Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi — faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisidagi qonun 1996-yil 27-dekabrdagi 365-I-son qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi.

Tavsifi Koʻrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.

Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida qurilish maydoni, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻyicha „Xizmat koʻrsatgan quruvchi“ degan yozuv joy olgan.

Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.

Tasvirlar va yozuv qabariq.

Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.

Faxriy unvon bilan taqdirlash tartibi „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi“ faxriy unvoni qurilish, montaj va loyiha tashkilotlarining, ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalarning respublikada qurilishni va qurilish industriyasini rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga beriladi.

Faxriy unvon bilan taqdirlangalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 28-fevral, PF-773-son farmoniga koʻra quyidagi shaxslar „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi“ faxriy unvoni taqdirlandi. Efremov Viktor Makarovich—"Buxorogazsanoatqurilish" tresti 2-qurilish boshqarmasi izolatsiya qilish mashinasining mashinistiKerimov Edige Urdobayevich—"Janubgazqurilish" trestining boshqaruvchisi, Xorazm viloyatiSolihov Qudratilla Abdullayevich—Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining boʻlim mudiriXan Nikonor Timofeyevich—"Qoraqalpoqirmontajqurilish" tresti „Darsan“ xoʻjalik hisobidagi boʻlimining elektrogaz payvandchisi Prezidentning tegishli farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi“ faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Manbalar