Tea Lanchava (1974-yil 11-sentabrda Gruziya, Kutaisi shahrida tugʻilgan) — xalqaro sport ustasi (2004) va ayol grossmeyster (2001) unvonlariga ega ayol shaxmatchi.

Shaxmatdagi faoliyati Tea Lancheva 1974-yil 11-sentabrda Gruziyada dunyoga kelgan, 5 yoshida shaxmat oʻynashni oʻrgangan. Unga ota-onasi ustozlik qilishgan, keyinchalik qizaloqdagi mahoratni sezgan ota-onani uni proffesional murabbiy qoʻliga topshirishadi.

U 1988-yili oʻtkazilgan 14 yoshgacha oʻsmirlar shaxmat musobaqasi va 1990-yilda boʻlib oʻtgan 16 yoshgacha boʻlganlar toifalarida shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasida sobiq jahon chempioni hisoblanadi.

Tea Lanchava 1995-yildan buyon Gollandiyada istiqomat qiladi va 1997-yildan beri Gollandiya Qirollik shaxmat federatsiyasi vakili hamdur. U 2008 va 2009-yillardan tashqari boshqa barcha shaxmat olimpiadalari va Yevropa chempionatlarida muntazam ishtirok etib keladi.

Tea Lanchava 2004-yil FIDE tomonidan xalqaro usta maqomiga erishgan. Bundan avval yaʼni 2001-yilda u ayol grossmeyster unvonini ham qoʻlga kirtgan edi.

2012-yilda Tea Lanchava Gollandiya chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, gʻoliblik shoxsupasiga koʻtarildi. Shuningdek, u grossmeyster (GM) Zhaoqin Pengni ortda qoldirib, koʻp marta ikkinchi oʻrinni egallagan.

2017-yilda Gollandiya ayollar chempionatida Tea Lanchava qoʻshma tarzda birinchi oʻrinni egalladi, ammo tay-breykda Anne Xaastga yutqazib qoʻydi va ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. 2018-yilda Tea Lanchava Chjaoqin Pengdan yarim ochko ortda qolgan holda ikkinchi oʻrinni egalladi.

2006-yili Kushadasida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha Yevropa individual chempionatida Yekaterina Atalikdan keyingi oʻrinni egallab, kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Gollandiya shaxmat federatsiyasi 2018-yilda Tea Lanchava Gollandiya shaxmat federatsiyasining faxriy aʼzosi etib tayinlangan.

Manbalar

Turkum:1974-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Shaxmatchi ayollar Turkum:Shaxmatchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar