Cayla Marie Barnes (1999-yil 7-yanvarda tugʻilgan) — Boston kolleji Eagles jamoasi himoyachisi va Amerika milliy jamoasi bilan amerikalik xokkeychi hisoblanadi.
Faoliyati Barnes yoshligidan muz sportiga juda qiziqan. Shu sabab, erta xokkey sportiga kirib kelgan. U juda yaxshi oʻng qanot himoyachisi boʻlib, yosh oʻyinchisi sifatida Barnes tayyorgarlik maktabiga borish uchun uydan ketishdan oldin Kaliforniyadagi Lady Ducks jamoasi bilan oʻynadi.
U 2020-21-yilgi mavsumda BC Eagles jamoasining uchta sardorlaridan biri boʻlib, jamoadoshlari Meagan Bernes va Kelli Braunga qoʻshiladi.
Xalqaro maydon U milliy jamoasi sharafini 2015, 2016 va 2017-yillarda 18 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi IIHF jahon xokkey chempionatida qatnashgan va 2016 va 2017-yillarda turnirning eng yaxshi himoyachisi deb topilgan. Shuningdek, u 2017-yilda AQShda ayollar rezidentligi dasturida ishtirok etgan.
Barnes 2018-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida 19 yoshida AQSh terma jamoasidagi dastlabki, debyutini oʻtkazib, jamoadagi eng yosh oʻyinchi sifatida ilk oltin medalni qoʻlga kiritadi. Keyin u 2019-yilgi IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida AQSh uchun yettita oʻyinda olti ochko toʻpladi va yana oltin medalni qoʻlga kiritdi va turnirning yulduzlar jamoasiga kiritildi.
2022-yil 2-yanvarda Barnes 2022-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Qoʻshma Shtatlarni vakili qilish uchun AQSh terma jamoasi roʻyxatiga kiritildi.
Faoliyat statistikasi Muntazam mavsum Pley-off Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM 2017-18 Boston kolleji NCAA 5 0 0 0 4 — — — — — 2018-19 Boston kolleji NCAA 36 4 19 23 44 — — — — — 2019-20 Boston kolleji NCAA 35 6 17 23 40 — — — — — NCAA jami 76 10 36 46 88 — — — — —
Mukofot va unvonlar
2020-21 Ikkinchi CCM/AHCA All-Amerika jamoasi,
2020-21 All-USCHO.com ikkinchi jamoasi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:Xokkeychi ayollar Turkum:Alifbo boʻyicha xokkeychilar