Yangi masjid (, asli nomi Volidai Sulton masjidi, ) va keyinchalik Yangi Volidai Sulton masjidi () – 1660–1665-yillar mobaynida qisman rekonstruksiya qilingan va qurib bitkazilgan masjid.
Turkiyaning Istanbul shahrining Eminönü kvartalida joylashgan Usmoniylar imperiyasi davrida bunyod etilgan. U Oltin shohda, Galata koʻprigining janubiy uchida joylashgan. Masjid Usmonli Imperiyasidagi Ayollar saltanati davrining namunasidir. Masjid qurilishi 1597-yilda boshlangan. Bino sulton Murod IIIning rafiqasi Safiya Sulton homiyligi asosida qurilish ishlari boshlangan. Safiya Sulton 1595-yilda Mehmed III taxtga oʻtirganidan soʻng ikki yil oʻtib, Volidai Sulton sifatida qurilish ishlarini boshlagan va shu sababli masjid nomi „Volidai Sulton masjidi“ deb nomlangan. 1603-yildan soʻng qisman qurilgan inshoot asta-sekin xarobaga aylangan va 1660-yilgi Buyuk Istanbul yongʻini paytida jiddiy zarar koʻrgan, shahardagi koʻplab mahallalar vayron boʻlgan. Manbalar
Turkum:Gumbazli masjidlar