link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/9f/Taliban_beating_woman_in_public_RAWA.jpg/220px-Taliban_beating_woman_in_public_RAWA.jpg|right|thumb| Tolibon diniy politsiyasi aʼzosi 2001-yil 26-avgustda ayollarni ommaviy ravishda kaltaklagan. Video Afgʻoniston inqilobiy ayollar uyushmasi aʼzolari tomonidan suratga olingan. Toʻliq video bu yerda Arxivnaya kopiya -da arxivlangan Islomiy Tolibon Afgʻonistonda birinchi hukmronligi davrida koʻrgan chora-tadbirlar majmui asosan ayollar huquqlarini cheklashga qaratilganNancy Hatch Dupree. 'Afghan Women under the Talibanʼ in William Maley (2001) ISBN 0-7864-1090-6. Fundamentalism Reborn? Afghanistan and the Taliban. London: Hurst and Company, ISBN 0-8147-5586-0 pp145-166.. Qabul qilingan chora-tadbirlar shariat va purdaga asoslangan boʻlib, musulmon muhitida rivojlangan fors ayollarining axloqiy falsafasi boʻlib, unga koʻra pokiza ayol erkaklar bilan aloqa qilmaslik va yuzini yopib yurishi kerak boʻlganMarsden, Peter. (1998). The Taliban: War, religion and the new order in Afghanistan. London: Zed Books Ltd, ISBN 1-85649-522-1 pp88-101..
Afgʻon ayollari burqa kiyishlari shart edi, chunki Tolibon vakilining soʻzlariga koʻra, ayolning ochiq chehrasi erkakni hatto „axloqiy jihatdan pok“ boʻlsa ham yomonlikka yetaklashi mumkinM. J. Gohari (2000). The Taliban: Ascent to Power. Oxford: Oxford University Press, ISBN 0-19-579560-1 pp. 108—110.. Gʻarb mamlakatlarida bir qator chora-tadbirlar jinsiy aparteid deb ataldi, chunki ayollarga hamrohsiz harakat qilishlari, 8 yildan keyin taʼlim olishlari mumkin emas edi (va bundan oldin ular faqat Qur’onni oʻrganish imkoniga ega edilar). Aks holda taʼlim olishga intilgan ayollar yashirin maktablarda oʻqishgan, bu yerda ular va oʻqituvchilar qoʻlga olinish va jazolanish xavfi yuqori edi. Qolaversa ayollarni erkak shifokorlar tomonidan davolanishga ruxsat berilmagan. Qoidalar buzilgani uchun ayollar kaltaklangan yoki qatl etilgan"100 Girls' Schools in Afghan Capital Are Ordered Shut", The New York Times, June 17, 1998..Tolibonlar orasida qiz bolalarni 16 yoshgacha turmushga berishga ruxsat berganA Woman Among Warlords Wide Angle, accessed 12/11/07.
Eʼtiborlisi, bunday cheklovlar shariat va islomiy kiyinish qoidalari asosida yaratilgan boʻlsa-da, ular shariatni mazhab fikri bilan talqin qilishda ham cheklovlarni oʻz ichiga olgan, chunki islom huquqida yakdillik mavjud emas. Ayollarning yuzlari va qoʻllarini yashirishlari kerakligi, mustaqil harakat qilish imkoniyati shariat tomonidan unchalik qattiq cheklanmagan lekin ayollarning taʼlim olishi aksincha, ragʻbatlantiriladi.
Asosiy cheklovlar 8 yoshdan boshlab qizga erkak bilan aloqa qilish taqiqlangan, agar u eri yoki qarindoshi (mahrami) boʻlmasaMichael Griffin (2001). Reaping the Whirlwind: The Taliban movement in Afghanistan. London: Pluto Press, pp6-11/159-165..
Ayolning koʻchaga eri/qarindoshi hamrohligisiz va choponsiz (ayolning yuzi va tanasini toʻliq qoplaydigan) koʻrinishiga ruxsat berilmagan. Qur’onda toʻgʻridan-toʻgʻri taʼqiqlanganligi sababli, poshnali oyoq kiyim kiyishga ruxsat berilmagan. Ayollar jamoat joyida baland ovozda gapirmasliklari kerak. Notanish odam suhbatni eshitmasligi kerak. Ayollarni suratga olish/videoga olish taqiqlangan, ularning suratlari gazetalarda, kitoblarda, jurnallarda va hatto uyda ham taqiqlangan. „Ayol“ soʻzi mavjud boʻlgan jamoat belgilari oʻzgardi: masalan, „ayollar hovlisi“ „bahor hovlisi“ ga. Ayollarga radio, televidenie va ayollar erkaklar bilan muloqot qilishlari mumkin boʻlgan har qanday tadbirlarda qatnashish taqiqlangan edi
Yorqin kiyimlarni kiyish taqiqlangan, chunki ular jinsiy jozibador hisoblangan. 1996-yil Tolibon farmonida tor moda kiyim va taqinchoqlar kiygan ayollar hech qachon jannatga kirmasligi aytilganButcher & Bolt: Two Hundred Years of Foreign Failure in Afghanistan, David Loyn, pg 235 (ISBN 978-0-09-192140-8). Goʻzallik salonlari taqiqlangan va yopilgan, kosmetika va tirnoq boʻyoqlari ham qonundan tashqari. Ayollar butun tanasini, shu jumladan yuzini ham yopishlari kerak edi. Burqa kiyish ragʻbatlantirildi.
