„Ya — eto ti“ (, yaʼni „Men — bu sen“) — rossiyalik xonanda Murat Nasirov ijro etgan qoʻshiq. 1998-yil eʼlon qilingan. „Ya — eto ti“ Nasirov repertuaridagi eng taniqli taronalarning biri boʻlib, xonanda qoʻshiq uchun 1998-yil „Zolotoy grammafon“ mukofoti bilan taqdirlangan. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham Muratovning oʻzi yozgan.

Nasirov „Ya — eto ti“ qoʻshigʻini ilk bor 1998-yilning fevral oyida Rossiyaning Chelyabinsk shahri drama teatrida ijro etgan. Premyera davomida xonanda shunday degan:

Qoʻshiq klipini olish ishlari Praga shahrida olib borilgan. Klip Rossiya telekanallarida xitga aylangan. Klip YouTube platformasiga 2011-yilning oktyabrida yuklanganidan 2022-yilning sentyabriga qadar 21 million martadan oshiq koʻrilgan.

2021-yil „SOLDOUT“ dueti qoʻshigʻi kaverini eʼlon qilgan. Kaver tanqidchilar va boshqa xonandalar tomonidan yuqori baholangan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Murat Nasirov qoʻshiqlari Turkum:1998-yil qoʻshiqlari Turkum:Rus tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar