Sanjar Shoahmedov (1990-yil, 23-sentyabr, Toshkent) — Oʻzbekistonlik futbolchi. Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi hamda Urganchning „Metallurg“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Olmaliq (2008–2014) Oliy ligadagi 1-klubi Olmaliq. Undan oldin Gennadiy Denisov rahbarligidagi Chigʻatoy futbol maktabida shugʻullangan. U -Olmaliqq 2008-yilda qoʻshilgan. Zaxira futbolchisi sifatida 2 yil faoliyat koʻrsatdi. 2010-yildan bpshlab asosiy tarkib futbolchisi boʻlib oʻynashni boshlagan. Olmaliqda 98 oʻyinda oʻynab, 11ta gol urgan. Uning Oliy ligadagi ilk goli 2011-yil Soʻgʻdiyona klubiga kiritilgan.

Lokomotiv (2015–2017) U 2014–2015-yilgi Oliy liga mavsumida 21 oʻyinda oʻynadi va 11ta gol urib 2 marta sariq kartochka oldi. Lokomotivda mavsum tugamasidan 11ta gol urgan, Olmaliqda esa 4 mavsumda bu natijaga erishdi. Lokomotivda 22-raqamli futbolkada oʻynagan.

Al-Sailiya (2017) Sanjar 2017-yilning 16-yanvarida Al-Sailiya klubi bilan 500 ming yevro evaziga shartnoma imzolagan. klubdagi ilk oʻyinini 2017-yilning 20-yanvarida Stars Leagueda Umm Salalga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan. Debyut golini esa 2017-yil 2-fevralda El-Jaishga qarshi urgan(1:1).

Lokomotiv (2017–2019) Sanjar 2017-yilning 7-avgustida 300 ming yevro evaziga Lokomotivga qaytgan. 2017-yilning 12-avgustida Oʻzbekiston Superligasi doirasida Soʻgʻdiyonaga qarshi oʻyinda 4:0 hisobida gʻalaba qozongan. 2017-yil 29-sentyabrda mavsumdagi ilk golini Obod FK ga urgan(3:1).

Terengganu (2019–2020) Sanjar 2019-yil 4-yanvarda Terengganu FK bilan shartnoma imzoladi. U 2019-yil 1-fevralda PKNS FCga qarshi debyut qildi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan.

AGMK (2020–2021) Sanjar 2020–2021-yilgi mavsumda AGMKda oʻynadi.

2024-yil 14-yanvarda Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Terma jamoadagi faoliyati Sanjar JCH-2018 saralash bosqichi uchun Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgandi. 8 ta uchrashuvdan 7 tasida zaxirada qoldi. Yamanga qarshi oʻyinda tarkibga kiritilmagandi.

Shaxsiy hayoti Toʻrt oʻgʻil va bir qizning eng kenja oʻgʻil farzandi. Uchta akasi bor. Oilasida jami 7 kishi. 1988-yil tugʻilgan akasi Sarvar Shoahmedov Lokomotivning futzal klubida toʻynaydi. Qolgan akalari futboldan yiroq. Kichik akasi bilan yoshligidan sensirab gaplashadi. Yoqtirgan futbolchisi Xavi. 2017-yil „Taslim boʻlma, Siroj“ aksiyasida faollik koʻrsatgan.

Manbalar

Havolalar

Sanjar Shoahmedov Transfermarkt sayti

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Al-Sailiya SC futbolchilari Turkum:Terengganu FC futbolchilari Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Qatar Yulduzlar Ligasi futbolchilari Turkum:Malayziya Superligasi futbolchilari Turkum:Malayziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qatardagi muhojir erkak futbolchilar