Sarah Joelle Gregorius (1987-yil 6-avgustda tugʻilgan) — Yangi Zelandiya terma jamoasini sharafini xalqaro miqyosda himoya qilayotgan futbolchi. U Yaponiyaning L. Ligasidagi AS Elfen Saitama jamoasida oʻynaydi.

Xalqaro oʻyinlardagi ishtiroki Gregorius 2006-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Yangi Zelandiya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Rossiyada boʻlib oʻtgan chempionatda uchta oʻyinda maydonga tushgan. Ammo Avstraliya (0:3) va Rossiyaga (2:3)qarshi uchrashuvlarda uning jamoasi magʻlub boʻlgan. Braziliya bilan esa golsiz durangga kelishilgan.

U 2010-yil 29-sentyabrda Oceania Women's Nations Cupda Vanuatu ustidan 14:0 hisobida g‘alaba qozongan Football Ferns jamoasida debyut qilgan. U 2010-yil 1-oktabr kuni Cook Island ustidan 10:0 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda xet-trik qayd etgan.

U Germaniyada boʻlib oʻtgan 2011-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida va 2015-yilda Canadada boʻlib oʻtgan FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Yangi Zelandiyaning barcha 6 oʻyinida maydonga tushgan.

Gregorius 2019-yil 1-iyun kuni Angliya bilan boʻlib oʻtgano‘rtoqlik oʻyinida gol urib, Yangi Zelandiyaning 1:0 hisobida g‘alaba qozonishiga oʻz hissasini qoʻshgan.

U Yangi Zelandiyaning 2012-va 2016-yilgi Olimpiya terma jamoalaridagi oʻyinlarda ishtirok etgan. U shuningdek, 2019-yilda Fransiyada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ham qatnashgan.

2020-yil 4-mart kuni Gregorius Yangi Zelandiya terma jamoasidagi 100-uchrashuvini Belgiyaga qarshi 2020-yilgi Algarve kubogi doirasida o‘tkazdi. Ushbu oʻyindan soʻng u xalqaro futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. Tartib raqamSanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqa1.2018-yil, 19-noyabrStade Numa-Daly Magenta, Nouméa, New Caledonia Tonga7-011-02018 OFC Womenʼs Nations Cup2.8-03.9-04.2018-yil, 25-noyabr Fiji2-010-05.3-06.10-07.2018-yil, 1-dekabr Fiji2-08-08.7-0

Klubdagi karyerasi 2013-yil iyul oyida Gregorius Germaniyaning Frauen-Bundesliga klubi, SC 07 Bad Neuenahrdan FA WSL ligasi peshqadami Liverpul jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Yutuqlari

Klub

Liverpool

Ayollar Superligasi (1): 2013-yil

Individual

IFFHS OFC ayollar jamoasi 2011-2020-yillar.

Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar

Havolalar

Sarah Gregorius — FIFA competition record (archived) Profile at NZF Profile (in Japanese) at AS Elfen Saitama Sarah Gregorius at Soccerway Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:FIFA asr Turkum:Ayollar futboli Turkum:Futbol boʻyicha Olimpiada Turkum:Liverpool ay