Wang Qiang () (1984-yil 23-iyulda tugʻilgan) — Xitoy terma jamoasi futbolchisi, himoyachi. Wangning akasi Wang Gang ham futbolchi.
Klubdagi faoliyati Wang Qiang oʻzining professional futbolchilik faoliyatini 2003-yilgi liga mavsumida yuqori diviziondagi Shenyang Gindeda himoyachi sifatida boshlagan va 2005-yilgi liga musobaqasida jamoa uchun 21 liga oʻyinida maydonga tushgan. Shenyang Ginde 2006-yilgi Xitoy Superligasi mavsumining koʻp qismida jamoasining quyi ligaga tushib ketishga qarshi kurashgan. Wan Qiang jamoadagi oʻz mavqeini mustahkamlay olgan va 2006-yilning 22-iyulida mavsum davomida „Inter Xian“ga qarshi ligadagi birinchi golini urgan. 2007-yilgi liga mavsumi boshida Shenyang Ginde Changshaga koʻchib oʻtgan va oʻz nomini Changsha Ginde deb oʻzgartirgan, Wang Qiang jamoaning asosiy oʻyinchisi boʻlib qolgan va jamoaga ligadagi oʻyinlarda gʻalaba qozonishga yordam bergan, shu tariqa liga jadvalidagi oʻrinlarini yaxshilshga yordam bergan10. Jamoaning markaziy himoyasida doimiy oʻyinchi boʻlgan Wang keyingi mavsumda klub sardori lavozimiga koʻtarilgan, ammo uning sardorlik faoliyati klub tarixidagi eng yomon mavsumga toʻgʻri kelgan va Xitoy Superligasining 2010-yil mavsum yakunida klub quyi ligaga tushib ketgan. 2011 yilgi liga musobaqasi boshlanishidan oldin liga chempioni Shandong Luneng Wangni 5 million yuanga sotib olgan.
2015-yil dekabr oyida Wang Xitoyning Birinchi Liga jamoasi Beijing Renhega ikki yillik shartnoma bilan erkin agent sifatida oʻtgan汪强离队确认加盟人和 盼与新东家一起冲回中超 at sports.sohu.com 2015-12-11 Retrieved 2015-12-14. U klub bilan shartnomasini 2017-yilning 31-dekabrida Beijing Renhe Xitoy Superligasiga chiqqanidan keyin uzaytirgan.
Xalqaro faoliyati Wang Qiang xalqaro maydondagi debyutini 2009-yilning 18-iyulida Falastinga qarshi o‘tkazgan va bu oʻyinda Xitoy 3:1 hisobida g‘alaba qozongan. Oʻsha oʻyindan soʻng u milliy terma jamoaning doimiy oʻyinchisiga aylangan va 2011-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etgan jamoaga chaqirilgan. Bu musobaqaga qadar Wang 2010-yilgi Sharqiy Osiyo chempionatida gʻolib chiqqan jamoa tarkibiga kiritilgan.
Faoliyat statistikasi LigaKubokLiga KubogiQitʼaBoshqaJamiMavsumKlubLigaOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolXitoyLigaFA KubogiCSL KubogiOsiyoFA Super KubogiJami2003Shenyang Ginde / Changsha GindeJia-A Ligasi / CSL100 - - -10200412000 - -1202005210021 - -23120062220 - - -2222007190 - - - -1902008242 - - - -2422009283 - - - -2832010290 - - - -2902011Shandong Luneng17000 -20 -190201221131 - - -24220133020 - - -5020148030 -10 -120201512230 -30101922016Guizhou Renhe / Beijing RenheXitoy Birinchi Ligasi21300 - - -213201723000 - - -2302018CSL1000 - - -10JamiXitoy2621311121601028215
Yutuqlar
Klub Shandong Luneng Taishan
Xitoy FA kubogi : 2014 Xitoy FA Superkubogi : 2015-yil
Xalqaro Xitoy milliy futbol jamoasi
Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2010-yil
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar