Gary Aleksandr Neville (1975-yil 18-fevralda tugʻilgan) — ingliz futbol eksperti, murabbiyi va sobiq futbolchisi, Salford City klubining rasmiy egasi hisoblanadi. 2011-yilda futboldan ketganidan so‘ng, Neville jurnalistlik bilan shug‘ullanib, 2015-yilda „Valensiya“da bosh murabbiylik lavozimini egallagunga qadar Sky Sports sharhlovchisi bo‘lgan. 2016-yilda klub tomonidan ishdan boʻshatilgandan soʻng, u oʻsha yilning oxirida Sky Sports nashrida jurnalistlikka qaytdi. U 2012-yildan 2016-yilgacha Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi ham bo‘lgan .

Oʻyinchi sifatida Neville jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynagan va butun futbolchilik faoliyatini "Manchester United"da oʻtkazdi, bu esa uni bir klubga qanchalar sodiqligini ham anglatadi. 2011-yilda nafaqaga chiqqanida, u uzoq yillik jamoadoshi Ryan Giggsdan keyin klubda eng uzoq vaqt oʻynagan ikkinchi oʻyinchi boʻlgan va besh yil davomida klub sardori sifatida maydonga tushgan. U barcha davrlarning eng koʻp mukofot yutgan ingliz va Yevropa futbolchilaridan biri boʻlib, jami 20ta sovrin, jumladan sakkizta Premer liga va ikkita Chempionlar ligasida gʻolib chiqqan. thumb| Neville 2006-yilda "Manchester United" safida

Xalqaro maydondagi faoliyati right|thumb| Neville (2-raqamli libosda) Angliya terma jamoasi 2006-yilgi Jahon chempionatida Paragvayga qarshi oʻyinda maydonga tushgan Neville Angliya terma jamoasi safida ilk bor 1995-yilda Yaponiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga Terry Venables tomonidan maydonga tushirilgan edi. 1996-yil 23-mayda u Xitoyga qarshi oʻyinda ukasi Fil Neville tomonidan Angliya terma jamoasiga jalb etilgan, ular ikki hafta oldin 1996-yilgi Angliya kubogi finalida birga maydonga tushishgan va shu tariqa 1877-yilda (119 yil oldin) Hubert va Francis Herondan keyin Angliya kubogi sohibi va Angliya terma jamoasida birga oʻynagan birinchi aka-ukalar edi.

Neville oʻzining debyut turniri Yevro 96 musobaqasida Angliya asosiy jamoasida eng yosh birinchi oʻyinchi boʻlgan va yarim finalgacha har bir oʻyinda oʻynagan, ammo u ikkita oʻyinda sariq kartochka olgani uchun diskvalifikatsiya qilingan edi. Angliya penaltilar seriyasida Germaniyaga mag‘lub bo‘ldi. 1997-yil iyun oyida u 1998-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Fransiyada oʻtkazilgan „Tournoi de France“ xalqaro oʻrtoqlik futbol turnirida qatnashdi„From the Vault: recalling how England won Le Tournoi de France in 1997“ . The Guardian. Retrieved 24 November 2019. U 1998-yilgi Jahon chempionatida ham Glenn Hoddle boshqaruvidagi jamoa safida oʻynagan.

Oʻyin uslubi Tajribali va fidoyi futbolchi, Angliyaning eng yaxshi oʻng qanot himoyachilaridan biri va oʻz avlodining eng yaxshi Premer liga himoyachilaridan biri sifatida qaraladi. Uning himoyachi sifatidagi tezligi, professionalligi, qatʼiyati va izchilligi, pozitsion maydonni his qila olishi tufayli u vaqti vaqti bilan markaziy himoyachi sifatida ham oʻynagan. Garchi u eng tezkor, eng uzun boʻyli, eng kuchli, eng iqtidorli yoki texnik jihatdan eng qobiliyatli oʻyinchi boʻlmasa-da, u ishonchli oʻng qanot himoyachisi sifatida qaraladi, ayniqsa taktik jihatdan aqli va oʻyinni oʻqish qobiliyati bilan mashhur edi. Chidamlilik, mehnatsevarlik, maydonda oʻzni tuta olish va yetakchilik kabi sifatlar unga himoyachi sifatida boshqalardan ustunlik qilish imkonini berdi, u oʻzining jangovar oʻyin uslubi tufayli „eski uslubdagi“ himoyachi sifatida taʼriflangan. Faoliyati davomida Neville „Manchester United“da oʻng qanotda David Beckham bilan ham sherik sifatida samarali faoliyat olib borgan: u tez-tez toʻpni yuqoridan uzatib, jamoadoshiga yetkazib bergan va hujumchi bilan hujumda ham xavfli hujumlarni amalga oshirgan. Koʻproq hujumkor pozitsiyalar, u paslarni qabul qilishi va aniq uzatmalarni aniq amalga oshira olardi, bu esa Beckhamni hujumda toʻp bilan taʼminlab, xavfli hujum yaratishiga imkon yaratardi. Uning sobiq menejeri Ferguson bir vaqtlar uni „avloddagi eng yaxshi ingliz oʻng qanot himoyachisi“ deb taʼriflagan.

