Pol Breytner () (1951- yil 5-sentyabr, Kolbermur, Gʻarbiy Germaniya) — Gʻarbiy Germaniya terma jamoasida oʻynagan nemis futbolchisi. Jahon futboli tarixidagi eng yaxshi himoyachilardan birihttp://www.kicker.de/news/fussball/bundesliga/vereine/1-bundesliga/1981-82/bayern-muenchen-14/10335/spieler_paul-breitner.html. 1974-yil jahon chempioni, 1972-yil Yevropa chempioni.
Ayni paytda u nemis televideniesida sport jurnalisti sifatida ishlaydi.
Biografiyasi 1970-yildan 1974-yilgacha Bundesligada „Bavariya“ uchun oʻynagan. 1974-yilgi chempionatdan soʻng u klubni almashtirgan va Real Madrid uchun oʻynashni boshlagan. 1977-yilda Bundesligaga qaytib, Eintracht Braunschweig uchun bir mavsum oʻynagan va 1978-yildan yana Bavariya uchun oʻynshni boshlagan. 1983-yilda u karyerasini oʻyinchi sifatida yakunlagan. U hujumkor himoyachi (70-yillarning boshlarida) va yarim himoyachi (keyinchalik) pozitsiyalarida oʻynagan.
Bundesligada umumiy — 285 oʻyin, 93 gol.
Germaniya terma jamoasida u tezda muvaffaqiyatli martabaga erishgan. Tajribali jamoadoshi Berti Fogts 1972-yilgi Yevropa chempionatidan soʻng 20 yoshli Breytner haqida ijobiy fikrlar bildirgan:
Yutuqlari
Jamoa
„Bavariya“
Germaniya chempioni: 1972, 1973, 1974, 1980, 1981 Germaniya Kubogi sohibi: 1971, 1982 Yevropa Kubogi gʻolibi: 1974 Yevropa Kubogi finalchisi: 1982
„Real Madrid“
Ispaniya Chempioni: 1975, 1976 Ispaniya Kubogi Gʻolibi: 1975; Germaniya Terma Jamoasi
Yevropa Chempioni: 1972 Jahon chempioni: 1974 Jahon chempioni: 1982
Shaxsiy
Germaniyaning eng yaxshi futbolchisi: 1981 Jahon chempionatining ramziy jamoasi: 1974 UEFAning Yevropa chempionatining ramziy jamoasi tarkibiga kiradi: 1972 Bundesliga mavsumining bir qismi(7): 1971—1972, 1972—1973, 1978—1979, 1979—1980, 1980—1981, 1981—1982, 1982—1983 2004da Pele „FIFA 100“ roʻyxatiga kiritildi, unda 125 buyuk futbolchi bor edi.
Oʻyin statistikasi +Klub karyerasiKlubMavsumLigaKubokYevro kuboklarJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolBavariya1969—1970001000101970—197121250403021971—197230460814451972—197332461504351973—19742674171379Jami1091722224215521Real Madrid1974—197529300603531975—197625600703261976—19773010030331Jami84100016010010Ayntraxt1977—1978301044513915Jami301044513915Bavariya1978—19793312210035131979—198032103210445161980—19813017208140181981—19822918657542281982—198322921633013Jami14666159311319288Bavariya tarkibida2558337115515347109Karyerada jami36910341157616486134 Futboldan keyingi faoliyati 1998-yilda DFB prezidenti Aegidius Braun Breytnerni terma jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida eʼlon qilgan. Biroq assotsiatsiya mansabdor shaxslarining baʼzi fikrlaridan soʻng, Braun 17 soatdan keyin oʻz fikrini oʻzgartirdi va Breitnerni 17 Stunden Bundestrainer („17 soatlik murabbiy“) deb nom qozongan.
Bugungi kunda Breitner asosan teleboshlovchi va gazeta sharhlovchisi sifatida ishlamoqda. 2007-yilning mart oyida u „Bavariya“ bilan shartnoma imzolagan va turli masalalar boʻyicha maslahatchi vazifasini bajargan. U vaqti-vaqti bilan hali ham „Bavariya“ uchun xayriya oʻyinlarida ishtirok etadi va jamoani bir necha bor boshqargan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:FIFA 100