Harakat erkinligi Ayollarga harakat erkinligi boʻyicha qatʼiy cheklovlar qoʻyildi, bu esa eri/qarindoshi yoʻqligida deyarli imkonsiz boʻlib, u holda ayol, obrazli qilib aytganda, uy qamogʻida ediMarsden, Peter. (1998). The Taliban: War, religion and the new order in Afghanistan. London: Zed Books Ltd, ISBN 1-85649-522-1 pp88-101.. Koʻchada yolgʻiz yurgani uchun toliblar tomonidan qattiq kaltaklangan afgʻon ayoli Latifa bilan suhbatda u shunday dedi:"Otam jangda halok boʻldi… Mening na erim, na ukam, na oʻgʻlim. Yolgʻiz yura olmasam qanday yashayman?"Latifa My forbidden face: Growing up under the Taliban. UK: Virago Press pp29-107..
Terre des hommes gumanitar tashkiloti aʼzosiga koʻra, Tolibon hokimiyat tepasiga kelganidan soʻng Kobuldagi eng yirik Taskia Muskan bolalar uyining barcha ayol xodimlar ishdan boʻshatildi va 400 ga yaqin qiz bir yil davomida qamab qoʻyilganMichael Griffin (2001). Reaping the Whirlwind: The Taliban movement in Afghanistan. London: Pluto Press, pp6-11/159-165..
Ayollarga koʻchada va jamoat joylarida eri/qarindoshi hamrohligisiz harakatlanishi taqiqlangan. Ayollarga avtomobil/mototsikl/velosiped haydashga ruxsat berilmagan, hatto eri/qarindoshi hamrohligida. Ayollarga eri/qarindoshi hamrohlik qilmasa, taksiga chiqishga ruxsat berilmagan. Ayollar va erkaklar jamoat transportida birga sayohat qilishlari taqiqlangan edi.
Bunday cheklovlar kichik qishloqlarda yashovchilar uchun qoida tariqasida chiqarilgan va ular oʻz uyida, hududida yashab, ishlagan ayollarning hayotiga kamroq taʼsir qilishgan. Biroq qoʻshni qishloqlarga bora olmadilarNancy Hatch Dupree. 'Afghan Women under the Talibanʼ in William Maley (2001) ISBN 0-7864-1090-6. Fundamentalism Reborn? Afghanistan and the Taliban. London: Hurst and Company, ISBN 0-8147-5586-0 pp145-166..
Bandlik link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b2/Group_of_Women_Wearing_Burkas.jpg/220px-Group_of_Women_Wearing_Burkas.jpg|left|thumb| Burqa, ayollar kiyishga daʼvat etilgan kiyim, yuzini yopish majburiy edi Tolibonning taʼkidlashicha, ayol ish vaqtida hamkasbi bilan ish vaqtida jinsiy aloqada boʻlishi mumkin, bu shariat qonunlariga zidM. J. Gohari (2000). The Taliban: Ascent to Power. Oxford: Oxford University Press, ISBN 0-19-579560-1 pp. 108—110.. 1996-yil 30-sentabrda Tolibon ayollarga har qanday turdagi ishga kirish taqiqlanishi talab qilinishini eʼlon qildi. Oʻsha paytda davlat xizmatchilarining 25 foizi ayollar edi, ayollarning ommaviy ishdan boʻshatilishi iqtisodiyotga (ayniqsa, asosan ayollar ishlagan maishiy xizmat koʻrsatishga), boshlangʻich taʼlimgaMichael Griffin (2001). Reaping the Whirlwind: The Taliban movement in Afghanistan. London: Pluto Press, pp6-11/159-165. oʻqituvchilarning mutlaq koʻpchiligi ayollar edi) salbiy taʼsir koʻrsatdiMichael Griffin (2001). Reaping the Whirlwind: The Taliban movement in Afghanistan. London: Pluto Press, pp6-11/159-165.. 1996-yilda Tolibon shaharni egallab olgandan keyin minglab ziyoli oilalar Kobuldan Pokistonga qochib ketishdiMarsden, Peter. (1998). The Taliban: War, religion and the new order in Afghanistan. London: Zed Books Ltd, ISBN 1-85649-522-1 pp88-101.Rashid Taliban (2000), p.106.
„Tolibon“ yetakchisi Muhammad Umar ayol davlat xizmatchilari va oʻqituvchilarni oyiga 5 dollardan nafaqa olishda davom etishlariga ishontirdi, ammo bu faqat taklif boʻlgan.
