Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro ayollar futbol assotsiatsiyasi doirasida oʻtkaziladigan xalqaro turnirlarda Slovakiya sharafini himoya qiladi.
Tarixi
Chexoslovakiya Slovakiya ayollar futbol terma jamoasi 1968-yilda Chexoslovakiya ayollar terma jamoasi tarkibida Italiya milliy ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan va oʻsha oʻyinda 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan. Keyinchalik, Slovakiya ayollar futbol terma jamoasi Chexoslovakiya ayollar futbolida asosiy kuchga aylandi va birinchi marta 1989-yilgi Yevropa ayollar chempionati saralashida (jamoa uchun ilk xalqaro turnir edi) ishtirok etdi. Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi saralash guruhida ikkinchi oʻrinni egalladi va chorak finalga chiqdi va u yerda Gʻarbiy Germaniya ayollar terma jamoasiga qarshi ikkita oʻyinda (1-1 uy, 0-2 safarda) magʻlub boʻldi. Chexoslovakiya ayollar terma jamoasi 1991-yilgi Yevropa ayollar chempionati saralashida ham ishtirok etgan. Ular guruh bosqichida Vengriya terma jamosidan bir ochko ortda qolib, pley-off bosqichiga yo‘l olishdi, lekin baribir yoʻllanmani qoʻlga kirita olishmadi.
Slovakiya Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Slovakiya nomi ostida 1993-yil 21-iyunda Chexiya ayollar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi. Lekin ilk oʻyinida Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 0:6 hisobida magʻlub boʻldi.
Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1995-yilgi Yevropa ayollar chempionatida Slovakiya nomi bilan maydonga tushdi, lekin unda ham UEFA ayollar chempionatiga yoʻllanma ola olmadi. Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1997-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinlari guruh bosqichida oxirgi oʻrinni egalladi va B toifasiga tushib ketdi.
Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2007-yilgi ayollar futboli boʻyicha Jahon chempionatiga saralash bosqichigachada qatnashgunga qadar 10 yil davomida B toifasida qoldi. 2009-yilgi Yevropa ayollar chempionati saralash bosqichida Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻllanma uchun ilk bor juda yaxshi imkoniyatga ega boʻldi. Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi davra uchrashuvlarining deyarli barchasida gʻalaba qozindi, ikkinchi tur (davra) oʻyinlarida Slovakiya Portugaliya ayollar milliy futbol terma jamoasiga magʻlub boʻldi.
Jamoa tasviri
Jamoa laqabi Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi „Repre“ va" Slovenskí sokoli (Slovakiya lochinlari)" nomlari bilan tanilgan.
Murabbiylar shtabi
Hozirgi murabbiylar shtabi
Lavozim Ism Man. Bosh murabbiy Peter Kopún
Bosh murabbiylar tarixi
Peter Kopún (?-hozirga qadar)
Oʻyinchilar
Hozirgi tarkib
2021-yil 30-noyabr kuni Shvetsiya ayollar terma jamoasiga qarshi o‘yinda quyidagi futbolchilar Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi tarkibiga kiritilgan. Oʻtkazgan oʻyinlar va gollar statistikasi 2021-yil 10-iyun holatiga koʻra berilgan.
Individual mukofotlar
Slovakiya terma jamoasi futbolchisi va Olympia Košice klubining o‘yinchisi Kamila Beregszásziová 2001 yilda dunyoning eng yaxshi futbolchilari qatoriga kiritilib, FIFA World Player of the Year rasmiy ovoz berishida 20-o‘rinni egalladi.
FIFA 2001 Yilning ayol futbolchisi: 20-o‘rin – Kamila Beregszásziová.
Jamoaning xalqaro musobaqalardagi natijalari
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Slovakiya ayollar terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Slovakiya ayollar terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi 1991-yil terma jamoasining bir qismi terma jamoasining bir qismi 1995-yil Saralashdan oʻta olmadi UEFA Evro 1995 1999-yil 8 5 2 1 33 5 +28 2003-yil 8 5 0 3 25 11 +14 2007-yil 8 5 0 1 14 5 +9 2011-yil 8 2 0 6 15 13 +2 2015-yil 10 1 1 8 6 29 −23 2019 8 1 0 7 4 23 −192023-yil Aniqlanishi uchun Jami - - - - - - - - 50 19 3 26 97 86 +11
UEFA ayollar chempionati UEFA ayollar chempionatida Slovakiya ayollar terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Slovakiya ayollar terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar 1984-yildan 1993-yil terma jamoasining bir qismi terma jamoasining bir qismi1995-yil Saralashdan oʻta olmadi 4 2 0 2 4 9 1997-yil 8 0 1 7 3 33 2001-yil 8 5 0 3 23 10 2005-yil 6 2 1 3 20 11 2009-yil 8 2 0 6 5 29 2013-yil 8 3 1 4 8 7 2017-yil 8 3 0 5 11 13 2022 8 3 1 4 7 19 Jami - - - - - - - 58 20 4 34 81 131
Yana qarang
Slovakiya milliy futbol jamoasi
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb-sayt FIFA profili