link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b5/Antiochus_III_197_BC.JPG/330px-Antiochus_III_197_BC.JPG|thumb| Salavkiylar imperiyasining Buyuk Antiox III tangasi qirol diadem bilan tasvirlangan link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/fd/MET_DT9229.jpg/220px-MET_DT9229.jpg|thumb| Oltin diadem. Hindiston, 9-10 asrlar
Diadem — tojning bir turi, xususan, qirollik nishoni sifatida monarxlar va ularning oila aʼzolari tomonidan taqiladigan bezakli bosh kiyimi.
Umumiy koʻrinish Diadem soʻzi yunoncha Dídiēma diadēma, „band“ yoki „fileta“,διάδημα, Henry George Liddell, Robert Scott, A Greek-English Lexicon, on Perseus Digital Library díadéō diadéō „Men mahkamlayman“ soʻzlaridan olinganδιαδέω, Henry George Liddell, Robert Scott, A Greek-English Lexicon, on Perseus Digital Library. Bu atama dastlab boshga oʻraladigab naqshli oq ipak lentaga tegishli boʻlgan. Bunday lentalar antik davrda sport oʻyinlarida gʻolib boʻlgan sportchilarning boshiga kiydirish uchun ham ishlatilgan. Keyinchalik diadem soʻzi dumaloq yoki " fileta " shaklidagi metall tojga nisbatan qoʻllangan. Ushbu turdagi tojlarning eng qadimgi namunalaridan baʼzilari qadimgi Misrda, oddiy mato turidan tortib to murakkab metall turiga qadar uchraydiRevello, Manuela, „The first aegean jewellery (4500-1800 B.C.): a new attempt at gold and silver diadems classification“, in Archaeometallurgy in Europe, International Conference Proceedings, Milan 24-25-26 September 2003, II, 657- 664.
Diadem ayollar kiyadigan va peshonaga taqiladigan yarim toj shaklida ham boʻladi. Baʼzi jamiyatlarda bu bosh atrofida kiyiladigan gulchambar shaklida boʻlishi mumkin. Qadimgi fors qirollari baland va tik qirollik tiarasini kiyib yurishgan. Yunon xudolarining malikasi Geraning oltin toji ham diadem deb atalgan.
Xarappa madaniyatiga (taxminan miloddan avvalgi 3300 — mil. 1300 yillar) tegishli boʻlgan „Ruhoniy qirol“ haykalida ham diademni koʻrish mumkin.
Maʼlumotnomalarga koʻra, „diadem“ odatda shohlik kuchi yoki qadr-qimmatining timsoli uchun ishlatiladi. Diokletian davridan boshlab Rim imperatorlari tomonidan kiyilgan bosh kiyimi suratlarda diadem koʻrinishida tasvirlangan.
Galereya
Manbalar