Tolibon anʼanaviy oilaviy patriarxal qadriyatlarga rioya qilinishini, shuningdek, ayollarning nafaqalari uchun zakot mablagʻlari ajratilishini „mehnatdan ajratish“Marsden, Peter. (1998). The Taliban: War, religion and the new order in Afghanistan. London: Zed Books Ltd, ISBN 1-85649-522-1 pp88-101. ni olqishladi.
Ayollar qolishi mumkin boʻlgan yagona ish sohasi tibbiyot edi (ayol bemorlarni davolash uchun), ammo ularga bir qator jiddiy cheklovlar qoʻyildi. Koʻpgina ayollar gender ajratish va keng tarqalgan taʼqiblar tufayli oʻz ixtiyori bilan oʻz ishlarini tark etgan, boshqalari esa qatagʻon qoʻrquvi ostida ishlashda davom etganMarsden, Peter. (1998). The Taliban: War, religion and the new order in Afghanistan. London: Zed Books Ltd, ISBN 1-85649-522-1 pp88-101.. Shu sababli, bunday ayollar shifokorlari ayollarga, xususan, doyalarga xizmat koʻrsatishga qodir boʻlgan yagona ayollar sifatida katta ahamiyatga ega edi. Kobuldagi Mullalay kasalxonasida shahar Tolibon tomonidan bosib olinganidan keyin ayol xodimlar soni 200 dan 50 taga qisqartirildi. Tolibon rejimi qulagandan soʻng, malakali ayol shifokorlarning deyarli yoʻqligi sababli ayollar tibbiy xizmatlarning keskin tanqisligini boshdan kechirdilar.
Kobulning yangi gubernatori Hirot mulla Razzoq ayollarning „chalgʻituvchi“ tabiati tufayli uning idorasiga kirishi taqiqlangani haqida qaror chiqardiButcher & Bolt: Two Hundred Years of Foreign Failure in Afghanistan, David Loyn, pg 243 (ISBN 978-0-09-192140-8).
Taʼlim Tolibon qizlarning taʼlim olishini ragʻbatlantirdi, lekin faqat 8 yoshgacha edi xolos. Tolibon matbuot kotibi Maulvi Lalamadinning tushuntirishicha, bu choralar erkaklar bilan keraksiz aloqani oldini olish va qoʻshimcha xavfsizlik uchun qoʻllanadi. Oʻquv dasturida koʻproq „islomiy“ tushunchalarga oʻzgartirildi, bu dastur oʻquvchilarni Tolibon maʼnosida jihod qilishga undashni oʻz ichiga olgan ediMarsden, Peter. (1998). The Taliban: War, religion and the new order in Afghanistan. London: Zed Books Ltd, ISBN 1-85649-522-1 pp88-101..
Qizlar uchun 8 yoshdan keyin taʼlim olishning cheklanishi taʼlim tizimiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Xususan, Kobulda 106 ming 256 nafar qiz maktabdan chetlashtirildi. Shuningdek, 7 ming 793 nafar ayol oʻqituvchi ishdan boʻshatildi, buning natijasida 63 ta maktablar esa kadrlar yetishmovchiligi tufayli yopildiMichael Griffin (2001). Reaping the Whirlwind: The Taliban movement in Afghanistan. London: Pluto Press, pp6-11/159-165.. Baʼzi ayol oʻqituvchilar oʻz uylarida va „er osti maktablari“ da mahalliy bolalar yoki boshqa ayollarga dars berishni davom ettirdilar. Biroq, bunday muassasalarda ular qoʻrquv va xavf ostida oʻqishgan, chunki eʼtiborga olingan ayollar eng yaxshi holatda qamoqqa tushishlari mumkin ediLatifa My forbidden face: Growing up under the Taliban. UK: Virago Press pp29-107..
Sogʻliqni saqlash tizmi Afgʻonistonda Tolibon hokimiyat tepasiga kelishidan oldin erkaklarga ayollarni alohida holatlarda kasalxonalarda davolashga ruxsat berilgan edi, biroq erkakka notanish ayolning jasadiga tegishi taqiqlanganidan keyinLatifa My forbidden face: Growing up under the Taliban. UK: Virago Press pp29-107. ayol xodimlar soni sezilarli darajada qisqardi, ayollar tibbiy xizmatlarning keskin tanqisligini boshdan kechira boshladilar, ayollar tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun uzoq masofalarni bosib oʻtishlari kerak boʻlgan keng tarqalgan holatga aylandiMarsden, Peter. (1998). The Taliban: War, religion and the new order in Afghanistan. London: Zed Books Ltd, ISBN 1-85649-522-1 pp88-101..
Kobulda oila va qoʻni-qoʻshnilarga xizmat koʻrsatish uchun uylarda norasmiy ayollar maslahatxonalari boʻlgan, biroq ular kerakli tibbiy buyumlar bilan taʼminlay olmadigan. Shu sababli, erta ayollar oʻlimi foizi keskin oshdi. Agar ayolning oilasida yetarli mablagʻ boʻlsa, u Pokistonning tibbiy xizmatiga murojaat qilar ediLatifa My forbidden face: Growing up under the Taliban. UK: Virago Press pp29-107..