Huh Chan-mi (1992-yil 6-aprelda tugʻilgan), janubiy koreyalik qoʻshiqchi. Huh birinchi marta 2010-yilda Janubiy Koreyaning Coed School guruhi a'zosi sifatida debyut qilgan va guruh boʻlinib ketganidan soʻng, keyinchalik 2011-yilda F-ve Dolls qizlar guruhi tarkibiga aylangan va 2012-yil fevral oyida guruhni tark etgan. Huh qisqa vaqt davomida mashgʻulotlarga qaytgan va Produce 101 (2016) va Mix Nine (2017) kabi bir nechta realiti-shoularda paydo boʻlgan. Ko`rsatuvlarda paydo boʻlganidan soʻng, Huh oʻzining "Highlight" nomli yakkaxon debyut albomi chiqishidan oldin, 2020-yilda yakkaxon ijrochi sifatida FirstOne Entertainment bilan shartnoma imzolagan.
Faoliyati Huh 2004-yilda SM Entertainmentda stajyor boʻlgan. U dastlab Girls' Generation guruhining oʻninchi a'zosi boʻlishi uchun tayyorlangan, ammo u juda yosh boʻlgani uchun va endigina yettinchi sinfda oʻqiyotganligi sabab guruhning tarkibiga kira olmagan. U Anyang san'at maktabiga oʻqishga kirgan va 2011-yilda uni tamomlagan.
SM Entertainmentni tark etgach, Huh Core Contents Media kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan va 2010-yilda Coed School guruhining asosiy vokalisti sifatida oʻzining rasmiy debyutini qilgan. Guruh "Too Late" singli bilan sahnada ilk namoyishini qilgan. 2011-yil oʻrtalariga kelib, Coed School ikkita kichik boʻlimga boʻlingan: Speed va F-ve Dolls. Huh F-ve dollsning a`zosi edi. Guruh "Lip Stains" va "Your Words" singllari uchun ikkita reklama roliklarini chiqargan, ularda Huh guruhdoshi Lee Soomi va qoʻshiqchi Jay Park bilan birga bosh qahramon obrazida boʻlgan. F-ve Dolls 2012-yilda Huh guruhdan va Core Contents Mediadan ketishidan oldin yana bitta "Like This Or That" deb nomlangan singlni chiqardi. Oʻshanda Huh Twitter ijtimoiy tarmog`ida boshqa agentlik izlayotgani haqida yozgan.
2020-yil yanvar oyida Huh FirstOne Entertainment bilan shartnoma imzolagan va oʻzining yangi romanlashtirilgan sahna nomi Huh Chan Mi ostida shaxsiy YouTube kanalini ochgan. Uning birinchi videosi Janubiy Koreyada mashhur boʻlgan Camila Cabello va Shawn Mendesning "Señorita” qoʻshigʻining o`zi aytgan talqini edi. Iyun oyida Huh keyingi oy albom chiqarishga tayyorlanayotgani e'lon qilindi. Huh oʻzi yaratgan "I'm fine thanks" qoʻshigʻini chiqargan. Qoʻshiq Huhning baxtsizligini yashirgan holda qanday qilib qiyinchiliklarni yengib, san`at sohasida oʻsishi kerakligi haqida. Huh oʻzining Highlight yakkaxon albomini 23-iyul kuni "Lights" singli bilan birga chiqargan.
Diskografiyasi
Albom
Highlight (2020) Chanmi's Trot: Haeundae Beach (2021)
Singl NomYilGrafikdagi eng yuqori pozitsiyalarAlbomKOR"I'm fine thanks"2020—Highlight"Lights"—"Haeundae Beach" 2021—Chanmi's Trot: Haeundae Beach
Kompilyatsiya koʻrinishlari NomYilGrafikdagi eng yuqori pozitsiyalarAlbomKOR"Yum-Yum" 20169PRODUCE 101: 35 Girls 5 Concepts"Like a Star" 2018—MIXNINE Part.4"Father's Youth" 2020—Miss Trot 2 Preliminary Best PART2"An Odious Man" 2021—Miss Trot 2 Team Mission BEST"Still a Dark Night" —Miss Trot 2 Death Match PART2"Danger" —Miss Trot 2 Medley Team Mission Group"Acacia" —"Parallel" —"Empty Glass" —"Lingering Affection" —Miss Trot 2 Legend Mission Best Semi-Final 2"The Rope of Love" Maria bilan—"It's a Wonderful Life" Miss Rainbow sifatida—Miss Trot 2 Final Song of Life Mission"Magic Girl" m—Let's Be My Daughter PART3
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Musiqa Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar