Turon stadioni () – Qoraqalpogʻiston Respublikasining poytaxti Nukus shahridagi koʻp maqsadli sport majmuasi. Hududning eng yirik va asosiy stadioni. Qadimgi tarixiy Turon viloyati nomi bilan atalgan. Stadionda Oʻzbekiston Pro ligasining Aral futbol klubi oʻz uy oʻyinlarini oʻtkazadi.

Tarixi Stadiondan Aral, Jayxun va Qoraqalpogʻiston futbol akademiyasi kabi jamoalar foydalanib kelmoqda. Stadionda turli sport musobaqalari va turnirlari, bayramlar va konsertlar oʻtkaziladi. 2023-yildan stadion chimi va holati talabga javob bermaganligi sabab futbol uchrashuvlari oʻtkazilishi toʻxtatilgan. 2024-yil 18-iyulda Turon stadioni qayta taʼmirlanishi va buning uchun 107,0 mlrd soʻm ajaratilishi maʼlum qilngan. 2026-yilda toʻliq rekonstruksiya qilingan. Majmuada 85 nafar kishining doimiy bandligi taʼminlanadi. Rekonstruksiya natijasida stadion sigʻimi 9300 dan 12 ming oʻringa yetkazildi. Majmuada ikkita sport zali va ikkita qoʻshimcha stadion ham mavjud. Akademiya tarbiyalanuvchilari uchun 196 oʻrinli yotoqxona, 84 oʻrinli oshxona, trenajyor zallari va taktik tahlil xonalari tashkil etilgan. Shuningdek, yengil atletika, boks va taekvondo boʻyicha bir vaqtning oʻzida 100-150 nafar sportchining shugʻullanishi uchun sharoit yaratilgan. Stadionda ommaviy axborot vositalari uchun maxsus platformalar, offside kameralarini oʻrnatish nuqtalari hamda markazlashgan VAR tizimi uchun alohida zona tashkil etilgan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistondagi futbol stadionlari Turkum:Nukus bino va inshootlari Turkum:Nukusda sport Turkum:Koʻp maqsadli stadionlar