Suat Serdar (1997-yil 11-aprelda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliganing Herta BSC klubi yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Jamoalardagi faoliyati
Mainz Serdar Bundesligada 2015-yilning 18-sentabrida TSG 1899 Xoffenxaymga qarshi o‘yinda 88-daqiqadan so‘ng Yunus Malli o‘rniga maydonga tushib debyutini oʻtqazadi.
Shalke 2018-yilning 17-mayida Serdar 4 yillik shartnoma asosida "Shalke-04"ga o‘tishi maʼlum bo‘ldi. Koʻpchilik Serdarni 2019/20 yilgi mavsumda „Shalke“ning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblaydi.
Gerta 2021-yil 15-iyun kuni Serdar Gerta BSC bilan besh yillik shartnoma imzoladi. U DFB-Pokal birinchi raundida SV Meppenga qarshi oʻyinda debyut qild. Uning ligadagi debyuti 15-avgust kuni safarda FK Kyoln qarshi 3:1 hisobida magʻlubiyat bilan tugadi. U pandemiya davrida SARS‑CoV‑2 uchun ijobiy sinovdan oʻtdi.
Terma jamoadagi faoliyat U oʻz yosh toifasida U16, U17, U18, U19 va U20 yosh toifalarida Germaniya terma jamoasini himoya qilgan.
U Germaniya terma jamoasidagi debyutini 2019-yil 9-oktabr kuni Argentinaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘tkazgan. U 72-daqiqada Serj Gnabrini almashtirgan.
Shaxsiy hayoti Serdar — juda kamgap shaxs, u ota-onasi va aka-ukalari toʻgʻrisida hech qayerda hech qanday maʼlumotni oshkor qilmagan. Uning Instagram va barcha ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida shaxsiy hayotiga oid hech qanaqa maʼlumotlar keltirilmagan. Hozirgi kunda Suat Serdarning transfer summasi 8 million yevroni tashkil etmoqda. Futbolchinig agenti Sports360 GmbH tashkiloti hisoblanadi. Ushbu tashkilot Suat Serdardan tashqari Toni Kroos, Timo Werner, Niklas Süle kabi futbolchilarning ham agenti hisoblanadi.
Faoliyatidagi statistikasi
Klub +Klub safida, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Jami Chemponat O`yinlar Gollar O`yinlar Gollar O`yinlar Gollar O`yinlar Gollar Mayns 05 II 2015-16 3. Liga 7 0 — — 7 0 2016-17 3. Liga 6 0 — — 6 0 Jami 13 0 — — 13 0 Mayns 05 2015-16 Bundesliga 12 0 0 0 — 12 0 2016-17 Bundesliga 8 0 2 0 4 0 14 0 2017-18 Bundesliga 25 2 3 1 — 28 3 Jami 45 2 5 1 4 0 54 3 "Shalke 04" 2018-19 Bundesliga 26 2 2 0 7 0 35 2 2019-20 Bundesliga 20 7 2 0 — 22 7 2020-21 Bundesliga 25 1 1 1 — 26 2 Jami 71 10 5 1 7 0 83 11 Gerta BSC 2021-22 Bundesliga 31 3 3 1 — 34 4 Karyera jami 160 15 13 3 11 0 184 18
Terma jamoa safida Milliy terma jamoa Yil Ilovalar Maqsadlar Germaniya 2019 3 0 2020 1 0 Jami 4 0
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar