Butunjahon Badminton Federatsiyasi (BWF) — Xalqaro Olimpiada Qoʻmitasi (XOQ) tomonidan tan olingan badminton sporti boʻyicha xalqaro boshqaruv organi. U 1934-yilda Xalqaro Badminton Federatsiyasi (IBF) sifatida tashkil etilgan boʻlib, dastlab toʻqqiz davlat (Kanada, Daniya, Angliya, Fransiya, Irlandiya, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Shotlandiya va Uels) aʼzo boʻlgan. 1981-yilda IBF Jahon Badminton Federatsiyasi bilan birlashtirildi va 2006-yil 24-sentabrda Madridda boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari umumiy yigʻilishda tashkilot nomi Butunjahon Badminton Federatsiyasi (BWF) ga oʻzgartirildi.

BWF tashkil etilganida (IBF sifatida), uning bosh ofisi Buyuk Britaniyaning Cheltenxem shahrida joylashgan edi. Bosh ofis 2005-yil 1-oktabrda Malayziyaning Kuala Lumpur shahriga koʻchirildi. Hozirgi prezidenti Poul-Erik Høyer Larsen hisoblanadi. BWF butun dunyo bo‘ylab 201 ta a’zo davlatga ega bo‘lib, ular 5 ta qit’a konfederatsiyasiga birlashtirilgan.

Qitʼa federatsiyalari link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/06/International_Badminton_Federation_member_nations.svg/350px-International_Badminton_Federation_member_nations.svg.png|right|thumb|350x350px| Beshta konfederatsiyalar bilan dunyo xaritasi BWF butun dunyo boʻylab badminton sportini targʻib qilish va rivojlantirish uchun mintaqaviy boshqaruv organlari bilan hamkorlikda ishlaydi, ular: Mintaqa Konfederatsiya Aʼzolar Osiyo Badminton Osiyo (BA) 43 Yevropa Badminton Yevropa (BE) 54 Amerika Badminton Pan Amerika (BPA) 37 Afrika Afrika Badminton Konfederatsiyasi (BCA) 44 Okeaniya Badminton Okeaniya (BO) 16 Jami 194

Prezidentlari Quyida 1934-yildan beri prezidendlik qilgan shaxslar roʻyxati keltirilgan: No. Yillar Ism Mamlakat 1 1934–1955 George Alan Thomas 2 1955–1957 John Plunkett-Dillon 3 1957–1959 Brigadier Bruce Hay 4 1959–1961 A. C. J. van Vossen 5 1961–1963 John McCallum 6 1963–1965 Nils Peder Kristensen Daniya 7 1965–1969 David Bloomer 8 1969–1971 Humphrey Chilton 9 1971–1974 Ferry Sonneville 10 1974–1976 Stuart Wyatt 11 1976–1981 Stellan Mohlin Shvetsiya 12 1981–1984 Craig Reedie 13 1984–1986 Poul-Erik Nielsen Daniya 14 1986–1990 Ian Palmer Yangi Zelandiya 15 1990–1993 Arthur Jones 16 1993–2001 Lu Shengrong Xitoy 17 2001–2005 Korn Dabbaransi 18 2005–2013 Kang Young-Joong 19 2013– Poul-Erik Høyer Larsen Daniya

Reytinglari BWF butunjahon oʻrinlar va butunjahon oʻsmirlar oʻrinlari boʻyicha oʻyinchilarning kuchini aniqlash uchun kiritiladi. Berilgan ochkolar oxirgi 52 hafta davomida ishtirok etgan har bir turnirning yakuniy natijalariga asoslanadi. Oʻsmirlar oʻrinlari 19 yoshgacha boʻlgan badmintonchilardan iborat.

Turnirlari

1-guruh BWF muntazam ravishda yettita yirik xalqaro badminton tadbirlarini va para-badminton boʻyicha ikkita tadbirni tashkil qiladi:

Asosiy turnirlar:

Jahon chempionatlari Thomas kubogi Uber kubogi Sudirman kubogi Xalqaro Olimpiada Qoʻmitasi bilan hamkorlikda Olimpiada oʻyinlari

Boshqa yirik turnirlar:

Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati Kattalar oʻrtasidagi BWF jahon chempionati

Para asosiy turnirlar:

Para-badminton boʻyicha jahon chempionati Xalqaro Paralimpiya Qoʻmitasi bilan hamkorlikda Paralimpiya oʻyinlari (Tokio 2020 Paralimpiya oʻyinlaridan keyin qoʻshilgan sport turlari)

Tadbir (lar) endi muntazam oʻtkazilmaydi:

Jahon chempionati 1997-yildan beri toʻxtatilgan edi. Biroq, BWF tadbirni 2005-yilda (Xitoy mezbon sifatida) qayta tikladi, lekin faqat taklif turniri sifatida. Xitoy barcha 5 toifadagi oltin medalni qoʻlga kiritdi.

2-guruh BWF World Tour deb nomlanuvchi 2-darajali turnirlar turli xil jahon reyting ochkolari bilan oʻtkaziladigan olti darajaga ajratildi, ular quyidagi tartibda:

1-daraja: BWF World Tour Final 2-daraja: BWF World Tour Super 1000 3-daraja: BWF World Tour Super 750 4-daraja: BWF World Tour Super 500 5-daraja: BWF World Tour Super 300 6-daraja: BWF Tour Super 100

Ilgari 2007-yildan 2017-yilgacha oʻtkazilgan tadbirlar:

Super Seriyalar Premier Super Seriyalar Grand Pri Oltin Grand Pri

3-guruh Continental Circuit deb nomlanuvchi 3-darajali turnirlar turli xil jahon reyting ochkolari bilan uchta darajaga ajratildi, ular tartib boʻyicha:

Xalqaro musobaqalar Xalqaro seriyalar Kelajak seriyalari

Mukofotlari BWF badmintonda erishgan yutuqlari yoki badmintonga qoʻshgan hissasi uchun oʻyinchilarga, hakamlarga, homiylarga va boshqa shaxslarga maxsus mukofotlar beradi.

Hayot davomida erishilgan yutuqlar Shuxrat galereyasi Gerbert Scheele kubogi Faxrli xizmat Beqiyos xizmati Maqtov yorligʻi Eddy Choong yilning eng yaxshi badmintonchisi (2008-yildan beri tanaffus) Yilning eng yaxshi erkak va ayol badmintonchisi Eddy Choong yilning eng istiqbolli badmintonchisi Badmintonda ayollar

Logotipi Yillar davomida tashkilot bir nechta logotiplarga ega boʻldi. Dastlab u IBF logotipidan foydalangan. BWF sifatida 2007-yilda yangi logotip qabul qilindi. 2012-yilda u yangi, soddalashtirilgan logotipni oʻz ramziga aylantirdi.

Nashrlari

World Badminton (jurnal) IBF qoʻllanmasi

Ijtimoiy tarmoqlarda

Youtube

Instagram

Manbalar

Turkum:Tashkilotlar Turkum:Badminton