Houssine Kharja (1982-yil 9-noyabrda tugʻilgan) — hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynagan marokashlik sobiq professional futbolchi .

Fransiyada tugʻilgan futbolchi katta faoliyatini "Sporting CP "da boshlagan va undan keyin Italiya klublarida faoliyatining katta qismini oʻtkazadi. Italiyaning A Seriyasida jami 117 ta oʻyin oʻtkazib, 13 ta gol urgan.

Xalqaro miqyosda u 2003-yildan 2015-yilgacha Marokash terma jamoasi tarkibida 78 o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urgan.

Klublardagi faoliyati

Erta faoliyati Kharja oʻz faoliyatini Paris Saint-Germainning yoshlar jamoasida boshlagan va 1998-yilda „Gazélec Ajaccio“ jamoasiga oʻtgan.

Portugaliya 2000-yilda u Portugaliyaning „Sporting CP“ jamoasiga oʻtadi.

Italiya „Sporting“ jamoasi tarkibida bor-yoʻgʻi bir mavsum oʻtkazganidan soʻng Kharja 2001-yilda „Ternana“ga oʻtadi. U „Rossoverdi“ safida toʻrtta ajoyib mavsum oʻtkazadi va 2005-yilda „Roma“ga ijaraga beriladi. Kharja 12 ta oʻyinda maydonga tushib, „Yuventus“ qarshi oʻyinda gol uradi.

2005-2006-yilgi mavsum oxirida „Roma“ Kharjaning ijara muddatini uzaytirmaslikka qaror qildi va marokashlik futbolchi Ternanaga qaytdi. Ammo u Ternanada oʻynamasligini eʼlon qildi. Chunki bu orada Rossoverdi C1 Seriyaga tushib qolgan edi. Ternana uni oʻz futbolchisi deb hisoblagan, hatto Lega Calcio C Serie uni klubdan ketish huquqini 2007-yil 26 aprelgacha toʻxtatib qoʻygan. Apellyatsiyalardan soʻng, FIGC sudi Kharjani erkin agent deb eʼlon qildi va u 2007-yil 20-martda B Seriyaning Piacenza jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzolaydi. 2008-yil yanvar oyida u mavsumning ikkinchi yarmi uchun Sienaga ijaraga berildi va bu shartnoma 11-iyulda doimiy shartnomaga aylantirildi.

2009-yil iyun oyida Genoa klubi futbolchini sotib olish boʻyicha kelishuvga erishayotganini eʼlon qildi va 2-iyulda transferni amalga oshirdi. „Genoa“ Kharjani oʻz safiga qoʻshib olishi uchun 6,5 million yevrolik shartnoma imzolaydi.

2011-yilning 29-yanvarida Kharja „Internazionale“ ga ijara asosida o‘tgani, „Internazionale“ ijara shartnomasini doimiyga oʻzgartirishi mumkinligi eʼlon qilindi. U 2011-yil 3-fevralda „Bari“ga qarshi oʻyinda „Internazionale“dagi birinchi golini kiritadi. Ijara muddati tugagach, „Internazionale“ futbolchi bilan doimiy shartnoma imzolamaslikka qaror qildi va shu sababli u „Genoa“ga qaytdi.

Kharja 2011-yilning 18-avgustida „Fiorentina“ futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Qatar 2012-yilning 29-iyunida Kharja Qatarning „Al-Arabi“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi.

U 2013-yil 19-mart kuni Qatar Yulduzlar kubogi o‘yinida „Al-Garafa“ futbolchisi Nenê bilan janjallashib qoladi va uchrashuv davomida Kharja oʻyinning koʻp qismida Nenêga qarshi qoʻpollik qiladi. Nenê Kharjaning jamoadoshlaridan biriga qoʻpollik ishlatganidan soʻng maydondan chetlatiladi. Nenê hakamning qaroriga eʼtiroz bildirmoqchi boʻlganida, Kharja uni yelkasidan ushlab, hakamning oldiga borishiga toʻsqinlik qiladi va Nenê Kharja boshining orqa tomoniga tirsagi bilan urib javob qaytaradi. Ushbu harakatlardan soʻng, Kharja jamoadoshlari Nenêga hujum qila boshlaydi va bu ikki jamoa oʻrtasida mushtlashuvlar boshlanib ketadi.

