Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 11-yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi 3- sonli bayoni 84-bandiga asosan ikki oy muddatda Samarqand shahrida Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetining filialini tashkil qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarorini tayyorlash, bunda filialning asosiy vazifalari etib Germaniyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik oʻrnatish, raqamli iqtisodiyot, oziq ovqat va resurslar iqtisodiyoti uchun kadrlar tayyorlash, xorijiy hamkor va bazaviy oliy taʼlim muassasalaridan yuqori malakali professor-oʻqituvchilarni jalb etib, 2019/2020-oʻquv yilidan kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish belgilangan edi.https://www.sbtsue.uz/uz/page/filial-haqida

Tarixi Qisqa muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28-may 2019-yildagi 438-son qarori bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali tashkil etildi. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialining asosiy vazifalaridan biri hisoblangan Germaniya va boshqa rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda malakali kadrlar tayyorlash maqsadida hamda hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun Germaniyaning Vayenshtefen-Triyezdorf universitetidan professor P.Mixels va I.Smetanska, Gissen universitetidan professor M.Petrik, Janubiy Koreyaning Kangvon milliy universiteti professorlar K. R. Kim, Germaniyaning Oʻtish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xoʻjaligini rivojlantirish Leybnis Instituti (IAMO)dan doktor N.Jonibekov va doktor Gʻ.Sanayev, Buyuk Britaniyaning Vritl universiteti kollejidan dosent X.Matyuslar kelishi rejalashtirilgan.

Umumiy maʼlumotlar Talabalar soni jami 2629

Professor-oʻqituvchilar

Professor-oʻqituvchilar soni asosiy shtat boʻyicha 98 ta, ulardan: 1 nafar professor 4 nafar fan doktori 37 nafari fan nomzodi ilmiy unvoni 36,6

Professor- oʻqituvchilar tarkibi oʻrtacha 36,5 yosh, ulardan: fan doktorlari — 68,8 yosh fan nomzodlari- 40,0 yosh

Kunduzgi doktaranturada tahsil olayotganlar soni:

falsafa fanlar doktori PhD — 6 nafar fan doktori Dcs — 1 nafar

Qoʻshma taʼlim dasturlari Rossiyaning Bonch-Burevich nomidagi SANKT-PETERBURG telekomunikatsiyalar universiteti Latviya amaliy bilimlar va texnologiyalar universiteti bilan Germaniyaning Vaynashtefan — Triezdorf amaliy bilimlar universiteti

Rahbariyat

Bakalavriat yoʻnalishlari Kunduzgi # Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi160412400Agrobiznes va investitsion faoliyat260410500Bank ishi va auditi360410100Buxgalteriya hisobi va audit(tarmoqlar boʻyicha)460310100Iqtisodiyot(tarmoqlar va soxalar boʻyicha)560310100Iqtisodiyot:oziq ovqat va resurslar iqtisodiyoti660310100Iqtisodiyot:qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti760310500Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar boʻyicha)860410200Soliqlar va soliqqa tortish(faoliyat turlari boʻyicha)960410800Statistika (tarmoqlar va soxalar boʻyicha)

Sirtqi # Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi160410500Bank ishi va auditi260410200Soliqlar va soliqqa tortish(faoliyat turlari boʻyicha)360410100Buxgalteriya hisobi va audit(tarmoqlar boʻyicha)460310100Iqtisodiyot(tarmoqlar va soxalar boʻyicha)560410600Sugʻurta ishi

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistondagi universitetlar Turkum:Oʻzbekiston iqtisodiyot oliy oʻquv yurtlari Samarqand