Shaxsiy hayoti thumb|200x200px| Neville 2014-yilda Salford universitetining faxriy doktori unvonini oldiNevilening otasi Neville Neville sobiq liga kriketchisi edi. Uning onasi Jill mahalliy ligalarda netbol oʻynagan va Futbol liga klubi Buryning bosh menejeri va klub kotibi boʻlgan.

Faoliyatidagi statistikasi

Klub statistikasi + Klub safida mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollarKlubMavsumLigaKubokLiga kubogiYevropaBoshqaUmumiyDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolManchester United1992-93Premier League00000010-101993-94Premier League1000001000201994-95Premier League180403020002701995-96Premier League310601010-3901996-97Premier League3113010100104611997-98Premier League340300080004501998-99Premier League3417000120105411999-2000Premier League220-0090403502000-01Premier League3212000140104912001-02Premier League3402000140105102002-03Premier League2603050101-4412003-04Premier League302401070004222004-05Premier League220401071103512005-06Premier League250305040-3702006-07Premier League240300060-3302007-08Premier League0000001000102008-09Premier League160203040402902009-10Premier League170104060002802010-11Premier League300010000040Umumiy400547025011721306027

Xalqaro + Terma jamoada yil boʻyicha oʻyinlar va gollarTerma jamoaYilOʻyinlarGollarAngliya19956019961001997701998801999302000702001802002502003702004120200540200670200710Umumiy850

Murabbiylik faoliyati

JamoaMamlakat2015-yildan2016-gachaMaʼlumotOʻyinGʻalabaDurangMagʻlubiyatGʻalaba %GFGAGDValencia2015-yil 2-dekabr2016-yil 30-mart3938 +1Umumiy3938+1 Yutuqlari Manchester United

Premer liga: 1995-96, 1996-97, 1998-99, 1999-2000, 2000-01, 2002-03, 2006-07, 2008-09 Angliya kubogi: 1995-96, 1998-99, 2003-04 Futbol Liga kubogi: 2005-06, 2009-10 FA Jamiyat qalqoni: 1996, 1997, 2008 UEFA Chempionlar ligasi: 1998-99, 2007-08 Qitʼalararo kubok: 1999-yil FIFA klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati: 2008-yil

Angliya U18

18 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi UEFA chempionati: 1993

Angliya

UEFA Yevropa chempionati bronza medali: 1996

Shaxsiy sovrinlari

PFA Premer ligasida yilning eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 1996-97 (Premer liga), 1997-98 (Premer liga), 1998-99 (Premer liga), 2004-05 (Premer liga), 2006-07 (Premer liga) PFA asrning ramziy jamoasi aʼzosi (1997-2007): 2007 Yilning ESM jamoasi aʼzosi: 1997-98 FWA Tribute mukofoti: 2012 Premer liganing 10 faslidagi mukofotlari (1992-93-2001-02): Oʻn yillikning ichki va umumiy jamoasi Premer liganing 20 faslidagi mukofotlari (1992-93 — 2011-12): Omma va muhlislar tomonidan tanlangan 20 faslning fantastik jamoa aʼzolari Angliya futboli shon-sharaf zali: 2015 U 2009-yilda Bolton universiteti tomonidan sanʼat fanlari doktori (D. Arts) faxriy unvoni bilan taqdirlangan U 2014-yil 18-iyulda Salford universiteti tomonidan fan doktori (D.Sc) faxriy unvoni bilan taqdirlangan

Manbalar

Havolalar

Profile ManUtd.com Profile StretfordEnd.co.uk

England FA profile The Overlap on YouTube

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Angliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 1996 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2000 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2004 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1998 oʻyinchilari Turkum:Angliyalik futbol murabbiylar Turkum:La Liga murabbiylari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Futbol murabbiylari