Oʻyindan soʻng qattiq jazo choralari qoʻllandi. Toʻrt nafar futbolchi jarimaga tortildi va futboldan chetlashtirildi, shuningdek, „Al Arabi“ jamoasi aʼzosi ham jarimaga tortilib, ogohlantirildi. Kharjaga eng qattiq jazo qoʻllanadi. Kharja 380 000 QR miqdorida jarimaga tortildi va 10 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi. Bu Qatar Yulduzlar Ligasi tarixidagi eng katta jazo edi. Keyinroq, 31-mart kuni, ligada „Lexviya“ga qarshi uchrashuvda sodir boʻlgan mushtlashuvlardan soʻng Al Arabi futbolchi bilan shartnomasini bekor qiladi.

Fransiya 2014-yil 10-oktabrda Sochaux Kharja bilan bir yillik shartnoma imzolaydi.

Ruminiya 2015-yil sentabrida Kharja Ruminiyaning amaldagi chempioni "Steaua București "ga bir yillik shartnoma asosida qo‘shiladi. U birinchi Ligadagi debyutini shartnoma imzolaganidan uch kun oʻtib Concordia Chiajnaga qarshi oʻyinda oʻtkazadi.

Faoliyati statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaKubokLiga kubogiYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGoalsSporting CP B2000-01Segunda Divisão B284————284Ternana2001-02Serie B23200———2322002-0328210———2922003-0435300———3532004-0533320———3532006-070000———00Jami119103000000012210Roma (ijara)2005-06Serie A12150—80—251Piacenza2007-08Serie B17200———172Siena2007-08 (loan)Serie A15300———1532008-0936521———386Jami51821000000539Genoa2009-10Serie A7300—41—1142010-1113021———151Jami20321004100265Internazionale (Ijara)2010-11Serie A15110—30—191Fiorentina2011-12Serie A19020—30—210Al-Arabi2012-13Qatar Stars League19200———192Sochaux2014-15Ligue 222110———231Steaua București2015-16Liga I601020—20110Faoliyatida jami32832172201512036435

Xalqaro +Xoussine Kharja tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati Yoʻq. Sana Joy Hisob Natija Musobaqa 1 2005-yil 4-iyun Stade Moulay Abdellah, Rabat, Marokash 3-1 4-1 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 2 2008-yil 31-may Stade Mohamed V, Kasablanka, Marokash 3-0 3-0 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 3 2008-yil 7-iyun Stade Nacional, Nuakchott, Mavritaniya 4-0 4-1 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 4 2008-yil 20-avgust Stade Moulay Abdellah, Rabat, Marokash 1-0 3-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi 5 2008-yil 19-noyabr Stade Moulay Abdellah, Rabat, Marokash 1-0 3-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi 6 2011-yil 10-avgust Stade Leopold Senghor, Dakar, Senegal 1-0 2-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi 7 2012-yil 23-yanvar Stade d’Angondje, Librevil, Gabon 1-2 1-2 Afrika Millatlar Kubogi 2012 8 2012-yil 27-yanvar Stade d’Angondje, Librevil, Gabon 1-0 2-3 Afrika Millatlar Kubogi 2012 9 2-2 10 2012-yil 2-iyun Mustaqillik stadioni, Bakau, Gambiya 1-1 1-1 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 11 2012-yil 9-iyun Stade de Marrakech, Marrakech, Marokash 1-1 2-2 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 12 2012-yil 13-oktyabr Stade de Marrakech, Marrakech, Marokash 2-0 4-0 2013-Afrika Millatlar Kubogi saralashi

Yutuqlari Inter Milan

Italiya kubogi : 2010-2011

Steaua Bucureşti

Liga kubogi : 2015-2016

Marokash

Afrika Millatlar kubogida 2-oʻrin: 2004

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1982-yilda tugʻilganlar