Bariton saksofon – saksafon oilasiga mansub boʻlib, eng yirik musiqa asboblardan biri sanaladi. U kontrabas va subkontrabas saksafonlaridan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Koʻpincha akademik musiqa, jazda, asosan marsh harbiy musiqasida qoʻllanadi.
Bu musiqa asbobi 1846-yilda Adolf Saks tomonidan kashf qilingan.
Ovoz va sozlash Bariton-saksofoni qalin, shovqinli tovushga ega. Uning diapazoni taxminan 2,5 oktava, sozlanishi – mi-bemol. Yuqori pardalarda cholgʻu siqilgan tovush chiqaradi, eng yuqori sifatli esa oʻrta va pastki pardalarda sodir boʻladi. Orkestr va ansambllarda, qoidaga koʻra, u bas qismlarini ijrosi uchun ishlatiladi, lekin bu musiqa cholgʻusi yakkaxon ijroga moʻljallangan, shu bois baʼzi saksofonchilar uni boshqa musiqa asboblaridan afzal koʻrishadi.
Bariton saksafon bir necha qismlardan iborat: rastrub; ramka; eska.
Ogʻiz boʻshligʻi eskaga oʻrnatiladi, unga ligature yordamida tilcha biriktiriladi. Mazkur musiqa asbob odatiy tugmalardan tashqari, eng past notalarni chalish uchun biroz ochiladigan maxsus katta tugmalar ham mavjud. Sirtida bosh barmogʻi va asbobning ogʻirligini qoʻllab-quvvatlaydigan kamar halqasi mavjud.
Ijro etish
Mumtoz musiqada Bariton-saksafon orkestr va saksafon kvartetidagi standart asbobdir.
Bariton-saksafonining qismlari qayd etilgan mashhur kompozisiyalar:
Richard Strauss – Uy simfoniyasi ; Bela Bartok – „Yogʻoch shahzoda“ baleti; Charlz Ives – 4-simfoniya; Jorj Gershwin – Bluz uslubidagi Rapsodiya Karlxaynts Stokxauzen – "Gruppen ; Filipp Glass – Saksafon kvarteti va kamera orkestri uchun konsert.
Jazz musiqasida link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/7b/Italia_military_music_saxophone.jpg/170px-Italia_military_music_saxophone.jpg|thumb| Italiya armiyasi orkestridagi bariton saksofonchisi Bariton-saksafon odatda jazda mashhur boʻlib, u katta guruhning standart tarkibida mavjud (1940-yillarga qadar bas-saksafondan ham faol foydalanilgan). Bariton-saksafonini asosiy asbob sifatida ishlatgan jaz pionerlardan biri Dyuk Ellingtonning katta guruh aʼzosi Garri Kirni edi. Eng mashhur jaz bariton-saksofonchisi Gerri Mulligan boʻlgan.
Mashhur bariton-saksofonchilar: Jon Serman ; Sesil Payn ; Pepper Adams ; Skott Robinson ; Jeyms Karter ; Sergey Xalov ; Jo Temperli ; Ronni Kuber .
Rossiyalik bariton-saksofonchilari orasida jaz kamera orkestrining yakkaxoni O.Lundstrem Roman Sekachev, Leningrad guruhidan Aleksey Kanev,Aleksandr Metlov va Yelena Filippovalar bor .
Nigeriyalik musiqachi Fela Kuti guruhida ikki bariton-saksafonchi ijro etadi.
Leo Pellegrino Too Many Zooz musiqiy guruhida bariton-saksafonida chaladi, bu oʻz uslubini "Brass house " (eksperimental jaz) deb nomlaydi.
Manbalar
Havolalar bariton saksafon Buyuk Jazz Bariton saksofonchilari va vintage shoxlari – Bariton saksofonchilarining ijodiga bagʻishlangan sayt. Turkum:Musiqa asboblari