Shrook Vafa (1997-yil 13-mayda tugʻilgan)Top 100 Girls May 2015 FIDE — misrlik ayol shaxmatchi. U FIDE ayol grossmeyster unvoniga ega.
Biografiyasi Shrook Wafa 2013-yilda ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Afrika chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdiAfrican Individual Women Chess Championship 2013 Chess-Results. Ushbu muvaffaqiyat tufayli u ayol grossmeyster (WGM) unvoniga sazovor boʻldiInternational Title Regulations: Table for Direct Titles FIDE va 2015-yilgi shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻllanma oldiFIDE World Womenʼs Chess Championship 2015: players.
Shrook Wafa 2014, 2016 va 2019-yilgi shaxmat boʻyicha Afrika chempionatida ayollar oʻrtasida boʻlib oʻtgan musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib, gʻolib boʻldiAfrican Individual Chess Championships 2014 Women Chess-Results.
2015-yilgi ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida u birinchi raundda dunyoning ikkinchi raqamli shaxmat ayol grossmeysteri Ju Venjun tomonidan magʻlubiyatga uchradi. Bu uning jahon chempionatidagi debyuti edi.
Shrook Wafa 2012-yil FIDE xalqaro ayol shaxmat ustasi (WIM) unvonini qoʻlga kiritdi. Bundan bir yil avval esa u WFM unvoniga sazovor boʻlgan edi.
U 2015-yilgi FIDE ning TOP-100 talik shaxmatchi qizlar roʻyhatiga kiritilgan.
Shrook Wafaning FIDE reytingidagi natijasi shaxmatning rapid yoʻnalishi boʻyicha yuqori (2038 ball 2022-yil avgust holatiga koʻra).
U oq donalarda oʻynab, jami 312 ta gʻalaba, 76 ta durang hamda 134 ta magʻlubiyat bilan yakunlangan oʻyinlarni namoyish etgan. Shrook Wafaning qora donalar bilan boʻlgan oʻyinlari ham u qadar katta tafovutga ega emas, 299 ta gʻalaba, 150 ta magʻlubiyat va 70 ta durang bilan yakunlangan oʻyinlar (2022-yil avgust holatiga koʻra) shular jumlasidandir.
Shaxsiy hayoti Shrook Wafaning singlisi Shahenda Wafa ham ayol grossmeyster hisoblanadi. Opa-singil Wafalar musobaqalarda Misr nufuzi uchun dona suradilar.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxmatchilar Turkum:Shaxmatchi ayollar Turkum:Misr shaxmatchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar