Adrián Ortolá Vañó (; 1993-yil 20-avgustda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, „Girona“ jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi.
Jamoalardagi faoliyati
Villarreal Xàbia, Alicante, Valencialar mamlakatida tugʻilgan Ortolá mahalliy Villarreal CF yoshlar tizimiga 2008-yilda qoʻshilgan. U Segunda B divizioni Villarreal CF B jamoasi bilan 2012-yilning 2-sentabrida CF Reus Deportiuga qarshi musobaqa uchrashuvida oʻzining birinchi oʻyinini oʻtkazgan.
Barcelona 2013-yil 10-iyulda Ortolá „Barcelona“ ga oʻtadi va uch yilga erkin agent sifatida shartnoma imzolaydi. U professional futbolchi sifatidagi birinchi oʻyinini 30-noyabr kuni Córdobada 2:1 hisobida gʻalaba qozongan holda oʻtkazdi.
Ortolá oʻzining ikkinchi mavsumida 26 ta oʻyin oʻtkazadi va mavsumni uning jamoasi uchinchi divizionga tushib ketish bilan yakunlaydi. 2015-yilning 21-martida u David Rodríguezga nisbatan qo‘pollik ishlatib, penaltini o‘tkazib yuboradi va uchrashuvning 25-daqiqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib maydonni tark etadi. Ushbu uchrashuvda uning jamoasi 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchraydi.
2016-yilning 11-iyulida Ortolá La Liganing „Deportivo Alavés“ klubiga bir yilga ijaraga beriladi. U 2017-yil 8-yanvarda Athletic Bilbaoga qarshi kechgan uchrashuvda asosiy tarkib futbolchisi Fernando Pacheco hali toʻliq formaga qaytmaganligi tufayli maydonga tushib musobaqadagi birinchi oʻyinini oʻtkazadi va safarda 0:0 hisobidagi durang natija qayd etiladi.
2018-yil 24 iyulda Ortolá Deportivo de La Coruña jamoasiga sotib olish sharti bilan mavsumiy ijara shartnomasi asosida qoʻshiladi.
Tenerife 2019-yil 12-iyulda Ortolá CD Tenerife jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. U uzoq vaqtdan beri asosiy tarkib oʻyinchisi boʻlib kelayotgan Dani Hernándezning oʻrnini egallaydi, ammo 2020-yil noyabr oyida yangi bosh murabbiy Luis Miguel Ramis kelganidan soʻng oʻzining asosiy tarkibdagi joyini xuddi shu futbolchining oʻziga boy beradi.
Girona Ortolá 2021-yilning 1-fevralida ikki yarim yillik shartnoma asosida ikkinchi divizion vakili „Firona“ klubiga oʻtadi.
Klublardagi statistikasi KlubMavsumLigaKubokYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarVillarreal C2011–12Tercera División340———340Jami340———340Villarreal B2012–13Segunda División B90———90Jami90———90Barcelona B2013–14Segunda División70———702014–15Segunda División260———2602015–16Segunda División B340———3402017–18Segunda División300———300Jami970———970Alavés (ijara)2016–17La Liga2060——80Jami2060——80Deportivo (ijara)2018–19Segunda División0010——10Jami0010——10Faoliyatida jami142070——1490
Yutuqlari Ispaniya U17
17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrin sovrindori: 2010
Ispaniya U19
19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati : 2011, 2012
Manbalar
Havolalar
FC Barcelona rasmiy profili
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar