Isabelle Chartrand (; 1978-yil 20-aprelda tugʻilgan) — kanadalik isteʼfodagi xokkey himoyachisi. Xokkey boʻyicha Kanada milliy terma jamoasi aʼzosi sifatida 2002-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Olimpiya oltin medali va 2001-yilda IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Faoliyati Chartrand bolaligida ringet oʻynashni boshlagan, keyin xokkeyga oʻtgan. 16 yoshida Quebec jamoasi aʼzosi edi. 1995-yilgi Kanada qishki oʻyinlarida jamoasi bilan xokkey boʻyicha bronza medalni qoʻlga kiritdi. Toʻrt yil oʻtgach, Esso milliy chempionatida Quebec jamoasi bilan oltin medalga sazovor boʻldi 1998—1999- va 1999—2000-yillarda Milliy ayollar xokkey ligasi vakili Laval Le Mistral bilan ikki mavsum oʻynadi.
NCAA 2002-yilgi Olimpiada oldidan Chartrand New Yorkning Canton shahridagi St. Lawrence universitetida tahsil olgandi. ECAC xokkey konferensiyasida St.Lorens Saints ayollar xokkey dasturining aʼzosi sifatida Chartrand 2001-yil 15-yanvarda haftaning eng yaxshi yangi oʻyinchisi deb topildiCanadian Gold 2002, p. 116, Andrew Podnieks, Fenn Publishing Company Ltd, Bolton, Ontario, Canada, 2002. U St. Lawrence universitetidan Olimpiya oltin medaliga ega boʻlgan uchta sportchidan biri; qolganlari Ed Rimkus va Jina Kingsberi.
Xalqaro oʻyinlarda Chartrand 2002-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashganCanadian Gold 2002, p. 116, Andrew Podnieks, Fenn Publishing Company Ltd, Bolton, Ontario, Canada, 2002. Chartrand jamoaning eng yosh aʼzolaridan biri edi. 2002-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Kanada jamoasi bilan final oʻyinida ikkita gol va golli uzatmani amalga oshirdi, jamoa oltin medalni qoʻlga kiritdiCanadian Gold 2002, p. 115, Andrew Podnieks, Fenn Publishing Company Ltd, Bolton, Ontario, Canada, 2002.
Bundan oldiin Kanada jamoasi bilan 2001-yilda IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin medal olgan. Shuningdek, Kanada ayollar milliy xokkey jamoasi aʼzosi Chartrand 2002-yilda FIRS Inline xokkey boʻyicha jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1978-yilda tugʻilganlar