AQSh va Isroilning Toshkentdagi elchixonalarida yuz bergan portlashlar — 2004-yil 30-iyul juma kuni Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrida xudkush terrorchilar tomonidan uchta portlashlar sodir boʻladi. Uchala hujum Isroil va Amerika Qoʻshma Shtatari elchixonalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi binosiga qaratilgandi. Isroil elchixonasiga boʻlgan hujumlar oqibatida ikki nafar oʻzbekistonlik xavfsizlik xizmati xodimlari halok boʻlishadi, shuningdek, yana 9 kishi yaralanadi.

Portlashlar deyarli bir vaqtda, taxminan soat 17:00 da yuz bergan. Isroil elchixonasining ikki nafar oʻzbekistonlik qoʻriqchilarini terrorchi kirish eshigiga kirgandayoq oʻldiradi. Halok boʻlgan qoʻriqchilardan biri Isroil elchisining shaxsiy qoʻriqchisi hisoblangan. Prokuratura binosida sodir boʻlgan portlashda 7 kishi, AQSh elchixonasi yaqinida esa 2 kishi jarohatlangan. Teraktlarda AQSh va Isroil fuqarolari jabrlanmagan.

Portlashlar 2004-yil boshida boʻlib oʻtgan qoʻporuvchilik harakatlari (terakt qurbonlarining koʻpchiligini harbiylar tashkil qilgan boʻlib, ulardan 47 kishi halok boʻlgan), yaʼni Oʻzbekiston hukumatini agʻdarishni tashkillashtirgan „Al-Qoida“ terrochilik tashkiloti aʼzoligida gumonlangan 15 nafar shaxs ustidan boʻlib oʻtgan suddan soʻng sodir boʻlgan. Teraktlar uchun javobgarlikni „Islomiy jihod ittihodi“ oʻz zimmasiga oladi. Bundan tashqari, bu portlashlarni uyushtirganlikda Al-Qoida va Oʻzbekiston islomiy harakati ham gumon qilingan.

Teraktdan soʻng amalga oshirilgan tadbirlar 2004-yilning kuzida Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi Toshkentdagi teraktlarda ishtirok etganlikda gumon qilingan Qozogʻiston va Oʻzbekiston fuqarolarini bir nechtasini hibsga oladi. Ayni paytda Qozogʻiston rasmiylari mamlakatda, ayniqsa janubda islomiy guruhlar ustidan nazoratni kuchaytiradi. Isroil elchixonasida roʻy bergan portlashdan soʻng Isroil razvedkachilaridan iborat guruh zudlik bilan mahalliy huquq-tartibot kuchlari bilan birgalikda tergov ishlari olib borishga joʻnatilgan, Oʻzbekiston, Isroil va AQSh razvedka xizmatlari oʻrtasidagi hamkorlik Oʻzbekiston hukumatiga mamlakatdagi terrorchilik harakatlar faolligini kamaytirish imkonini bergan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Oʻzbekistonda sodir etilgan terrorchilik harakatlari Turkum:O‘zbekistonda xudkush portlashlar Turkum:Oʻzbekiston — Isroil munosabatlari Turkum:Oʻzbekiston-AQSh munosabatlari