Wi Ha-joon (koreyscha: 위하준; tugʻilgan paytidagi ismi Wi Hyun-yi (koreyscha: 위현이); 1991-yil 5-avgustda tavallud topgan) - Janubiy Koreyalik aktyor va model. U Gonjiam: Haunted Asylum (2018), Shark: The Beginning (2021) va Midnight (2021) filmlari, shuningdek, Something in the Rain (2018), Romance Is a Bonus Book (2019), 18 Again (2020) teleseriallaridagi rollari bilan tanilgan. Squid Game (2021) serialidagi roli orqali Wi xalqaro shuhrat qozongan.

Yoshligi va taʼlimi Wi Ha-joon 1991-yilning 5-avgustida Janubiy Koreyaning Janubiy Jeolla provinsiyasining Soando orolida dunyoga kelgan va oilasining abalon mollyuska fermasida ulgʻaygan. Wi Ha-joon Sungkyul universitetida teatr va kino yo‘nalishida tahsil olgan.

Faoliyati Wi Ha-joon oʻzining aktyorlik debyutini 2012-yilda, Peace in Them qisqa metrajli filmida bosh rolni ijro etish orqali qilgan. U 2018-yilda With Cofee veb-seriasida Lee Ha-min obrazida rol ijro etgan. 2021-yil sentyabr oyidan boshlab u MSTeam Entertainment kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan. Wi Ha-joon 2021-yilda Janubiy Koreyaning mashhur Squid Game teleserialidagi Hwang Jun-ho obrazi bilan mashhur boʻlgan. 2018-yilda „Eng yaxshi aktyor“ sifatida Blue Dragon Film Awards, Chunsa Film Art Awards, Grand Bell Awards mukofotini, 2019-yilda „Eng yaxshi televideniye aktyori“ sifatida Baeksang Arts Awards mukofotini va boshqa koʻplab nufuzli mukofotlar sovrindori boʻlgan.

Filmografiyasi

Filmlar YilNomiRolIzohlar2012Peace in Them (그들의 평화)Qisqa metrajli film2015Coin Locker GirlWoo-gonBad Guys Always DieCha Myung-ho2016Eclipse (커터)Jung-tae2017Anarchist from ColonyQamoqdagi koreys yigitThe ChaseJung-hyuk2018Gonjiam: Haunted AsylumHa-joon2019Girl CopsJung Woo-jun2021 Shark: The Beginning (샤크: 더 비기닝)Jeong Do-hyeonMidnightDo-shik ]

Teleseriallar YilNomiRolIzohlar2016Goodbye Mr. BlackHa-joon2017My Golden LifeRyu Jae-shin2018Something in the RainYoon Seung-hoIsland TrioHimself2-mavsumMatrimonial ChaosIm Si-ho2019Romance Is a Bonus BookJi Seo-joon2020Soul MechanicOh Yoo-min1- va 4-epizodlarda epizodik rol18 AgainYe Ji-hoon2021–2022Bad and CrazyK2022Little WomenChoi Do-il2023Gyeongseong CreatureKwon Jun-taek

Veb-seriyalar YilNomiRolIzohlar2018With CoffeeLee Ha-min2021Squid GameHwang Jun-hoEʻlon qilinadi Shark: The Beginning 2Jeong Do-hyeonMaxsus koʻrinish

Diskografiyasi

Yakkaxon NomiYilAlbom"Maybe It's Too Late" (늦은 거겠지)2018Matrimonial Chaos OST

Elchilik Soan-myeonning jamoatchilik bilan aloqalar elchisi (2022)

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik erkak aktyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar