Hamid Sulaymon mahallasi – Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi mahallalardan biri. Abdulla Qahhor, Konstitutsiya, Bogʻsaroy va Mirobod tumanidagi Mirobod mahallalari bilan chegaradosh. Navoiyshunos olim Hamid Sulaymonov nomiga qoʻyilgan. Aholisi 2 979 kishi, 17 millat vakillari yashaydi. Mahalla hududida 15 ta koʻcha, 3 ta restoran, 4 ta oziq-ovqat doʻkoni, 4 ta maktab joylashgan.
Maydoni 66,8 gektar.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Yakkasaroy tumanidagi mahallalar