Aram Simonovich Vardanyan (Arm. Արամ Սիմոնի Վարդանյան; 1995-yil 11-noyabrda tugʻilgan) — kelib chiqishi arman boʻlgan oʻzbek yunon-rum kurashchisi. Jahon chempionati va Osiyo chempionatlari sovrindori. Aralash yakkakurash boʻyicha mashhur jangchi Eduard Vartanyanning amakivachchasi.

Tarjimai holi 1995-yilda tugʻilgan. Toshkent shahri Uchtepa tumani „Nayman“ mahallasi sportchisi.

2016-yilda 66 kilogrammgacha vazn toifasida Bangkokda oʻtkazilgan Osiyo chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritgan. Ikki yildan soʻng u Bishkekdagi Osiyo chempionatida uchinchi boʻlib, ammo boshqa vazn toifasida 72 kilogrammgacha boʻlgan musobaqada muvaffaqiyatini takrorlagan.

2017-yilda yakkakurash boʻyicha Osiyo oʻyinlarida va 2017-yili Ashxobodda boʻlib oʻtgan yopiq inshootlardagi musobaqada 71 kilogrammgacha vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

2019-yil Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari oldidan sayyora chempionatida 72 kilogramm vazn toifasida Aram finalda rossiyalik polvon Mantsigov Abuyazidga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston kurashchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:11-noyabrda tugʻilganlar