Xitoy Ayollar Superligasi (CWSL) — Xitoydagi ayollar futbolining eng yuqori darajadagi ligasi. Xitoy Ayollar Superligasi 2011-yildan 2014-yilgacha Xitoy ayollar milliy futbol ligasi deb nomlangan.

Tarixi Xitoy Ayollar Superligasi 1997-yilda Xitoy Ayollar Premer-Futbol Ligasi sifatida boshlangan. Ayollar Superligasi nomi ilk bor 2004-yilda qabul qilingan. 2011-yildan 2014-yilgacha boʻlgan mavsumlarda liga nomi Xitoy ayollar milliy futbol ligasi deb oʻzgartirildi.

2015-yilda Xitoy futbol assotsiatsiyasi ligani yana Ayollar Superligasi deb atashni joriy etdi. Shuningdek, Xitoy Ayollar Superligasi LeTV Holdings Co Ltd. tashkilotining homiyligiga ega boʻldi. Shu yili Xitoy Ayollar Superligasi Ispaniyaning Kelme kiyim-kechak kompaniyasi bilan formalar bilan taʼminlash uchun besh yillik shartnoma imzoladi.

Quanjian Group va Guotai Junan Securities kabi yirik korporativ homiylar va investorlar ishtirokida 2016-yilgi mavsumdan soʻng ayollar klublariga sarmoya kiritish tezlashdi. Oʻyinchilarning maoshlarini oshirish va Yevropaning yuqori divizion ligalaridan yuqori darajadagi oʻyinchilarni jalb qilish ishlari keng avj oldi. Masalan, quyidagi mashhur sportchilar olib kelindi: Braziliya yulduzi Cristiane Parij Sen-Jermen jamoasidan Changchun Zhuoyuega, 2016 Toppserien oltin butsasi sovrindori Isabell Herlovsen LSK Kvinner FC jamoasidan Jiangsu Suning FC jamoasiga, nigeriyalik yulduz Asisat Oshoala Arsenal LFC jamoasidan Dalian Quanjian FC jamosiga olib kelindi.

Hozirgi klublar

Jamoa nomi Shahar/viloyat Uy stadioni 2020-yilgi reytingdagi oʻrni Pekin BG Phoenix Pekin Xiannongtan stadioni 4 Changchun Jiuyin kreditlari Changchun „Development Area“ stadioni 5 Henan Jianye Zhenzhou Henan viloyati stadioni 8 Jiangsu Nanjing Wutaishan stadioni 2 Guangdong Meizchou Hakka Meizhou Huitang stadioni 6 Shandong Sport Lottery Jinan Shandong viloyati stadioni 7 Shanghai SRCB Shanghai Baoshan kampusi stadioni, Shanxay universiteti 3 Sichuan Chengdu - Birinchi liga chempionlari Wuhan Jianghan University Wuhan Tazihu futbol oʻquv markazi 1 Zhejiang Hangzhou - 9

Chempionlar Xitoy Ayollar Superligasi chempionlari roʻyxati:

1997: Guangdong Haiyin 1998: Shanghai Yuandong 1999: Pekin Chengjian 2000: Shanghai STV Youlizi 2001: Shanghai STV 2002: Pekin Chengjian 2003: Shanghai STV 2004: Shanghai STV 2005: Shanghai STV 2006: Shanghai STV 2007: Tianjin Huisen 2008: Dalian Shide 2009: Jiangsu Huatai 2010: Shanghai STV 2011: Team Sanghai 2012: Dalian Shide 2013: Dalian Aerbin 2014: Team Sanghai 2015: Shanghai Guotay Junʼan 2016: Dalian Quanjian 2017: Dalian Quanjian 2018: Dalian Quanjian 2019: Jiangsu Suning 2020: Wuhan Jianghan University 2021: Wuhan Jianghan University

Yana qarang

Xitoyda sport Xitoyda futbol Xitoyda ayollar futboli Xitoy ayollar milliy futbol jamoasi

Manbalar

Havolalar

Rasmiy veb-sayt , theCFA.cn Liga futbol24.com saytida Rasmiy veb-sayt Archived -da arxivlangan federatsiya (xitoy tilida)

Oʻtgan va joriy liga mavsumlari (xitoy tilida)

Turkum:Osiyodagi eng yuqori darajadagi ayollar futbol ligalari Turkum:Ayollar futboli Turkum:Xitoy