Mais Ibodov ( 1978-yil 2-avgust, Ozarbayjon SSR, SSSR, Lankaran viloyati, Separadi qishlogʻi) — oʻzbek va ozarbayjon kurashchisi. Ibodovning murabbiyi Ma’mur Roʻziyev boʻlgan.
Millati — talish.
Tarjimai holi Professional darajada Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. 1995-yilda Manilada oʻtkazilgan kurash boʻyicha Osiyo chempionatida 52 kg vaznda kumush medalni qoʻlga kiritgan. Kattalar va oʻsmirlar oʻrtasidagi musobaqalarda ham bir qator sovrinlarga ega boʻlgan. Jumladan:
O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati – 1996 (1-o‘rin), 1997 (2-o‘rin), 1998 (2-o‘rin); Oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati – 1998-yil (1-oʻrin); Osiyo oʻyinlari - 1998-yil (6-oʻrin); Markaziy Osiyo oʻyinlari - 1999-yil (2-oʻrin).
2013-yilda Ozarbayjon terma jamoasi safida kurash boʻyicha Bosniya va Gersegovinada faxriylar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston kurashchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:2-avgustda tugʻilganlar