 26-oktabrda sport jurnalisti Viktor Xoxlyuk Qozogʻiston jamoalari toʻpurar-legionerlari klubini tuzgan. Klub nomi Qozogʻiston futbol klublari legionerlari orasida birinchi boʻlib 100 ta gol urgan braziliyalik hujumchi Nilton Mendez sharafiga qoʻyilgan. Irismetov Qozogʻiston jamoalari safida 75 ta gol urishga muvoffaq boʻlgan.

2012 yilgi mavsumdan soʻng Namanganning „Navbahor“ jamoasida oʻynaganidan soʻng futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.

Sohil futbolida 2013-yil boshida u sohil futbolida oʻynashini eʼlon qilgan va 2013-yilgi FIFA plyaj futboli boʻyicha Jahon chempionati (OFK)ning saralash bosqichida Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan. U turnirda 5 ta gol urgan. 2015-yil 23-mart kuni Qatarda boʻlib oʻtgan plyaj futboli boʻyicha 2015-yilgi Osiyo chempionatida Irismetov guruh bosqichidan oʻrin olgan BAAga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etgan.

Xalqaro U 1997-yildan 2007-yilgacha Oʻzbekiston terma jamoasi safida 36 ta oʻyin oʻtkazib, 15 ta gol urgan.

Murabbiylik faoliyati 2024-yil murabbiylik faoliyatini boshlagan va Toshkentning „NBU-Osiyo“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2014-yil 31-mayda klubni tark etgan. 2016-yilgi mavsumda „Obod“ jamoasida qisqa muddat davomida ishlagan. 2017—2024-yillar oraligʻida Paxtakor jamoasining bosh menejeri sifatida faoliyat olib borgan. 2018—2019-yillarda OFKning murabbiylik Pro litsenziyasiga oʻqigan. 2024-yil 17-dekabrda „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzolagan va jamoa bosh menejeri boʻlgan.

Bahsli munozaralari

Chetlatish 2019-yil futbolchi Azizbek Turgʻunboyevni „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnoma imzolashi vaqtida belgilan reglament qoidalarini buzgaligi uchun Irismetov olti oy muddatga futboldan chetlatilgan.

Yutuqlari Klublardagi yutuqlari Doʻstlik Oʻzbekiston chempioni: 2000-yil Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1999/2000-yillar Spartak (Moskva) Rossiya chempioni: 2001-yil Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi kubogi chempioni: 2001 Paxtakor Oʻzbekiston chempioni: 2003-yil Qayrat Qozogʻiston Premyer-ligasi chempioni: 2004-yil Futbol boʻyicha Qozogʻiston kubogi finalchisi (2): 2004, 2005-yillar Olma-Ota Futbol boʻyicha Qozogʻiston kubogi gʻolibi: 2006-yil Liaoning FC

Xitoy Birinchi ligasi gʻolibi: 2009

Shaxsiy yutuqlari

Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi: 2000-yil Oʻzbekiston chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 1996, 1997, 2000-yillar Qozogʻiston chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 2006, 2007-yillar Bir mavsumdagi gollar hisobi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati rekordchisi: 45 ta gol MDH kubogining eng yaxshi toʻpurari: 2001-yil (umumiy) Niltona Mendes toʻpurarlar klubi aʼzosi (76 ta gol) Gennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosi: 203 gol

Faoliyat statistikasi

Xalqaro miqyosda +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollarTerma jamoaYillarOʻyinlarGollarOʻzbekiston19978119982019996220004220011310200730Jami3615

Ggolla va natijalar birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, hisob ustuni Irismetovning har bir golidan keyingi natija koʻrsatadi.

+Jafar Irismetov tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati№SanaJoy, stadionRaqibHisobNatijaTurnir11997-yil 25-mayPaxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston5–06–01998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi21999-yil 23-noyabrTahnoun bin Muhammad stadioni, Al Ayn, BAA1–06–02000-yilgi Osiyo kubogi saralashi32–042000-yil 29-fevralNBU stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston4–18–1Oʻrtoqlik52000-yil 3-sentyabrShanxay stadioni, Shanxay, Xitoy1–42–4Oʻrtoqlik62001-yil 23-aprelPaxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston1–07–02002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi73–086–097–0102001-yil 3-mayAmman xalqaro stadioni, Amman, Iordaniya2–05–22002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi112001-yil 5-mayAmman International Stadium, Amman, Jordan1–04–02002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi124–0132001-yil 26-avgustPaxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston1–02–12002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi142001-yil 8-sentyabrPaxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston1–05–02002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi155–0

Manbalar

Havolalar

Irismetov goals in 2006 – Myspace

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Panathinaikos F.C. futbolchilari Turkum:FC Chernomorets Novorossiysk futbolchilari Turkum:FC Spartak Moskva futbolchilari Turkum:FC Slavia Mozyr futbolchilari Turkum:FC Anji Mahachqalʼa futbolchilari Turkum:FC Kryvbas Kryvyi Rih futbolchilari Turkum:FC Kryvbas-2 Kryvyi Rih futbollchilari Turkum:Qayrat klubi futbolchilari Turkum:Aktobe futbolchilari Turkum:Liaoning F.C. futbolchilari Turkum:FK Olmaota futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Obod futbol klubi bosh murabbiylari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gretsiyadagi Oʻzbekistonlik muhojir sportchilar Turkum:Oʻzbekistonning eng yaxshi toʻpurarlari Turkum:Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi